Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi?

Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturi oʻquvchilarga til oʻrganishni rejalashtirish, maqsadlarni belgilash yoki moslashish va rivojlanishni nazorat qilish uchun asos yaratadi. Xo‘sh, Chet tillarini oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida qanday o‘zgarishlar bo‘ldi, yangi dastur nima uchun kerak?

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi ma’lumot berdi:
1️⃣ Dastur oʻquvchiga tilni oʻzlashtirishda sinflar va muassasalar oʻrtasida uzluksiz oʻtishga imkon beradi. Bu maʼlumotlarni tushunishni osonlashtiradi.

2️⃣ Dastur asosida chet tili oʻrganuvchilarni 21-asr koʻnikmalari asosida tinglab-tushunish (listening), oʻqish (reading), yozish (writing), gapirish (speaking) va integral koʻnikma (integrated skills) larning har birini qay darajada egallaganliklarini tekshiruvchi baholash meʼyorlari yaratildi.

3️⃣ Dastur ishlab chiqilgan talablar asosida oʻquvchilarning chet tilidan egallagan bilim darajalarini (A1, A2, A2+, B1 yoki B1+) aniqlab beradi.

4️⃣ Dastur shu asosida yaratiladigan oʻquv dasturlari va resurslar qanday yaratilishini aniq belgilab beradi.

5️⃣ Dastur test dizaynerlari uchun belgilangan koʻnikmalar (“can do”) asosida oʻquvchilarning til bilish darajasini aniqlashga yordam beruvchi hamda tilni toʻgʻri oʻzlashtirishga yoʻnaltiruvchi testlar toʻplamlarini yaratishga imkon beradi.

6️⃣ Amalda 4 ta til bilish koʻnikmasi (listening, reading, writing, speaking) talablari koʻrsatilgan boʻlsa, yangi dasturga koʻra, 21 asr koʻnikmalari hamda CEFR Young Learner (2018) talablari ham qoʻshildi. Shuningdek, muloqot turi yordamida (Interpersonal, Interpretive, Presentational) oʻquvchi tomonidan maʼlumotni qabul qilish, tushunish va taqdim qilish talablari koʻrsatildi.

7️⃣ Amaldagi dasturda AKT bilan bogʻliq til terminlarini bilish talablari aniq koʻrsatilmagan edi. Chet tillarni oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturi ʼprintʼ, ʼsaveʼ, ʼdeleteʼ, ʼsendʼ kabi umumiy, sodda texnika “tili”ni bilish talablarini sinflar kesimida aniq belgilab berdi.

8️⃣ Amaldagi chet tili darsligi taʼlim tili rus, qozoq, tojik va qoraqalpoq tillarida boʻlgan sinflarda oʻzbek tili fani hamda taʼlim tili oʻzbek tilida boʻlgan sinflarda rus tili fani darsliklariga moslashtirilmagan edi. Chet tillarni oʻqitish boʻyicha Milliy oʻquv dasturida mazkur kamchilik bartaraf etildi.

9️⃣ Ingliz tili fani darsliklarining mavzulari boshqa fanlar bilan solishtirilgan holda takomillashtirilmoqda. Bundan maqsad, oʻquvchilar fanlar doirasida oʻrgangan bilimlarini chet tili darslarida qayta mustahkamlashiga, chet tilini erkin ishlata olishlariga erishishdir.

🔟 Har bir sinf uchun “can do” bilim va koʻnikmalari alohida koʻrsatildi. Oʻquvchilarda mantiqiy, tanqidiy fikrlashni shakllantirish va ijodkorlik qobiliyatini oshirish nazarda tutildi.

A1 6- sinf oʻquvchilari darajasi deb belgilandi. Endilikda dastur asosida yaratilgan darsliklarni oʻqituvchiga emas, balki oʻquvchiga markazlashgan mashgʻulotlar bilan boyitish koʻzda tutilmoqda.


Разработан проект Национальной учебной программы по преподаванию иностранных языков. Программа предоставляет учащимся основу для планирования изучения языка, постановки целей или адаптации, а также мониторинга развития. Так что же изменилось в Национальной программе обучения иностранным языкам и зачем нужна новая программа?

Об этом сообщает Республиканский центр образования при Министерстве народного образования:
1️⃣ Программа позволяет учащимся постоянно переключаться между классами и учреждениями при изучении языка. Это облегчает восприятие информации.

2️⃣ Программа разработала критерии оценки для изучающих иностранный язык на основе навыков 21 века, включая аудирование, чтение, письмо, разговорную речь и интегрированные навыки.

3️⃣ Программа определяет уровень знаний студентов по иностранному языку (А1, А2, А2+, В1 или В1+) на основании разработанных требований.

4️⃣ В программе четко прописано, как на основе этого создавать учебные планы и ресурсы.

5️⃣ Программа позволяет разработчикам тестов создавать набор тестов на основе определенных навыков («может сделать»), которые помогают определить уровень владения языком учащихся и ориентируют их на овладение языком.

6️⃣ На практике существует 4 требования к языковым навыкам (аудирование, чтение, письмо, разговорная речь), но согласно новой программе были добавлены навыки 21 века и требования CEFR Young Learner (2018). Также были указаны требования к студенту получать, понимать и представлять информацию, используя вид коммуникации (Межличностное, Интерпретативное, Презентационное).

7️⃣ В текущей программе четко не указаны требования к знанию языковых терминов, связанных с ИКТ. Национальная учебная программа по преподаванию иностранных языков четко определила требования к знанию «языка» общих, простых приемов, таких как «напечатать», «сохранить», «удалить», «отправить» в классе.

8️⃣ Текущий учебник иностранного языка не адаптирован к узбекскому языку на уроках русского, казахского, таджикского и каракалпакского языков, а также к учебникам русского языка на уроках узбекского языка. Этот недостаток был устранен в Национальной учебной программе по преподаванию иностранных языков.

9️⃣ Темы учебников английского совершенствуются по сравнению с другими предметами. Цель состоит в том, чтобы помочь студентам закрепить свои знания по предмету на уроках иностранного языка и научиться свободно использовать иностранный язык.

🔟 Знания и навыки «умею делать» выделены для каждого класса. Цель состояла в том, чтобы развивать у учащихся логическое, критическое мышление и творческие способности.

А1 определяется как уровень учащихся 6-го класса. Учебники, основанные на учебной программе, больше не для учителей, а для учителей.скорее, он предназначен для обогащения учащегося централизованными действиями.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: