Bu yil 1-kurs talabalariga o‘qish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Bu yil 1-kurs talabalariga o‘qish qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

2020/21 o‘quv yili uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun darslar 12 oktyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Abduvali Xoliqov xabar berdi.

«2020/21 o‘quv yilini masofaviy tarzda boshladik. Birinchi kurs o‘quvchilari bilan ham o‘quv yili masofaviy tarzda boshlanadi. Farqli tomoni – rejamizga ko‘ra, birinchi kursga tavsiya etilgan talabalarning hujjatlari to‘liq rasmiylashtirilib bo‘linganidan keyin, 12 oktyabrdan boshlab, oliy ta’lim muassasalarida 3 kundan 2 haftagacha tanishuv darslari tashkil qilinadi.
Bu tanishuv darslari karantin qoidalariga to‘la amal qilingan holatda auditoriyaga 50 foizdan oshmagan talabalarni kiritib, karantin talablari asosida tashkil etiladi»

, – dedi Abduvali Xoliqov 29 sentyabrdagi matbuot anjumanida.
Ma’lum qilinishicha, talabalar turar-joylariga talabalar joyalashtirilmaydi. Uzoq hududlardan Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga kirgan talabalar uchun o‘sha hududdagi OTMning moddiy texnik-bazasidan foydalangan holda hududdagi yoshlarni yig‘ib, tanishuv darslari tashkil etiladi.
Vazirlik rasmiysiga ko‘ra, uzoq hududlarga Toshkent shahridagi OTMlar professor-o‘qituvchilari borib, tanishuv darslarini tashkil qiladi. Tanishuv darslari kuniga 2 paradan ortiq bo‘lmagan holda, paralar orasida 10 daqiqalik tanaffus bo‘lib, talabalar auditoriyani o‘zgartirmaydi.
«Bu darslarda yangi qabul qilingan talaba oliy ta’lim muassasasi va undagi o‘qituvchilar va dars jadvallari bilan tanishtiririladi. Bu yerda 1-kursga qabul qilingan talabalarning masofaviy ta’lim olish ko‘nikmasini shakllantiramiz», – dedi Abduvali Xoliqov.


Занятия для студентов бакалавриата, зачисленных на 2020/21 учебный год, начнутся в понедельник, 12 октября. Абдували Халиков, начальник Главного управления Министерства высшего и среднего специального образования, сказал: «Учебный год 2020/21 мы начали дистанционно. Учебный год также начинается дистанционно у первокурсников. Отличие в том, что по плану, после завершения оформления документов для первокурсников, с 12 октября в вузах будут проводиться вводные занятия продолжительностью от 3 дней до 2 недель.
Эти вводные занятия будут организованы в соответствии с требованиями карантина, с присутствием в классе не более 50% учащихся при условии полного соблюдения правил карантина», — сказал Абдували Халиков на пресс-конференции 29 сентября.
Сообщается, что студентов не будут размещать в общежитиях. Для студентов, поступающих в высшие учебные заведения Ташкента из отдаленных районов, используя материально-техническую базу высших учебных заведений области, будет собрана молодежь области и организованы ознакомительные занятия.
По словам представителя министерства, профессора ташкентских вузов выедут в отдаленные районы для проведения вводных занятий. Занятия по свиданиям проходят не более 2-х параграфов в день, с 10-минутным перерывом между парами, и студенты не меняют аудиторию.
«На этих занятиях вновь поступивший студент знакомится с высшим учебным заведением, его преподавателями и расписанием курсов. Здесь мы развиваем навыки дистанционного обучения первокурсников», — сказал Абдували Халиков.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Mohiniso

    Shartnoma qachon chqadi va bali yetmagan va sotib olmoqchi bolgan talabalarga darslar qachondan boshlanadi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: