“Boy bo’lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari

“Boy bo’lishning 10 ta siri” kitobidan boylik sirlari

Adam Jeksonning “Boy bo’lishning 10 ta siri” kitobida keltirilgan boylik sirlari haqidagi tavsiyalarni jamlab e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

Kitob haqida qisqacha: Bir yigit ishlari yurishmas, qarzlari ko’p, boylik orttirish esa tasavvuriga ham sig’mas edi. Kunlarning birida u tong chog’I bog’ yoqalab yengil yugurish mashqini qilayotganda past bo’yli xitoylik qariya uchraydi va unga turli savollar beradi. Yigitchaga muvaffaqiyatga erishish uchun qanday ishlar qilish kerakligi haqida va u yo’l qo’yayotgan xatolar haqida dalillar bilan tushuntirib beradi. Ular tepalikka chiqishganda qariya yigitchaga boylikka yetish usullarini o’rgatadigan 10 kishining ism familiyasi va telefon raqamini qoldirib o’zi g’oyib bo’ladi.
Yigitcha qo’lidagi raqamlarga bir-mabir qo’ng’iroq qilib ular bilan uchrashadi va haqiqiy boylik sirlari haqida tavsiyalarni to’playdi, maslahatlarni jamlaydi. Ular bilan suhbat chog’ida fikrlashi, dunyoqarashi, pulga bo’lgan munosabati butunlay o’zgaradi. Boylikka erishgan, muvaffaqiyat qozongan kishilarning ibratli fikrlarini bloknotiga yozib boradi. Quyida keltirilayotgan boylikka erishish usullari haqidagi sirlar yigitchaning xitoylik qariya raqamini qoldirgan kishilar bilan suhbati jarayonida qisqa qilib yozib olingan so’zlardir. Kitob so’ngida yigitcha ularning so’zlariga amal qilib o’zi istagan boylikka erishadi va shunday kunlarning birida unga qo’ng’iroq qilib raqamini xitoylik qariyadan olganligini, boy bo’lish haqida tavsiyalar kerakligini so’rashadi.
Adam Jeksonning ushbu kitobi dunyo bo’ylab juda mashhur bo’lib ketgan. Kitobning to’liq shakli kerak bo’lsa, internetdan qidiring, yoki ushbu saytda e’lon qilinayotgan maqolalarga 5 ta fikr bildiring. Fikrlaringiz tahliliy va munozarali bo’lsin. Shundan so’ng «Bog’lanish» formasi orqali menga murojaat qilib so’rasangiz kitobni siz istagan formatda (APK, PDF, DOC) electron pochtangizga yuboraman.

Haqiqiy Boylikning birinchi siri — Anglab yetilmagan e’tiqodlar kuchidir.

Odamlar nimaga qodir bo’lsalar, shunga erishmaydilar. Ular o’zlarining fikricha, yetishishlari mumkin bo’lgan narsaga erishadilar.
Bizning barcha hayotiy sharoitlarimiz — bizning anglab yetilmagan e’tiqodlarimiz aksidir.
Odamlar, o’zlarining fikricha, qancha pul topishlari mumkin bo’lsa, odatda, shuncha miqdordagi pulni topadilar. Biz anglab yetilmagan e’tiqodlarimizni o’z-o’ziga ta’sir o’tkazish yordamida o’zgartira olamiz.
Aqlimiz yetadigan va ishonchimiz komil bo’lgan hamma narsaga erishish qudratiga egamiz!
O’z g’alabasiga ishongan kishigina g’alaba qozonadi!

Haqiqiy Boylikning ikkinchi siri — Xohish quvvati.

Agar siz o’z hayotingizda Haqiqiy Boylikka yetishmagan bo’lsangiz, bu qoidaga ko’ra, sizda hali hamma narsadan ulug’ niyat uyg’onmaganini bildiradi. Modomiki hayotingizda erishmoqchi bo’lgan ulug’ niyatingiz bo’lmasa, bunga arzigulik hech vaqoga yetisholmaysiz.
Siz buning uchun barcha zarur bo’lganlarni bajarish va har qanday qurbonlarga (o’z qadr-qiymatingiz, sog’lig’ingiz va o’zaro munosabatlaringiz bundan mustasno) rozi bo’lishni istaganingizdagina sizda hammadan kuchli xohish paydo bo’ladi.
Siz uch Rojdestvo Sharpasi foydalangan quyidagi uch yo’l yordamida hammadan ustun bo’lgan niyatni yaratishingiz mumkin:

    pulsizlik oqibatida keltirilgan qiynoqlar haqida o’ylar;

    pulsizlik oqibatida hozir kechirayotgan barcha qiynoqlar haqidagi o’ylar;

    agar bugungi moliyaviy ahvolingiz o’nglanmasa, kelgusida kechirishingiz mumkin bo’lgan qiynoqlar haqidagi o’ylar;

agar siz cheksiz boylikka ega bo’lgan taqdirda kelajak sizga va’da qilgan barcha bahra olishlar to’g’risida tasavvurlar!

Haqiqiy Boylikning uchinchi siri — Niyatlar ravshanligi quvvati.

Siz nimani istashingizni va nima uchun shuni xohlashingizni aniq bilsangizgina bu hayotda barcha niyatlaringizga yetasiz.
Siz o’z maqsadlaringiz sabablarini, bu maqsadlarga erishish nima uchun zarurligini va buni qachon bajarishingiz darkorligini aniq belgilashingiz kerak. (Masalan, siz boy bo’lishni istayman, deyishingizning o’zi kifoya etmaydi. Siz qancha miqdordagi mablag’ga ega bo’lish va nima qilmoqchiligingizni aniq belgilab olishingiz zarur)
O’z maqsadlaringizni doimo hozirgi zamonda va bo’layotgandek tarzda ifodalang. (Masalan, «Bugundan e’tiboran va shungacha (bu mablag’ga qachon ega bo’lishga qaror qilgan sanani ko’rsating) men X 000 funt pul ishlab topaman.
Maqsadlaringizni yozib qo’ying va ularni bir kunda uch bora — ertalab, kunduzi, kechqurun qayta-qaytalab o’qing.
Xayolingizda o’zingizni bu maqsadlarga erishgandek tasavvur eting.
Bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan Sabablarni belgilang. Boylik — shunchaki pul yig’ish yoki mablag’ga ega bo’lishning o’zigina emas, bu o’z niyatlaringizni ro’yobga chiqarish uchun mana shu pullar beruvchi quvvat ekanini yodda tuting.

Haqiqiy Boylikning to’rtinchi siri — Harakatlarning o’ylangan rejasi quvvatidir.

Agar maqsadlaringizga erishishga komil ishonchingiz bo’lishini istasangiz, yo’l-yo’riqni ishlab chiqishingiz va harakatlarning o’ylangan rejasini tuzishingiz kerak.
Har qanday muammoning yechimidagi oltin qoidani yodda tuting — barcha imkoniyatlardan to’la foydalangandek tuyulgen bo’lsa… bilingki, unday emas.
Agar nimagadir erishmoqchi bo’lsangiz, uch narsaga amal qilishingiz kerak: tartibli bo’lish, tartibli bo’lish .. va tartibli bo’lish.
Oldingizga qo’ygan har qanday maqsadga erishishning o’nta imkoni mavjud yo’llarini sanab, o’n banddan iborat reja tuzing.
Biron-bir ishga unnashdan avval o’zingizga uchta savol bering:

    1. Bu xildagi ish menga zavq beradimi?

    2. Qobiliyatlarimga bu ish mos keladimi?

    3. U baland mavqega erishishm va molyaviy maqsadlrimga yetishuvimni yaqinlashtiradimi?

Haqiqiy Boylikning beshinchi siri — Maxsus bilimlar kuchi.

Qachon bo’lmasin katta boylik to’plashga muvaffaq bo’lgan biron-bir shaxs o’z biznes sohasining soliq huquqi, investitsiya va omonatlar dasturlari, shuningdek, xaridorlarining istak va talablari haqidagi maxsus bilimlarga ega bo’lmay turib buning uddasidan chiqmaydi.
Bilimlar harakatlarning amaliy rejasi asosida aniq maqsadga erishish uchun to’g’ri tashkil etilgan va aql bilan ishlatilgan taqdirdagina kuch bo’lib hisoblanadi.
Siz o’zingiz hamma narsani bilishingiz shart emas, lekin kerakli ma’lumotni qayerdan va qanday topishni bilishingiz kerak.

Haqiqiy Boylikning oltinchi siri — Qat’iyatlilik kuchi.

Muvaffaqiyat odatda birgina zo’r berish natijasida yuzaga kelmaydi, u ko’pgina zo’riqishlar mahsulidir.
Muvaffaqiyatga erishgan va bunga yetisholmagan kishilar orasidagi farq odatda ular iste’dodida emas, balki qat’iyatda!
Istagan natijaga erisholmagan har qanday harakatdan so’ng o’zingizga doim: «Qaysi lahzaga qadar to’g’ri harakat qildim?» degan savolni bering. Bu sizni kelgusi harakatga doimo ilhomlantiradi.
Agar siz toshyo’nar singari harakat qilsangiz va doim qat’iyat ko’rsatsangiz, har bir harakatingiz tajribasidan xulosa chiqarib, o’rgansangiz, sa’y-harakatlaringiz har doim muvaffaqiyatli bo’ladi.

Haqiqiy Boylikning yettinchi siri — Xarajatlarni nazorat qilish quvvatidir.

Boylik qancha pul topayotganingiz bilan emas, topganingigizga qanchalik yaxshi yashay olishingiz bilan belgilanadi.
Xarajatlnrni nazorat qilish olayotgan daromadingiz hajmida baxtiyor hayot kechirishingizga va bu daromadni ko’paytirishga yordam beradi.
Mablag’i cheklangan har qanday kishi doimiy daromadini ta’minlash uchun o’z xarajatlarini nazorat qilishi zarur.
Daromadingizning bir qismini asrashingiz lozim. Bu kelgusida boylik yaratishga asos bo’ladi.
Siz har doim pul topish uchun ishlaganingizdan ko’ra pullaringiz siz uchun ishlagani ma’qulroq.

Haqiqiy Boylikning sakkizinchi siri — Halollik quvvati

Kishi butun olamni zabt etsa-yu, lekin shu bilan birga o’z qalbini yo’qotsa, buning qanday foydasi bor?
Bajarayotgan ishimiz, so’zlayotgan so’zimiz va hatto fikrlarimiz ham bir kun o’zimizga qaytadi, qaytar dunyo bu.
Boylikni aldam-qaldamlik va qalloblik bilan yaratmoq — qumda imorat qurmoq bilan teng. U yerda uzoq turmaydi.
Shaxsiy hayotingiz yoki biznesda harakat usullarini tanlashdan avval o’ylang:

    Bu qonunga xilof emasmi?

    Bu axloq me’yorlariga to’g’ri keladimi?

    Natijada o’zimdan faxrlana olamanmi?

    Yaqinlarim bu haqda bilishini istaymanmi?

    Bundan keyin o’z-o’zimga nisbatan hurmatim yo’qolmaydimi?

Haqiqiy Boylikning to’qqizinchi siri — E’tiqod kuchidir

Siz ishonch hosil etgan har qanday loyihani ko’rib chiqayotib, o’ylangan harakatlar rejasini yozing va uni amalga oshirish mumkinligiga amin bo’ling. Endi o’zingizga shunday savol bering: «Modomiki omadsizlikka uchramasligimni bilganimda qanday yo’l tutardim?».
Jasur bo’l va zabardast kuchlar senda ko’maklashishga keladilar!
Doimo «shunday yo’l tutginki, go’yo…» qabilida ish yuritsang, albatta muvaffaqiyatga erishasan.
Ichki sezgingga ishon — ko’nglingga qarab ish tut.
E’tiqodni tarkib toptirishida doimiy ravishda o’z-o’ziga ta’sir ko’rsatish yordam beradi. Nimaniki bot-bot takrorlasangiz, u ongingizning bir bo’lagiga aylanadi.

Haqiqiy Boylikning o’ninchi siri — Saxovatpeshalik quvvati

O’zgalar yordamisiz yoki boshqalarga ko’maklashmay turib biron-bir sohada to’kinchi erishib bo’lmaydi. O’zgalarga yordamlasha turib, o’zimizga ko’maklashamiz.
Daromadingizning o’n foizini muhtojlarga yordam berishga ko’mak bersangiz, o’zingizga ko’payib qaytadi.
O’zgalarga ko’maklashgan chog’da ongingizda mo’l-ko’lchilik hissi muhrlanadi

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!