Bu yil maktab darsliklariga kiritilgan yangiliklar

Bu yil maktab darsliklariga kiritilgan yangiliklar

2020-2021 o‘quv yili uchun yangi va qaytadan nashr etilayotgan darsliklardagi yangiliklar haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Xalq ta’limi vazirligi va Respublika ta’lim markazi hamkorligida “KOLORPAK“ va ”GREDO PRINT GROUP“ MCHJlari hamda ”O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyiga press-tur tashkil etildi.

Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov ishtirokchilarga 2020-2021 o‘quv yili uchun nashr etilayotgan darsliklarga kiritilgan yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Jurnalistlarning yangi chop etilayotgan darsliklar saviyasi va ularning avvalgi kitoblardan farqli jihatlari xususidagi savollariga javob berdi.

2020-2021 o‘quv yili uchun rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarning jami 558 nomdagi darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar chop etilishi rejalashtirilgan. Shundan:

346 nomda — umumta’lim maktablari uchun;

160 nomda — imkoniyati cheklangan bolalar uchun;

52 nomda — multimedia ilovalari.

Umumta’lim maktablarning 346 nomdagi (27,9 mln.) darsliklarning 118 nomdagisi (34,1%) original maketlar va 228 nomdagisi (65,9%) tarjima maketlar hisoblanadi.

Darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni nashrga tayyorlashda asosiy e’tibor mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob berishiga qaratildi. Buning uchun amaliyotchi o‘qituvchilar hamda fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan darsliklar bir necha bor ekspertizadan o‘tkazildi. Ekspertiza xulosalari asosida esa darsliklar mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida darsliklar qayta ishlanib, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Bugungi kunda qayta nashrga tavsiya etilgan illyustratsiyasi eskirib ketgan, yorqin ranglarda bo‘lmagan, chizilgan rasmlar o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan darsliklarni takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bu yilgi chop etiladigan darsliklar qayta nashrdagi darsliklar bo‘lganligi sababli asosiy urg‘u darsliklarning mazmuni va dizayniga qaratildi.

Hozirga qadar Respublika ta’lim markaziga foydalanuvchilarimiz tomonidan 8000 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Darsliklar yuzasidan kelib tushayotgan o‘rinli taklif va mulohazalar Markazning fan metodistlari tomonidan o‘rganib chiqilib, darsliklarni davriylik asosida nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda. Darsliklar yuzasidan kelib tushgan takliflarga mutaxassis hamda metodistlar tomonidan tayyorlangan javoblar foydalanuvchilarga yuborilmoqda.

Shuningdek, “Darsliklar muhokamasi” telegram kanaliga joriy yilda yangi va qayta nashr etiladigan darsliklarning PDF nusxalari bosqichma-bosqich qo‘yib borilmoqda. Hozirgi kunga qadar bu kanalimizga 225 dan ortiq takliflar kelib tushdi. Takliflarning asosiy qismi darslik mazmuni, bir qismi darslik dizayni hamda darslikdagi imlo xatolar to‘g‘risida bo‘lib, ushbu takliflar darsliklarni nashrga tayyorlash jarayonida inobatga olinmoqda.

2020-2021 o‘quv yilida chop etiladigan darsliklarga kiritilgan o‘zgarishlar quyidagilar hisoblanadi.

Joriy yildan 1-9-sinflar uchun “Tarbiya”, 5-, 8-, 9-sinflar uchun “Informatika”, 4-,5-sinflar uchun “Texnologiya”, 4-sinf “O‘zbek tili”,
10-11-sinflar uchun “Ona tili” va “O‘zbek tili” o‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar yaratilishi asosiy yangiliklardan hisoblanadi.

Darsliklarni nashrga tayyorlashda birinchi navbatda, o‘quvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari inobatga olingan holda tayyorlandi.

Ikkinchidan, darslik mazmunida mavjud bo‘lgan takrorlanishlar bartaraf etildi, xalqaro tajribaga suyangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga o‘zgartirishlar kiritildi.
Yana bir e’tiborli holat – fanlar kesimida fanlararo bog‘liqlik hamda sinflararo uzviylik ta’minlandi. Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish bo‘yicha darsliklar mazmuniga xalqaro baholash dasturi o‘quvchilar yoshiga mos tarzda TIMSS, PIRLS talablari singdirildi.

Eng muhimi, darsliklar innovatsion yondashuv asosida tayyorlandi. Bunda, o‘quvchilarda. mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan ta’limiy o‘yinlar, mashqlar, masalalar va topshiriqlar amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirildi.

Qolaversa, 4-, 5-sinf Texnologiya va 5-, 8-, 9-sinf Informatika darsliklari mazmuni o‘quvchilarning texnik qobiliyatini rivojlantirishga oid amaliy, kreativ, mantiqiy yondashuvga asoslangan topshiriqlar bilan boyitildi. 5-sinf “Ona tili”, 4-5-sinf “Texnologiya” darsliklari uchun ilk bor o‘qituvchi kitobi va multimedia ilovalari tayyorlandi.

Ko‘zi ojiz o‘quvchilar uchun chop etilayotgan brayl alifbosidagi darsliklarga bo‘rtma shakldagi rasmlar va xaritalar kiritildi.Ilk bor 10 va 11-sinflar uchun 9 nomdagi brayl darsliklari hamda kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar uchun 4 nomdagi yangi darsliklar tayyorlanmoqda.

Yangiliklardan yana biri darsliklardagi mavzularni qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitish maqsadida darsliklarga QR-kod o‘rnatildi. Ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga o‘zbek va jahon adiblarining hayoti va ijodidan namunalar kiritilgani ham darsliklardagi yangilik hisoblanadi.

“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori bilan yangi “Tarbiya” fani joriy etildi. Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?

“Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.1–9-sinflarda – 2020/2021 o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etiladi. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq ta’limi”, Cingapurning “Fe’l-atvor va fuqarolik ta’limi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq ta’limi” fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko‘nikmalari deb nom olgan “yumshoq ko‘nikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari ko‘nikma shakllantiriladi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va mavzular o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi. O‘quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida «role-model», ya’ni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.
Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri maqsad qo‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi.


О новинках в новых и переизданных учебниках на 2020-2021 учебный год
Агентство информации и массовых коммуникаций при Администрации Президента Республики Узбекистан совместно с Министерством народного просвещения и Республиканским центром образования организовали пресс-тур в КОЛОРПАК и ООО «GREDO PRINT GROUP» и был основан Издательско-полиграфический дом «Узбекистан».
Директор Республиканского образовательного центра Шухрат Сатторов проинформировал участников о нововведениях в учебниках, изданных на 2020-2021 учебный год . Он ответил на вопросы журналистов об уровне вновь изданных учебников и их отличиях от предыдущих учебников.
По плану на 2020-2021 учебный год всего планируется издать 558 учебников и учебных пособий для 1, 4 и 5 классов. От:
346 наименований — для общеобразовательных школ;
160 наименований – для детей с ограниченными возможностями здоровья;
52 наименования — мультимедийные приложения.
Из 346 (27,9 млн.) учебников общеобразовательных школ 118 (34,1%) являются оригинальными образцами и 228 (65,9%) — переводными образцами.

При подготовке учебников и учебных пособий к изданию основное внимание уделялось соответствию международным требованиям по содержанию и качеству. С этой целью учебники неоднократно изучались практикующими учителями и методистами науки, а также потенциальными учеными. По результатам экспертизы авторами учебников, издателями и методистами учебников произведена доработка учебников и внесены изменения в содержание и иллюстрации. Сегодня ведется работа по совершенствованию учебников, иллюстрации которых рекомендованы к переизданию, устарели, не в ярких красках, нарисованные картинки утратили свою привлекательность. Поскольку учебники, которые будут изданы в этом году, представляют собой переизданные учебники, основной акцент был сделан на содержании и оформлении учебников.
На данный момент в Республиканский образовательный центр поступило более 8000 предложений от наших пользователей. Соответствующие предложения и замечания по учебникам изучаются методистами Центра и учитываются в процессе подготовки учебников к изданию на периодической основе. Ответы на предложения по учебникам, подготовленные экспертами и методистами, рассылаются пользователям.
Также в этом году на телеграм-канале «Обсуждение учебников» постепенно размещаются PDF-копии новых и переизданных учебников. На сегодняшний день на наш канал поступило более 225 предложений. Основная часть предложений касается содержания учебника, часть — оформления учебника и орфографических ошибок в учебнике, которые учитываются в процессе подготовки учебников к изданию.
Изменения в учебники, которые будут изданы в 2020-2021 учебном году, заключаются в следующем.
С этого года «Образование» для 1-9 классов, «Информатика» для 5, 8, 9 классов, «Технология» для 4 и 5 классов, «Узбекский язык» для 4,
10-11 классов. создание методических пособий для учителей «Родного языка» и «Узбекского языка».
При подготовке учебников к изданию в первую очередь учитывались возрастные и психофизиологические особенности учащихся.
Во-вторых, были устранены существующие дублирования в содержании учебника, а также внесены изменения в дизайн учебника и фотоиллюстрации, основанные на международном опыте.
Еще одним примечательным фактом является то, что в области наук обеспечена междисциплинарная согласованность и межклассовая согласованность. Еще одним важным аспектом является то, что содержание учебников для создания учебников и учебных пособий нового поколения было интегрировано в требования международной программы оценивания TIMSS, PIRLS в соответствии с возрастом учащихся.
Самое главное, что учебники были подготовлены на основе новаторского подхода. В этом, в студентах. развивающие игры, упражнения, задачи и задания, ориентированные на логическое мышление, ориентированные на развитие практических навыков.
Кроме того, содержание учебников для 4, 5 классов и Информатики для 5, 8, 9 классов обогатилось заданиями, основанными на практическом, творческом, логическом подходе к развитию технических способностей учащихся. Впервые подготовлена книга для учителя и мультимедийные приложения к учебникам 5 класса «Родной язык» и 4-5 класс «Технология».
Учебники со шрифтом Брайля для слепых включают в себя рельефные картинки и карты.Впервые готовятся 9 учебников со шрифтом Брайля для 10-11 классов и 4 новых учебника для глухих и слабослышащих учащихся.

Еще одна новость заключается в том, что учебники были оснащены QR-кодами, чтобы обогатить темы в учебниках дополнительной информацией. Новым является также введение примеров из жизни и творчества узбекских и мировых писателей в учебники по литературе 5-го класса для школ с родственными языками обучения.
Новый предмет «Тарбия» введен постановлением правительства «О мерах по поэтапному внедрению предмета «Образование» в общее среднее образование». Чем новый учебник отличается от предыдущих?
Учебник «Воспитание» объединяет дисциплины «Этика», «Чувство Родины», «Идея национальной независимости и основы духовности» и «История мировых религий». 2021 учебный год, В 10-11 классах будет внедряться с 2021/2022 учебного года. При подготовке учебников внимательно изучались предметы и учебники японского «Нравственного воспитания», сингапурского «Поведение и гражданское воспитание», британского «Мышление», «Поведенческое воспитание». Впервые в учебники были введены «мягкие навыки», называемые навыками 21 века. С помощью учебника учащийся развивает навыки в дополнение к знаниям. Ориентированные на практику уроки и темы в новых учебниках по естественным наукам будут мотивировать ученика на успех. Формируется активная гражданская позиция. Суть предмета основана на 50% теоретическом и 50% практическом. В учебниках «Тарбия» эффективно использован современный педагогический метод «ролевой модели», т.е. «моделирования». В нем анализируются достижения людей, добившихся высоких результатов на национальном и международном уровнях.
Быть успешным человеком в будущем зависит, прежде всего, от постановки правильных целей. Согласно учению таких известных лекторов, как Дейл Карнеги и Брайан Трейси, научиться ставить цель в жизни и достигать ее — это на самом деле наука. Важным аспектом предмета «воспитание» является то, что оно постепенно развивает в ребенке умение ставить цели и стремиться к ним.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Hayitboev Ilhom

    Maktab darsliklari qatoriga «Yo‘l xarakati qoidalari» fanini darslik sifatida kiritilsa yaxshi bo‘lar edi, chunki bolalar yo‘llarda xavfsiz xarakatlanishni o‘rganib olsa ular ulg‘aygach Xaydovchi, Piyoda va Yo‘lovchi bo‘lishadi natijada yo‘l transport xodisalarini oldini olgan bo‘lamiz.

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: