Boriga baraka o‘yini tashkilotchilari jazolanishi mumkin

Boriga baraka o‘yini

Gap shundaki, “Boriga baraka” o‘yini tashkilotchilariga Jinoyat kodeksining 278-moddasi qo‘llanilib 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Mazkur moddaga ko‘ra qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni qonunga xilof ravishda tashkil etish yoki o‘tkazish uchun yeti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi nazarda tutilgan. “Boriga Baraka” ko‘rsatuvi tavakkalchilik va qimor asosida tashkil etilayotganligini Huquqshunos Dilshod Abduqodirov Kun.UZ nashrida e’lon qilgan maqolasida batafsil tahlil qilgan. Maqolada mazkur o‘yinda ishtirok etish uchun Click yoki Paynet orqali 5 ming so‘m to‘lov qilish, Crafers do‘konlaridan shirinlik, Atlas savdo markazlarida biron narsa xarid qilish kerakligi tushuntirilgan va Lada markazlariga tashrif buyurish va bepul kupon to‘ldirish usuli to‘xtatilganlik ehtimoli bayon qilingan. Huquqshunosning fikricha, shu ishlardan birontasini bajarsangiz o‘yinda ishtirok etish kafolatlanmaganligi, yuz minglab odamlar orasidan omadli 5 kishini bazaga kiritilgan raqamlardan tavakkalchilik asosida kampyuter aniqlab berishini, ishtirokchining nima yutishi ham faqat va faqat tavakkalchilik asosida aniqlanishini inobatga olib Jinoyat kodeksining 278-moddasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javobgarlikka tortish uchun yetarli ekan. Qonunchilikka binoan, qatnashish uchun hech qanday moddiy xarajat talab etilmaydigan o‘yinlar qimor yoki tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar sifatida baholanmaydi. “Boriga baraka” o‘yinida ishtirok etishning bepul usuli qolmaganligi qimorga oid unsurlarga ega sifatida baholanishi kerak.
Boshqa o‘yinlarchi, boshqa o‘yinlar tavakkalchilik asosida o‘tkazilmayaptimi degan savolga izoh berilar ekan, “Boriga Baraka” o‘yinidan farqli o‘laroq boshqa o‘yinlarda ishtirok etish uchun shirinlik yoki ichimlik xarid qilishingiz, sug‘urta kompaniyasidan foydalanishingiz kerak. Nazariy jihatdan ishtirokchiga aylanmasangiz ham SMS xizmatiga sarflangan 70-80 so‘mni hisobga olmaganda pulingizga kuyib qolmaysiz, ko‘rsatuvda ishtirok etish esa go‘yoki sizga iste’molchi sifatida bonus ko‘rinishida taqdim etiladi. Muayyan tovarlar va xizmatlar iste’molchilari o‘rtasida sotuvlarni rag‘batlantirish maqsadida, o‘yinda qatnashganlik uchun qo‘shimcha haq undirilmasdan o‘tkaziladigan pul-buyum yutuqlari o‘yinlarini to‘g‘ri tushunish mumkin, chunki bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – tovar yoki xizmatlarni reklama qilishdir. Faqat eng asosiysi ushbu aksiya qonunchilik talablariga rioya qilgan holda o‘tkazilishi va aksiya davomida mahsulot (xizmat)ning narxi avvalgidan sun’iy ko‘tarilmasligi shart. Huquqshunosning ta’biricha, «Boriga baraka» ko‘rsatuvi Click va Paynet orqali qabul qilayotgan 5 ming so‘mlik to‘lov evaziga fuqarolar hech narsa olishmaydi. Ularga hech qanday xizmat ko‘rsatilmaydi, hech qanday mahsulot berilmaydi. Agar omadi kelmasa, 10, 20, hatto 30 marta to‘lov qilganlar ham puliga shunchaki kuyib qolaverishadi. Puliga kuyib qolayotgan insonlarning soni minglab, ularning yo‘qotgan mablag‘lari esa, jami yuz millionlab summani tashkil qilish ehtimoli ham yo‘q emas.
Aynan mana shu omillar qonunlar bilan taqiqlangan qimorning asosiy belgisidir. Huquqshunos maqola yakunida o‘yin tashkilotchilaridan va mutasaddilardan mazkur holatlar yuzasidan rasmiy bayonot berishlarini so‘ragan.
Zo‘r TV kanalida efirga uzatilayotgan “Boriga Baraka” ko‘rsatuvi juda ommalashgan ko‘rsatuvlardan biriga aylanib ulgurgan. Tan olish kerakki, o‘yinda ishtirok etishdan tortib nima yutish mumkinligi ham tavakkalchilik va ichki hissiyot asosida qurilgan. Barcha fikrlarni yoqlagan holda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida Baxtiyor.uz nashri ham mazkur masalada mutasaddi tashkilotlar, rasmiylar o‘z munosabatlarini bildirishi zarur deb hisoblaydi. Eslatib o‘taman, “Zikr ahlidan so‘rang” hay’atiga “Boriga Baraka” shousi qimorga kiradimi mavzusida berilgan savolga hay’at tomonidan ushbu o‘yin haqiqatan ham qimorga xos ekanligi ta’kidlangan edi. Savollar.islom.uz nashrida

“Boriga Baraka o‘yinida pul to‘lamasdan ham ishtirok etsa bo‘lar ekan. Shu holatda o‘yinda ishtirok etsa bo‘ladimi yoki bu ham to‘g‘ri emasmi”

deb berilgan savolga hay’at

“O‘yinning asli ba’zilar pul to‘lamasada, boshqalar pul to‘lashlik ustiga qurilgan, ya’ni qimor ustiga qurilgan”

deya javob berishgan. Voqealar rivojini kutamiz. Biz «Boriga baraka» o‘yinini to‘xtatish kerak fikridan yiroqmiz. Bizningcha, o‘yinni yanada sevimli bo‘lishi uchun diniy va dunyoviy jihatdan isloh qilinishi kerak. Aks holda, qonun kuchi va odamlar nazari o‘yin tanazzuliga olib borishi ham mumkin.


Организаторам игры «Борига барака» грозит до 7 лет лишения свободы по статье 278 УК.

Статья предусматривает до семи лет лишения свободы за незаконную организацию или проведение азартных и иных игр, основанных на риске. Юрист Дильшод Абдукодиров сделал подробный анализ шоу Борига Барака в статье, опубликованной на Kun.UZ. В статье рассказывается, как заплатить 5000 сумов через Click или Paynet для участия в этой игре, как купить сладости в магазинах Crafers, что-то в торговых центрах Atlas, а также как посетить центры Lada и заполнить бесплатный купон. было заявлено. По словам адвоката, статья 278 Уголовного кодекса предусматривает, что участие в игре не гарантируется, если вы совершаете любое из этих действий, достаточное для привлечения к прямой ответственности. По закону игры, не требующие материальных затрат для участия, не считаются азартными или рисковыми играми. Отсутствие возможности бесплатного участия в игре «Борига барака» следует расценивать как имеющую элементы азартной игры.
Когда вас спрашивают, являются ли другие игры рискованными, в отличие от Бориги Бараки, вы должны покупать сладости или напитки и использовать страховую компанию для участия в других играх. Даже если вы теоретически не станете участником, вы не сожжете свои деньги, кроме 70-80 сумов, потраченных на смс, а участие в шоу якобы дается вам как потребителю в качестве бонуса. В целях стимулирования продаж среди потребителей тех или иных товаров и услуг можно правильно понимать игры с денежными призами, которые проводятся без дополнительной оплаты за участие в игре, ведь основной целью данной цели является реклама товаров или услуг. Сервисы. Главное, чтобы акция проходила в соответствии с законодательством и цена товара (услуги) не завышалась искусственно в ходе акции. По словам юриста, граждане ничего не получат за выплату 5000 сумов, которые шоу «Борига барака» получает через Click and Paynet. Им не предоставляются какие-либо услуги или продукты. Если вам не повезет, те, кто заплатит 10, 20 или даже 30 раз, просто сожгут свои деньги. Число людей, потерявших свои деньги, исчисляется тысячами, а потери их денег, вероятно, составят сотни миллионов.
Именно эти факторы являются основными признаками запрещенных законом азартных игр. В конце статьи адвокат попросил организаторов и официальных лиц игры сделать официальное заявление по делу.
Программа «Борига барака» на телеканале «Зор» стала одной из самых популярных программ. По общему признанию, все, что вы можете получить от участия в игре, основано на риске и интуиции. Bakhtiyor.uz считает, что в целях обеспечения верховенства закона соответствующие организации и должностные лица должны высказать свое мнение по данному вопросу. Напомню, что на вопрос правления «Спросите у людей памяти» является ли шоу «Борига барака» азартным, правление ответило, что игра действительно азартная. В публикации вопросов.islom.uz

«В Boriga Baraka можно играть бесплатно», — сказал он. В таком случае, возможно ли участие в игре или это неправда?»

панель по вопросу

«Пока игра основана на том, что одни не платят, другие построены на оплате, то есть на азартных играх».

они ответили. Ждем развития событий. Мы далеки от мысли, что нам следует остановить игру Борига Барака. На наш взгляд, игра нуждается в религиозном и светском реформировании, чтобы стать более популярной. В противном случае сила закона и взгляды людей также могут привести к упадку игры.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Аноним

    :cool: :roll: :cry: :idea: :arrow:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: