Britaniya Kengashi bilan XTV o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Britaniya Kengashi bilan XTV o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Britaniya Kengashi bilan ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish va maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha kelgusi 5 yillik uchun hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ta’lim sohasi va ingliz tilini o‘qitishdagi islohotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Xalq ta’limini rivojlantirish Konsepsiyasini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.
Joriy yilning 27 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Reychel Aylend tomonidan onlayn tarzda imzolangan memorandumda hamkorlikning qator yo‘nalishlarini belgilab olindi. 
Memorandum Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarni birgalikda amalga oshirish maqsadida kelgusi besh yilga mo‘ljallangan hamkorlikni o‘z ichiga oladi. 
Memorandum doirasida xalq ta’limi tizimini umumiy isloh qilish, ingliz tilini o‘rganish va o‘qitishni yanada takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya o‘rtasida ta’lim sohasidagi sheriklik hamda hamkorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.
Britaniya Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik tajribasiga ega. Bugungi kunga kelib, ikkita tashkilot 2030 yilgacha Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida keng ko‘lamli islohotlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qator loyihalar ustida ishlamoqda. 
Britaniya Kengashining dasturi ta’lim tizimidagi asosiy muammolarni aniqlash va islohotlarga yaxlit yondashuvni ta’minlash maqsadida xalq ta’limi istiqbollari, strategiyasi bo‘yicha maslahat hamda tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi. 
Shuningdek, Britaniya Kengashi ta’lim sohasida uzoq muddatli hamkorlikni ta’minlash uchun Xalq ta’limi vazirligi huzurida tashkil etilgan yangi universitet bilan hamkorlik qilmoqda.
2019 yilda Britaniya Kengashi ingliz tilidagi keng ko‘lamli milliy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maktablarda ingliz tili o‘qitilishini isloh qilish maqsadida bitiruvchilar o‘rtasida ingliz tili bilimlarini oshirishga qaratilgan Future English dasturini ishga tushirdi. Ushbu loyiha, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 1
  1. "Vaqt-omad"

    mavzusida insho yozish

Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: