Bugun 372 nafar ingliz tili oʻqituvchisi malaka (test) sinovlarida qatnashdi

Bugun 372 nafar ingliz tili oʻqituvchisi malaka (test) sinovlarida qatnashdi
Telegram kanal подписаться

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining binosida Toshkent viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatayotgan oliy va birinchi malaka toifali hamda ushbu malaka toifalariga talabgor pedagoglar uchun oʻquv fani boʻyicha malaka (test) sinovlari oʻtkazilishi davom etmoqda.

Jarayonlar Respublika ta’lim inspeksiyasi rasmiy saytida yoritilib borilmoqda.
Xususan, bugun 11-sentyabr kuni inspeksiya binosida Toshkent viloyatidagi maktablarning ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun malaka (test) sinovlari boʻlib oʻtdi. Mazkur sinovlarda qatnashish uchun 396 nafar oʻqituvchi ariza topshirgan boʻlib, shundan 372 nafari ishtirok etdi.
Pedagoglar salomatligi saqlash maqsadida sinovlar sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy amal qilgan holda tashkil etilmoqda.
Jarayonlar barcha shart-sharoitlar yaratilgan, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan xonalarda oʻtkazilmoqda.
Shaffoflikni taʼminlash maqsadida nazoratchilardan tashqari, attestatsiya sinovi kuzatuv kameralari orqali yozib olinmoqda.
Qayd etish lozim, ertaga 12-sentyabr kuni ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi. Pandemiya sabab toʻxtatib qoʻyilgan malaka (test) sinovlari 21-sentyabrga qadar davom etadi.

Sizlarga ushbu sahifadagi eng zo'r mantiqiy savollarni ham o'qishni tavsiya qilaman: Mantiqiy savollar javoblari bilan 100 ta, DAHSHAT!
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: