Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish
2019-2020 o‘quv yili yakunida maktab bitiruvchilariga attestatsiyaning asl nusxasi berilmaydi.
Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik bu yil maktabning 11-sinfini bitiruvchi o‘quvchidan kelgan savolga javob berib, shahodatnomaning elektron nusxasi berilishini ma’lum qilgan.
“Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, 2019-2020 o‘quv yilidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga davlat namunasidagi attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkaziladi.
Attestat (shahodatnoma) blankalari respublikamizda karantin muddati tugagunga qadar ta’lim muassasalarida saqlanadi. Karanti davri yakunlanganidan so‘ng ular o‘z egalariga topshiriladi”
, deyiladi vazirlik javobida.