Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi qarorlar to‘plami

Abituriyentlarga imtiyoz beruvchi qarorlar to‘plami

Qanday holda abituriyentlar OTMga imtihonsiz grant asosida qabul qilinishini ko‘zda tutuvchi qarorlar bilan tanishing.

Ushbu to‘plam Davlat ta’lim markazi rasmiy saytida tayyorlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta?lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta?lim markazining 2017-yil 3-maydagi   10-Q/Q va 34/QQ-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijodkor yoshlar respublika tanlovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” Nizomga muvofiq tasviriy san?at bo‘yicha respublika tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 2017-yil   20-iyuldagi 393-sonli Qaroriga muvofiq, Badiiy akademiyaning tasviriy san?at bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari Badiiy akademiyaning taqdimnomasiga asosan Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta?lim muassasalariga, mos ta?lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta?sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”  1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son Farmoni hamda Vazirlar Maxkamasining 2017-yil 20-iyundagi  393 — qaroriga asosan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o‘n to‘rt yoshga to‘lgan va o‘ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladi  va Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinishlari belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda milliy hamda xalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 395-son qaroriga muvofiq:

2020/2021-o‘quv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abiturientlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball berilishi nazarda tutilsin:

ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;

boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Bunda 2019-yilga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-sentabrdagi 698-sonli Qaroriga muvofiq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida Is?hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internati tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq, Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is?hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning butun o‘qish davrini a?lo baholarga o‘qigan bitiruvchilari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta?lim vazirligining tavsiyasiga asosan, Davlat komissiyasi qarori bilan oliy ta?lim muassasalari bakalavriatining xorijiy til va adabiyoti, filologiya va tillarni o‘qitish ta?lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz qo‘shimcha davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a?zolarini ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil  26-fevraldagi PQ-4212-son qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-maydagi 375-sonli “Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlarining davlat oliy ta?lim muassasalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy va o‘rta maxsus ta?lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanoma (taqdimnoma) berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga asosan, terrorizm, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash chog‘ida halok bo‘lgan yoki olgan jarohati tufayli nogiron bo‘lib qolgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari (keyingi o‘rinlarda — halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari) O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining tavsiyanomasi asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — oliy ta’lim muassasalari)ning bakalavriatiga (ikkinchi ta’limdan tashqari) kirish imtihonlarisiz qabul qilinadilar, halok bo‘lgan xodimlarning farzandlari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasining oliy (magistratura, ikkinchi va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limdan tashqari) va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari (keyingi o‘rinlarda — harbiy ta’lim muassasalari)ga qabul kvotalaridan tashqari dastlabki va kasbiy tanlov natijalari, shuningdek ichki ishlar vazirining taqdimnomasi asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 17-noyabrdagi PQ-3394-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga asosan, har bir harbiy qismdan bir nafardan, yuqori natijalarga erishgan yosh harbiy xizmatchi qo‘shimcha davlat granti asosida oliy ta?lim muassasalariga qabul qilinadi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta?lim muassasalarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ida ham harbiy xizmatchilar orasidan yuqori natijalarga erishgan, har bir harbiy qismdan bittadan yosh harbiy xizmatchi harbiy qism qo‘mondonligi (rahbariyati) va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tavsiyanomasiga muvofiq oliy ta?lim muassasalariga tasdiqlangan davlat granti kvotalariga qo‘shimcha ravishda, imtihonlarsiz qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta?sis etish to‘g‘risida 2017-yil 21-noyabrdagi PQ-3402-son qaroriga asosan, «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan iqtidorli yigitlarga fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalarida hamda huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun beriladi. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari bo‘lgan umumta?lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta?limi muassasalarining o‘quvchilari oliy ta?lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga, oliy o‘quv yurtlari talabalari yoki bakalavr darajasiga ega yoshlar esa magistratura bosqichiga tegishli yo‘nalish bo‘yicha kirish imtihonlarisiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 22-apreldagi PQ-4296-son qaroriga asosan, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab oliy ta?lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-avgustdagi 169-sonli Qaroriga muvofiq «Nihol» mukofoti iste’dodli yoshlarning jamiyatimiz ma’naviy hayotini yuksaltirishdagi muhim o‘rnini inobatga olib, o‘zining estrada, musiqa, mumtoz qo‘shiq, raqs va opera san’ati ijrochiligi sohasidagi mahorati bilan odamlarning yuragiga yetib boradigan, yoshlarni ezgulikka chorlaydigan, ularni ma’naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashga xizmat qiladigan asarlar yaratishda faollik ko‘rsatayotgan 17 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli yoshlarni muntazam rag‘batlantirib borish maqsadida beriladi. “Nihol” mukofotiga sazovor bo‘lgan yoshlar madaniyat, san?at yo‘nalishidagi oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga imtiyozli ravishda qabul qilinadi (ansambl, jamoa sifatida ishtirok etganlar bundan mustasno).

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq “Nihol” mukofoti sovrindorlari Madaniyat vazirligining taqdimnomasiga muvofiq, Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta?lim muassasalariga, mos ta?lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil  25-apreldagi  “Navoiy viloyatining olis cho‘l tumanlarida aholining turmush darajasini  yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2925-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga 2017-2018-o‘quv yilidan boshlab Navoiy, Buxoro, Samarqand viloyatlaridagi oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovlari natijalari bo‘yicha 68 va undan yuqori ballga ega bo‘lgan, olis cho‘l tumanlarida kamida uch yildan buyon istiqomat qilayotgan abituriyentlarni, keyinchalik mutaxassislik bo‘yicha ushbu hududlardagi budjet tashkilotlarida tegishli viloyat hokimligi va oliy ta?lim muassasasi o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida kamida 4 yil ishlab berish sharti bilan qo‘shimcha grant asosida imtiyozli qabul qilish huquqi berilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta?lim vazirligining 2019-yil 19-martdagi 47-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizomga asosan tanlovning Respublika bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinni egallagan o‘rta maxsus, kasb-hunar ma?lumotiga ega bo‘lgan g‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta?lim muassasalarining “Maktabgacha ta?lim” yo‘nalishiga o‘qishga kirishda imtiyozga ega bo‘ladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, “Tarbiyachi” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari Maktabgacha ta?lim vazirligining taqdimnomasiga muvofiq, Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta?lim muassasalariga, mos ta?lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”  2019-yil 28-iyundagi PQ-4375-son qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta?lim muassasalariga o‘qishga kirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida o‘zlari to‘plagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga kirishda esa o‘zlari to‘plagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballar ko‘rinishida imtiyoz beriladi.

Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga, tarkibida “Temurbeklar maktabi” bo‘lgan vazirlik va idoralarning tegishliligi bo‘yicha oliy harbiy yoki ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga test sinovlarisiz, harbiy-kasbiy saralash tadbirlarini muvaffaqiyatli o‘tish natijalari bo‘yicha kirish huquqi beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a?zolariga oliy ta?lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berish to‘g‘risida” 2017-yil     14-noyabrdagi 914-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a?zolariga oliy ta?lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish bo‘yicha tavsiyanomalar berish belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining faol a?zolariga oliy ta?lim muassasalariga imtiyozli qabul qilish maqsadida tavsiyanomalar berish bo‘yicha respublika komissiyasi taqdimnomasi asosida O‘zbekiston Respublikasi ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining qarori bilan doimiy yashash joyidagi oliy ta?lim muassasalarining pedagogika ta?lim yo‘nalishlariga tanlovdan tashqari kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon)siz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil  22-iyundagi 462-son qaroriga muvofiq, mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan, jangovar xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar (idoralar)ning haqiqiy xizmatni o‘tayotgan ofitserlariga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilarga-bevosita komandirlari (boshliqlari) tavsiyanomasiga asosan ular farzandlarining oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun, harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida yaradorlik, kontuziya, shikastlanish yoki kasalliklar oqibatida nogiron bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bo‘lgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilari farzandlariga beriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil   20-iyuldagi 393-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibidagi harbiy xizmatni o‘tashda halok bo‘lgan, shuningdek, harbiy xizmatni o‘tashda yarador bo‘lgan, kontuziya, shikast olish natijasida nogiron bo‘lib qolgan yoki kasalliklarga duchor bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari vazirliklar yoki idoralarning tegishli tavsiyanomalari asosida belgilangan qabul kvotalaridan tashqari davlat granti asosida oliy ta?lim muassasalari bakalavriatiga (ikkinchi va undan keyingi oliy ta?limdan tashqari) o‘qishga tanlovsiz qabul qilinadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarning xizmatdagi ofitserlari, shartnoma bo‘yicha xizmat qilayotgan serjantlar va oddiy askarlar tarkibi farzandlari uchun oliy ta?lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta?lim shaklidagi ta?lim yo‘nalishlariga davlat granti asosida belgilangan umumiy qabul kvotalarining besh foizi miqdorida davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalari ajratiladi.

Ajratilgan besh foizli davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalariga talabalikka qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralarining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abituriyentlarning test sinovlari natijalariga muvofiq amalga oshiriladi. Ajratilgan besh foizli davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul kvotalariga qabul qilinmagan abituriyentlar to‘plagan ballari bilan tanlagan bakalavriat ta?lim yo‘nalishlarida umumiy tartibda tanlovda ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2019 yil 5 iyuldagi 5759-son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan fuqarolar respublikaning oliy harbiy ta’lim muassasalaridagi tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abiturientlarni respublikaning oliy ta’lim muassasalari (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriatiga o‘qishga kirishi uchun tegishli o‘quv yiliga tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlaridan tashqari alohida qabul ko‘rsatkichlari ajratiladi va ular ushbu ko‘rsatkichlar doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga harbiy qismlarning qo‘mondonligi tomonidan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan tavsiyanomalar, ular berilgan sanadan boshlab, uch yil mobaynida amal qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari hamda Hukumat qarorlarida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha bir qator imtiyozlar va qulayliklar yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta?lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil  14-maydagi PQ-4319-son qarorida oliy ta?lim muassassiga qabul bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etish uchun test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta?lim muassasalarini tugatgan abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undirish belgilangan. Nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur to‘lovdan ozod etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-dekabrdagi PF-5270-son Farmoniga muvofiq kirish imtihonlarida ishtirok etgan nogironligi bo‘lgan shaxslarni oliy ta?lim muassasalariga qabul qilishda esa oliy ta?lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan qo‘shimcha ravishda ikki foizli davlat granti asosidagi kvota ajratish tartibini joriy etish belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta?lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga asosan bunday imtiyoz toifasi I va II guruh nogironligi to‘g‘risida ma?lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.

Kirish imtihonlarida to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ball to‘plagan nogironligi bo‘lgan shaxslar ballar ketma-ketligiga qat?iy rioya etilgan holda, qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta?lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga binoan nogironligi bo‘lgan shaxslar ular uchun alohida ajratilgan kvotalar doirasida tanlovda qatnashib yetarli ball to‘play olmagan va o‘qishga tavsiya etilmagan taqdirda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan (3 ta) bakalavriat ta?lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda umumiy tartibda to‘plagan ballari bilan ishtirok etadi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qaroriga binoan oliy ta?lim muassasalariga qabul bo‘yicha imtihonda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish jarayonida taqdim etilgan nogironlikni tasdiqlovchi hujjatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rganib chiqilishi belgilangan. O‘rganish natijalariga ko‘ra nogironligi tasdiqlanmagan shaxslar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasidagi tanlovga qo‘yilmaydi va ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan (3 ta) bakalavriat ta?lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda umumiy tartibda ishtirok etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”  2019-yil 3-maydagi PQ-4306-qaroriga muvofiq, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab, asosiy olimpiadalarning respublika bosqichida 1-3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat oliy ta?lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Shuningdek, quyidagi xalqaro olimpiadalarda 1-3-o‘rinni olgan abituriyentlar oliy ta?lim muassasalariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadi.

Bular:

* Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO)

* Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO)

* Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO)

* Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO)

* Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI)


Ознакомьтесь с решениями, предусматривающими прием абитуриентов в вуз на грантовой основе без экзамена.
официальном сайте Государственного образовательного центра .
1. Какие льготы для победителей Республиканского конкурса изобразительного искусства Академии художеств?
Министерство культуры Республики Узбекистан, Министерство высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан Центр среднего специального, профессионального образования В соответствии с Положением «О порядке проведения республиканских конкурсов творческой молодежи» , утвержденным решением Президента Республики Узбекистан состоится республиканский конкурс изобразительного искусства.
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «Об утверждении Положения о порядке приема в высшие учебные заведения, перевода, восстановления и отчисления обучающихся» от 20 июля 2017 года. В соответствии с Постановлением № 393, победители Республиканского конкурса Академии художеств по изобразительному искусству на основании рекомендации Академии художеств по решению Государственной комиссии внеконкурсных вступительных испытаний (зачетов, профессионального (творческого) экзамена, письменного экзамена) вы правительственные гранты принимаются на основании.
2. Льготы, предоставляемые лауреатам Государственной премии имени Зульфии при поступлении в высшие учебные заведения.
Указ Президента Республики Узбекистан № ПФ-2326 от 10 июня 1999 года «О поддержке предложений по учреждению Государственной премии имени Зульфии» и Постановление Кабинета Министров от 20 июня 2017 года Согласно Постановлением 393 Государственная премия имени Зульфии присуждается одаренным девушкам в возрасте от четырнадцати до тридцати лет, добившимся выдающихся достижений в области образования, науки, литературы, культуры, искусства, спорта и общественной жизни.Внеконкурсные вступительные экзамены (тесты, профессиональные (творческие) экзамен, письменный экзамен) лауреатам Государственных премий имени Зульфии в области образования принимаются на основе государственных грантов .
3. Какие льготы для абитуриентов, имеющих сертификаты национальной и международной систем оценивания при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан «О мерах по внедрению сертификатов национальной и международной систем оценивания при приеме в высшие учебные заведения» от 13 мая 2019 года № 395:
С 2020/2021 учебного года абитуриенты, подавшие документы на все степени бакалавра по иностранному языку, входящие в набор тестов (профессиональных (творческих) экзаменов) и имеющие следующие уровни национального или международного сертификата, должны будут сдать максимальный количество экзаменов по данному предмету без экзаменов, для предоставления баллов:
по английскому языку – национальный сертификат или Международная система тестирования английского языка (IELTS 5.5 (5,5 баллов по письменному модулю для Ташкентского государственного юридического университета)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE, уровень владения языком B2 и выше по международным экзаменационным системам;
для японского языка – национальный сертификат или тест на знание японского языка (JLPT № 2) уровня владения языком по международным экзаменационным системам В2 и выше;
по немецкому языку – национальный сертификат или Goethe-Certificate, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) международных экзаменационных систем уровня владения языком B2 и выше;
для французского — национальный сертификат или Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) уровня владения языком по международным экзаменационным системам B2 и выше;
для остальных языков — уровни владения языком по национальному сертификату или международным экзаменационным системам В2 и выше.
При этом до 2019 года будет сохраняться привилегия национального аттестата, выданного Государственным центром тестирования, на период действия этих аттестатов.
4. Какие льготы для выпускников школы-интерната имени Ишахана Ибрата по специальности иностранные языки?
В соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 5 сентября 2017 года № 698 в Туракурганском районе Наманганской области создана школа-интернат по специальности «иностранные языки» имени Ишахона Ибрата .
Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 июня 2017 года № 393, школа-интернат имени Ишахана Ибрата Туракурганского района Наманганской области специализируется на иностранных языках. и среднего специального образования Республики Узбекистан Государственной комиссией принято решение об обучении бакалавров высших учебных заведений иностранным языкам и литературе, филологии и преподаванию языков . принимаются на основе дополнительных государственных грантов без внеаудиторных испытаний и профессиональных (творческих) экзаменов .
5. Какие льготы детям сотрудников правоохранительных органов при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановление Президента Республики Узбекистан №ПП-4212 от 26 февраля 2019 года «О мерах по дальнейшему усилению социальной защиты сотрудников правоохранительных органов и членов их семей» и Министров Республики Узбекистан №375 от 6 мая 2019 г. Кабинета Министров Республики Узбекистан Согласно Постановлению «Об утверждении Положения о порядке подачи рекомендательных писем (зачислении) для поступления в образовательные учреждения Республики Узбекистан» Дети умерших сотрудников полиции ( далее — дети умерших сотрудников) Рекомендация Министра внутренних дел Республики Узбекистан принимаются на степень бакалавра (кроме второго образования) государственных высших учебных заведений Республики Узбекистан (далее — высшие учебные заведения) на основе государственного гранта, за исключением квот, установленных из расчета детей Министерства обороны, Министерства внутренних дел, Национальной гвардии и Государственного таможенного комитета Республики Узбекистан в высших (кроме магистратуры, среднего и послевузовского образования) и средних специальных учебных заведениях (послевузовское образование) Дополнительно к квоте для поступления в военно-учебные заведения , по результатам первоначального и профессионального отбора, а также по представлению министра внутренних дел.
6. Какие льготы предоставляются абитуриентам, имеющим рекомендацию командования воинской части и первичной организации Союза молодежи?
В соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по повышению эффективности государственной молодежной политики в Вооруженных Силах Республики Узбекистан» от 17 ноября 2017 года № ПП-3394, О’ Согласно по рекомендации Командования (руководства) воинской части Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Союза молодежи Узбекистана по одному молодому военнослужащему от каждой воинской части с высокими результатами будут приняты в высшие учебные заведения на основе дополнительных государственных гранты .
Также в «Положении о порядке приема в магистратуру высших учебных заведений», утвержденном постановлением Кабинета Министров от 20 июня 2017 г. № 393, каждая воинская часть достигла высоких результатов. командования (начальства) воинской части и первичной организации Союза молодежи Узбекистана, молодой военнослужащий будет приниматься в высшие учебные заведения без экзаменов, в дополнение к утвержденным квотам государственных стипендий .
7. Какие льготы для лауреатов государственной премии «Отважный мальчик» при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановлением Президента Республики Узбекистан от 21 ноября 2017 года № ПП-3402 об учреждении Государственной премии «Отважный мальчик», Государственной премии «Отважный мальчик» награждены талантливые юноши, подающие пример их сверстники с их зимними достижениями, общественной активностью и талантом, в области науки, образования, медицины, культуры, литературы, искусства, спорта, промышленности, военной службы и правоохранительных органов награждаются за выдающиеся достижения в их деятельности. Студенты общеобразовательных и средних специальных, профессионально-технических учебных заведений, лауреаты государственной премии «Отважный мальчик», могут поступать на бакалавриат высшего образования, студенты высших учебных заведений или бакалавриата. Молодежь, имеющая степень магистра , принимается на основании государственных грантов без вступительных экзаменов по соответствующему направлению .
8. Какие льготы предоставляются детям-сиротам при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановлению Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по дальнейшему укреплению гарантий прав ребенка» № ПП-4296 от 22 апреля 2019 года, начиная с 2019/2020 учебного года? общего числа приемов в образовательные учреждения, введена дополнительная квота до одного процента от общего числа поступающих в детские дома, выпускников детского дома и Детского городка .
9. Какие льготы для лауреатов премии «Нихол»?
В соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 169 от 9 августа 2006 года Премией «Нихол» признается важная роль талантливой молодежи в подъеме духовной жизни нашего общества.В целях регулярного поощрения талантливой молодежи люди в возрасте от 17 до 25 лет, которые активно создают произведения, которые достигают сердец людей своими умениями в области танца и оперы, призывают молодежь к добру, служат воспитанию их как духовно зрелых людей. Молодежь, ставшая лауреатом премии «Нихол», будет зачислена в высшие и средние специальные учебные заведения в сфере культуры и искусства на льготной основе (кроме тех, кто участвовал в составе ансамбля или коллектива).
Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 июня 2017 года № 393, лауреаты премии « Нихол » по представлению Министерства культуры, по решению Государственной комиссии (испытания, профессиональный (творческий) экзамен, письменный экзамен) принимаются на основе государственных грантов.
10. Какие возможности созданы для жителей отдаленных пустынных районов для поступления в высшие учебные заведения?
Согласно Постановлению Президента Республики Узбекистан от 25 апреля 2017 года № ПП-2925 «О дополнительных мерах по дальнейшему повышению уровня жизни населения в отдаленных пустынных районах Навоийской области» Государственная комиссия по приему в образовательные учреждения имеет балл 68 и выше по результатам испытаний для поступления в высшие учебные заведения Навоийской, Бухарской и Самаркандской областей с 2017-2018 учебного года Абитуриенты, прожившие в отдаленных пустынных районах не менее трех лет, а затем работающие в бюджетных организациях по указанным направлениям на основании договора между соответствующей администрацией региона и высшим учебным заведением сроком не менее 4 лет право на льготное зачисление на основе дополнительного гранта.
11. Какие льготы для победителей конкурса «Воспитатель»?
В соответствии с Положением, утвержденным приказом Министерства дошкольного образования Республики Узбекистан от 19 марта 2019 года № 47, на Республиканском этапе конкурса в каждой номинации первое, второе, третье место Победители с профессиональным образованием будет иметь привилегию поступления на «Дошкольное образование» в высшие учебные заведения Республики Узбекистан.
Также в соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 июня 2017 года № 393 определены победители республиканского конкурса «Тарбиячи» по рекомендации Министерства дошкольного образования, Государственной комиссии по высшему образованию Внеконкурсные вступительные экзамены (тесты, профессиональные (творческие) экзамены, письменные экзамены) в учреждения, соответствующие направления подготовки принимаются на основе государственных грантов.
12. Льготы при приеме выпускников «Школы Темурбека» в высшие учебные заведения.
Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по воспитанию подростков в духе воинского патриотизма и совершенствованию системы подготовки кадров для Вооруженных Сил и государственной службы Республики Узбекистан» от 28 июня 2019 года-4375, согласно на решение Государственного экзаменационного центра при Кабинете Министров Республики Узбекистан о приеме в высшие военные и специальные учебные заведения Республики Узбекистан в размере 30% от набранных ими баллов.Прием в другие государственные высшие учреждениям образования республики присуждается в виде дополнительных баллов в размере 15% от набранных баллов.
Выпускникам «Школы темурбеклара» с привилегированным дипломом будет предоставлено право поступления в высшие военные или специализированные учебные заведения министерств и ведомств «Школы темурбеклара» без испытаний, по результатам успешного прохождения военно-профессионального отбора.
13. Какие льготы для активных членов Союза молодежи Узбекистана при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан «О предоставлении льгот активным членам Союза молодежи Узбекистана в доступе к высшему образованию» от 14 ноября 2017 года № 914, активные члены Союза молодежи Узбекистана Узбекистан Планируется выдача рекомендаций по льготному поступлению в высшие учебные заведения.
Также, в соответствии с Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 20 июня 2017 года № 393, на основании рекомендации Республиканской комиссии по рекомендации активных членов Союза молодежи Узбекистана для льготного прием в высшие учебные заведения По решению Государственной комиссии по приему в образовательные учреждения Республики Казахстан внеконкурсные вступительные испытания (зачеты, профессиональный (творческий) экзамен, письменный экзамен) в сфере педагогического образования высших учебных заведений ПМЖ принимаются на основании государственных грантов .
14. Какие льготы предоставляются детям военнослужащих Вооруженных Сил Республики Узбекистан при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан «Об утверждении Положения о порядке вынесения рекомендаций при приеме детей военнослужащих Вооруженных Сил Республики Узбекистан в высшие учебные заведения Республики на квотной основе» № 462 от 22 июня 2018 года В соответствии с решением Вооруженных Сил Республики Узбекистан по представлению военнослужащих-непосредственных командиров (начальников) по контракту, для поступления их детей в высшие учебные заведения, травмы, контузии, полученные при прохождении воинской службы и в период прохождения военной службы, получение инвалидности в результате увечья или болезни детям других военнослужащих министерств и ведомств Вооруженных Сил Республики Узбекистан, сержантов и военнослужащих по контракту.
Также Кабинет Министров Республики Узбекистан «Об утверждении Положения о порядке приема в высшие учебные заведения, перевода, восстановления и отчисления обучающихся» В соответствии с Постановлением № 393 от 1 июля 2013 года должностные лица министерств и ведомств Вооруженных Сил Республики Узбекистан, унтер-офицеры и унтер-офицеры, погибшие при исполнении служебных обязанностей, а также раненые Дети военнослужащих, погибших в результате контузии, ранений или болезней принимаются в бакалавриат высшего образования на основе государственного гранта (со второго и последующих высших учебных заведений) сверх норм приема, установленных на основании соответствующих рекомендаций министерств или ведомств, за исключением) принимаются без выбора .
Общий прием на очную форму обучения по программам бакалавриата высших учебных заведений детей офицеров, сержантов и рядовых военнослужащих, проходящих службу в министерствах и ведомствах Вооруженных Сил Республики Узбекистан , на основе государственного гранта Дополнительные квоты приема на на основе государственного гранта в размере пяти процентов от квоты .
Зачисление на дополнительные квоты приема на основании выделенного пятипроцентного государственного гранта осуществляется по результатам испытаний поступающих, имеющих рекомендацию по установленной форме министерств и ведомств Вооруженных Сил Республики Узбекистан. . Абитуриенты, не допущенные к дополнительным квотам приема на основании выделенного пятипроцентного государственного гранта, участвуют в конкурсе в общем порядке по выбранной программе бакалавриата с набранными баллами.
15. Льготы предоставляются лицам, прошедшим службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан и имеющим соответствующие рекомендации командования воинских частей.
Указ Президента Республики Узбекистан от 5 июля 2019 года № 5759 «О внесении изменений и дополнений в некоторые документы Президента Республики Узбекистан, а также о признании некоторых из них недействительными» . Сил Республики Узбекистан и имеющих соответствующие рекомендации командования воинских частей в результате получают привилегию в виде дополнительных баллов в размере 50 процентов от набранных баллов.
Поступающие, отслужившие военную службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан и имеющие соответствующие рекомендации командования воинских частей, имеют право на поступление в бакалавриат в высшие учебные заведения республики (кроме ) Помимо параметров приема в высшие учебные заведения, утвержденных на учебный год, существуют отдельные показатели приема, и в рамках этих показателей они имеют право участвовать в конкурсе.
, выдаваемые командованием воинских частей гражданам, прошедшим службу в Вооруженных Силах Республики Узбекистан, для поступления в высшие учебные заведения действительны в течение трех лет со дня их выдачи.
16. Льготы при приеме инвалидов в высшие учебные заведения.
Указами и постановлениями Президента Республики Узбекистан и постановлениями Правительства создан ряд льгот и льгот для приема инвалидов в государственные высшие учебные заведения.
Постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по совершенствованию системы приема в высшие учебные заведения на основе испытаний» №ПП-4319 от 14 мая 2019 года Абитуриенты, окончившие образовательные учреждения в годы, предшествующие учебному году в котором проводится испытание, взимается плата, равная половине суммы базового расчета за участие во вступительном испытании. От этого сбора освобождаются лица с ограниченными возможностями.
Указом Президента Республики Узбекистан от 1 декабря 2017 года № ПФ-5270 «О мерах по коренному совершенствованию системы государственной поддержки инвалидов» В случае поступления в высшие учебные заведения, в Помимо общего количества абитуриентов в высшие учебные заведения будет выделена квота в размере двух процентов от государственного гранта.
Согласно Постановлению Кабинета Министров Республики Узбекистан от 2 июня 2018 года № 417 «Об утверждении Положения о порядке приема лиц с ограниченными возможностями здоровья в высшие учебные заведения на основе дополнительных государственных грантовых квот» и распространяется на лиц, имеющих листок инвалидности II группы.
набравшие не менее 30 процентов от максимально возможного балла на вступительных экзаменах , рекомендуются в качестве студентов в рамках дополнительной двухпроцентной квоты государственного гранта при условии строгой оценки.
Согласно «Положению о порядке приема в высшие учебные заведения», утвержденному постановлением Кабинета Министров от 20 июня 2018 г. № 393, лица с ограниченными возможностями здоровья имеют достаточное количество баллов для участия в конкурсе в пределах выделенных для них квот. не набранные и не рекомендованные к обучению, отобранные (3) студенты бакалавриата будут участвовать в конкурсе с баллами, набранными в общем порядке по направлению обучения.
Согласно постановлению Кабинета Министров № 417 от 2 июня 2018 года, Минздравом будут рассмотрены документы, подтверждающие инвалидность, представленные в процессе оформления на вступительный экзамен в высшие учебные заведения. По результатам исследования лица с инвалидностью не допускаются к участию в конкурсе по дополнительным двухпроцентным квотам государственных грантов и участвуют в конкурсе в общем порядке по выбранным (3) программам бакалавриата.
17. Какие преимущества для победителей научных олимпиад при поступлении в высшие учебные заведения?
Постановлением Президента Республики Узбекистан PQ-4306 от 3 мая 2019 года «О мерах по выявлению талантливой молодежи и организации непрерывной системы подготовки высококвалифицированных кадров» , начиная с 2019/2020 учебного года года Участникам, занявшим 1-3 места на республиканском этапе основных олимпиад, вручается удостоверение, дающее право на получение максимальных баллов на вступительных экзаменах в государственные высшие учебные заведения по специальности и действительное сроком на три года .
1-3 места на следующих международных конкурсах , будут зачислены в высшие учебные заведения без зачетов и дополнительных экзаменов .
Эти:
* Международная математическая олимпиада — Международная математическая олимпиада (ИМО)
* Международная олимпиада по физике — Международная олимпиада по физике (IPhO)
* Международная Химическая Олимпиада — Международная Химическая Олимпиада (МХО)
* Международная олимпиада по биологии — Международная олимпиада по биологии (IBO)
* International Informatics Olympiad — Международная олимпиада по информатике (IOI)
Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: