Chet ellik investorlarni jalb etib davlat-xususiy maktablar qurilishi rejalashtirilmoqda

Chet ellik investorlarni jalb etib davlat-xususiy maktablar qurilishi rejalashtirilmoqda

Ilk bor xalqaro standartlar asosida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 16 ta davlat umumta’lim maktablari barpo etilishi va davlat-xususiy sheriklik asosida chet ellik investorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahri va Toshkent viloyatining umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ehtiyoj yuqori hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini regulation.gov.uz saytida muhokama uchun e’lon qildi.
Mazkur qaror loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida davlat-xususiy sheriklik asosida katta sig‘imli zamonaviy hamda xalqaro standartlarga javob beruvchi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari qurilishi, jihozlanishi, ularning har besh yilda joriy ta’mirlanishi, shuningdek, ularga davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim muddati davomida muntazam va yuqori darajali texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash uchun xususiy investorlarni jalb etish rejalashtirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra ushbu davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun 100 mln. AQSH dollari ekvivalentidagi xususiy investitsiyalar jalb etilishi kutilmoqda.
Loyiha asosida tashkil etiladigan maktablar jahon ta’lim standartlari va milliy ta’lim dasturlarini o‘zida mujassamlashtirgan holda o‘quvchilarning zamon talablariga mos infratuzilmalar yordamida tahsil olishlari, shuningdek, maktab hududida o‘z vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlariga ko‘maklashadi.
Qaror loyihasi davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun dastlabki tanlab olingan hududlar hamda loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tarkibini o‘z ichiga olgan bo‘lib, muhokama hamda kelishuv davomida o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
Qaror loyihasida umumiy o‘rta ta’lim maktablar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan hududlar, Toshkent shahri va Toshkent viloyatining hududlariga chiqqan holda dastlabki o‘rganishlar natijasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ehtiyoj yuqori deb topilgan hududlarni o‘z ichiga olgan.
Mazkur havola https://regulation.gov.uz/uz/document/20703 orqali qaror loyihasi bilan batafsil tanishishingiz mumkin. Xalq ta’limi vazirligi muhokamalarda faol ishtirok etishingizni so‘raydi. Qaror loyihasi muhokamasi joriy yilning 26-avgust kuniga qadar davom etadi.


Впервые планируется построить 16 государственных общеобразовательных школ в Ташкенте и Ташкентской области на основе международных стандартов и привлечь иностранных инвесторов на основе государственно-частного партнерства.

Министерство народного образования Республики Узбекистан В сотрудничестве с Банком Узбекистана по созданию государственных общеобразовательных школ в г.Ташкенте и Ташкентской области на основе государственно-частного партнерства»
В рамках проекта постановления Министерство народного образования Республики Узбекистан в сотрудничестве с Азиатским банком развития построит и оборудует в г.Ташкенте и Ташкентской области на базе государственных -частное партнерство., планируется привлечение частных инвесторов для обеспечения их текущего содержания каждые пять лет, а также регулярного и высокоуровневого обслуживания в течение срока действия договора государственно-частного партнерства. По предварительным оценкам, на общее среднее образование государство выделяет 100 миллионов долларов. Ожидается привлечение частных инвестиций в долларовом эквиваленте.
Школы, основанные на проектах, включают образовательные стандарты мирового класса и национальные учебные программы, чтобы помочь учащимся учиться в современной инфраструктуре, а также проводить содержательное время в кампусе.
В проект постановления включены первые отобранные участки для государственных общеобразовательных школ, которые будут созданы на основе государственно-частного партнерства, а также состав рабочей группы по проекту, и в ходе обсуждения и согласования будут внесены изменения.
Проект постановления охватывает районы, где будут созданы общеобразовательные средние школы, а также районы, где потребность в общеобразовательных средних школах высока, исходя из предварительных исследований города Ташкента и Ташкентской области.
Подробнее ознакомиться с проектом решения можно по этой ссылке https://regulation.gov.uz/uz/document/20703. Министерство народного просвещения просит вас принять активное участие в обсуждениях. Обсуждение проекта постановления продлится до 26 августа текущего года.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: