Chekka hududlardagi maktablarda kadrlar yetishmasligi qanday hal etiladi?

Chekka hududlardagi maktablarda kadrlar yetishmasligi qanday hal etiladi

Bu kabi muammo xorijiy davlatlarda qanday hal etilgan, qaysi mamlakatlar tajribasi samarali bo‘lgani haqida fikr yuritamiz.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Murojaatnomasida umumta’lim maktablaridagi ta’lim sifati nafaqat poytaxtda, balki olis qishloqlarda ham yuqori bo‘lishi shartligiga alohida e’tibor qaratdi.

Ayni shu maqsadda chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan ta’minlash, ta’lim sifatini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur amalga oshirilishi qayd etildi.

Jumladan, boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan o‘qituvchilar oyligiga 50 foiz, boshqa viloyatga borib ishlaydigan o‘qituvchilar oyligiga esa 100 foiz ustama haq to‘lanishi e’tirof etildi. Albatta, bu chekka hududlardagi umumta’lim maktablariga malakali kadrlarni jalb qilish va shu orqali ulardagi ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi tub burilish yasovchi qadamlardan biri bo‘ladi.

Shu o‘rinda malakali kadrlar yetishmovchiligi mavjud bo‘lgan chekka (olis, qishloq) hududlardagi maktablarga o‘qituvchilarni jalb qilish bo‘yicha turli davlatlar tajribasiga ham qisqacha to‘xtalib o‘tsak.

AQSHdagi ta’lim siyosati va amaliyotini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan notijorat tashkilot – Ta’lim siyosati instituti (LPI) hisobotida uzoq davom etayotgan o‘qituvchi yetishmovchiligi muammosi ba’zi shtatlarda keskin tus olayotgani qayd etgan.

Ayniqsa, Kolorado qishloq joylarida bu borada katta muammo bor. Shtat ma’muriyati 2018 yilda qishloq hududlarda mazkur muammoga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan dasturlarga 300 ming dollar ajratgan.

“The Denver Post” nashri Kolorado sinflaridagi mavjud bo‘sh o‘rinlarni to‘ldirish uchun 3000 nafar yangi o‘qituvchiga ehtiyoj mavjudligi haqida yozgan.

Shu kabi masalalarni o‘rganish va o‘qituvchilar yetishmovchiligini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berish maqsadida butun mamlakat bo‘ylab shtatlar ishchi guruhlari va qo‘mitalari birlashtirilgan.

LPIning ma’lum qilishicha, ko‘p shtatlar, shu jumladan, Vashington, Oklahoma va Janubiy Dakota o‘qitish xizmati uchun rag‘batlantirishlar taqdim etish va qarzdan kechish bo‘yicha qonun taklifini kiritgan.

2017 yilda Kolorado shtati qonun chiqaruvchi organi pensiyaga chiqqan o‘qituvchilarni, ularning pensiyasiga ta’sir qilmagan holda qayta ishga yollashga ruxsat beruvchi qonunni qabul qildi.

Yaponiyada 1950-yillardan boshlab hukumat va ta’lim fidoiylari chekka va markazdan uzilib qolgan hududlardagi ta’limning past darajasini yaxshilash bo‘yicha milliy tashabbusni ilgari surgan. Xususan, 1954 yilda “Uzoq va izolyatsiyalangan hududlarda ta’limni rivojlantirish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan.

Ushbu qonun bilan mazkur hududlarda ta’limni rivojlantirishga qaratilgan kompensatsiya choralari ko‘rilgan hamda izolyatsiyalangan va izolyatsiyalanmagan hududlar ta’limi o‘rtasidagi farqlarni kamaytirish bo‘yicha jiddiy sa’y-harakatlar olib borilgan.

1956 yildan Yaponiya mahalliy ta’lim idoralari o‘qituvchi-xodimlar boshqaruvida rotatsiya tizimini joriy qilgan. Bu tizim maktablar o‘rtasida o‘qituvchilar tarkibi bo‘yicha muvozanatni tiklashga yordam bergan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida maktab ishlari davlat nazoratida ekanligi belgilab qo‘yilgan. Shu sababli chekka hududlardagi umumta’lim maktablarida ham ta’lim sifatini oshirish, ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash hamda mazkur yo‘nalishda xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish va ijobiy jihatlarini joriy qilish masalasi har doim davlatimizning alohida nazoratida bo‘lishi lozim.

Fikrimizcha, mamlakatimizning olis hududlarida ham shaharlardagidan kam bo‘lmagan infrastrukturani yaratish orqali qishloq maktablariga malakali kadrlarni jalb etish masalasini tabiiy ravishda hal etish mumkin.

Bobomurod Avazov, TDYUU mehnat huquqi
kafedrasi o‘qituvchisi. O‘zA

Manba: UzA.uz


Думаем о том, как эта проблема решалась в зарубежных странах, и опыт каких стран оказался эффективным.

В Послании Президента Шавката Мирзиёева особое внимание было уделено тому, что качество образования в общеобразовательных школах должно быть высоким не только в столице, но и в отдаленных селах.

С этой целью было отмечено, что в отдаленных районах будет реализована специальная программа по обеспечению школ квалифицированными кадрами и повышению качества образования.

В частности, было согласовано, что учителям, которые учатся в отдаленной школе в другом районе, будет выплачиваться 50 процентов их заработной платы, а учителям, работающим в другой области, — на 100 процентов больше. Безусловно, это станет одним из важнейших шагов по привлечению квалифицированных кадров в общеобразовательные школы отдаленных районов, тем самым повысив качество образования.

Кратко рассмотрим опыт разных стран по привлечению учителей в школы в отдаленных районах, где ощущается нехватка квалифицированных кадров.

В отчете Института образовательной политики (LPI), некоммерческой организации, продвигающей образовательную политику и практику в Соединенных Штатах, отмечается, что в некоторых штатах остро стоит проблема давней нехватки учителей.

С этим есть большая проблема, особенно в сельской местности Колорадо. Правительство штата выделило в 2018 году 300 000 долларов на программы по борьбе с проблемой в сельской местности.

Газета Denver Post сообщает, что для заполнения существующих вакансий в классах Колорадо требуется 3000 новых учителей.

По всей стране созданы государственные рабочие группы и комитеты для изучения подобных вопросов и выработки рекомендаций по решению проблемы нехватки учителей.

LPI сообщил, что многие штаты, включая Вашингтон, Оклахому и Южную Дакоту, приняли законы, предусматривающие стимулы и облегчение бремени задолженности для образовательных услуг.

В 2017 году законодательный орган штата Колорадо принял закон, который позволяет учителям, вышедшим на пенсию, снова работать, не затрагивая их выхода на пенсию.

В Японии с 1950-х годов правительство и активисты в области образования продвигали национальную инициативу по повышению низкого уровня образования в отдаленных и децентрализованных районах. В частности, в 1954 г. был принят закон «О развитии образования в отдаленных и отдаленных районах».

Закон предпринял компенсационные меры для поощрения образования в этих областях и приложил серьезные усилия для сокращения разрыва между образованием в изолированных и неизолированных районах.

В 1956 г. Япония ввела систему ротации в обучении местных учителей.Система помогла восстановить баланс педагогических кадров между школами.

Статья 41 Конституции Республики Узбекистан устанавливает, что дела школы находятся в ведении государства. Поэтому вопрос повышения качества образования в общеобразовательных школах отдаленных районов, обеспечения их квалифицированными кадрами, а также изучение опыта зарубежных стран в этой сфере и внедрение его положительных сторон всегда должны находиться под особым вниманием. контроль над нашим государством.

Мы считаем, что проблему привлечения квалифицированных кадров в сельские школы можно решить естественным образом, создав в отдаленных районах страны такую ​​же инфраструктуру, как и в городах.

Бобомурод Авазов, Ташкентский государственный университет трудового права
преподаватель кафедры УзА

Источник: УзА.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: