Bolaning qanchalik mustaqilligini, yoki ota-onasiga bog’liqligini ertak orqali aniqlash

Psixologik testlar
Loading...

Ushbu “Qushcha” ertagi bolaning ota-onalariga yoki ulardan biriga bog’liqligini, yoki mustaqillik darajasini aniqlashda qo’l keladi.

Qushcha ertagi

Daraxtdagi inida mittigina qushchalar shiringina uxlab yotishardi. Shunda to’satdan kuchli shamol turdi. Qushchalarning ini turgan daraxt shoxi esa shamol kuchiga chidolmasdan sinib tushdi. In esa yerga dumaladi. Qushchalar chirqillab atroflariga karashsa, issiqqina inlarida emas, yerda yotishibdi. Qushchalarning otasi uchib kelib bir shoxga, Onasi esa boshqa bir shoxga qo’nibdi. Qushcha esa hayron. U endi nima qiladi?

Javob variantlari:

    U uchib borib boshqa shoxga qo’nadi.

    Onasining oldiga uchib boradi, chunki u qo’rqib ketdi-ku.

    Otasining oldiga uchib boradi, chunki u kuchli!

    U yerda qoladi, chunki u hali uchishni bilmaydi, otasini (onasini) chaqirsa, ular yordamga kelishadi.

Kanday javobni patologik, jiddiy e’tiborga loyikq deb xisoblasa bo’ladi?

    Ucholmaydi, shuning uchun yerda qoladi.

    Uchishga harakat kiladi, lekin hech narsa chiqmaydi.

    Shamolda yiqilib tushib halok bo’ladi.

    Ochlikdan, yomg’irdan, yoki sovukdan halok bo’ladi.

    Uni hech kim eslamaydi va biror hayvon yeb qo’yadi.

    Loading...

    Va shu kabi salbiy javoblar.

Psixologlarning ma’lum qilishicha, bunday javob variantlarini aytgan bolalar boshqalarga, ayniqsa ota-onalariga bog’liq bo’ladilar. Shu kabi o’ylagan bolalar mustaqil fikrlariga ega bo’lmaydilar. Bolaning onasiga yuqori darajada bog’liqligi ozgina yig’lasa ham hadeb ovituvchi, qo’liga olib ko’taraveruvchi onalarning farzandlarida kuzatiladi. Bunga bola juda tez o’rrganib qoladi, va boshqa holatlarda ham ko’tarishingizni, ovitishingizni  talab qilaveradi. Bu holat keyinchalik ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, bola ulg’aygach ham onasidan yordam kutadigan bo’lib qolishi mumkin. Agar yaqinlari tomonidan bolaga ishonch bildirilsa va mustaqil bo’lishiga qo’yib berilsa, u bunga erishadi.

Aksincha, ijobiy javoblar esa bolaning mustakilligi va o’zi qarorlar qabul qila olishidan, o’z kuchiga ishonishidan darak beradi.

Shuningdek, 2-3 yoshgacha bolada jismoniy hamda intellektual mustaqillik shakllanadi. Agar ota-onalar shu davr ichida bolaning faolligini tergamasalar, unda mustaqillik darajasi rivojlanib boradi.

 

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Loading...
error: Kontent himoyalangan!