Bolani kitob o‘qishga qiziqtirishning 7 qoidasi

Bolani kitob o‘qishga qiziqtirishning 7 qoidasi

Ba’zi bolalar haqiqiy kitobsevar  bo‘lsa, boshqalari esa o‘qishni yoqtirmaydilar. Shunga qaramay, barcha bolalarni ham kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin.

Farzandlarni majburlamasdan  o‘qishga qanday chorlash mumkin? Quyidagi maslahatlar farzandingizni kitobga mehr qo‘yishiga yordam beradi.

Zamonaviy texnologiyadan foydalaning

 

Siz farzandingiz kitob o‘qishini istaysiz, u esa kompyuter o‘yinini xohlaydi. Nima qilish kerak? Kitob mutolaasini ana shu jarayonga yaqinlashtiring, ya’ni zamonaviy texnologiyalardan foydalaning. Kompyuter yoki planshetdan foydalangan holda elektron kitoblardan o‘qib bering. Internetda ko‘plab bepul elektron kitoblar topishingiz mumkin. Ularni on-layn o‘qish yoki yuklab olish ham mumkin. Ba’zi elektron kitoblarning qog‘oz nusxasiga nisbatan imkoniyatlari keng. Masalan, audio va video tasvirlar bilan boyitilgan. Bu esa polaponingizni qiziqtirishi aniq.

Mutolaa burchagi qilib bering

 

Kichkintoyingizni chalg‘itmaydigan, tashqi shovqin-surondan holi bo‘lgan mo‘jazgina “uycha” yoki burchak qilib bering. Ana shunday mo‘jazgina chodirchalar ham bolajoningiz uchun “uycha” sifatida xizmat qilishi mumkin. Bu “mutolaa hududi”ga yumshoq ko‘rpacha va yastiqchalar qo‘yib, kitob o‘qishi uchun qulaylik yarating. Devorlariga turli ertaklardagi qahramonlarning suratlari bilan bezatsangiz, bolajoningiz o‘zini haqiqiy ertaklar olamiga tushib qolganday his qilib, kitob o‘qishga ilhomi keladi. Bugun bolalar o‘yinchoqlari sotiladigan do‘konlarda bolalar uchun jajji chodirchalar sotiladi.

Bolajoningizni tez-tez kutubxonaga olib boring

Polaponingizni oxirgi marta qachon kutubxonaga olib bordingiz? Agar farzandingizda doimiy ravishda kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirishni istasangiz, haftasiga hyech bo‘lmagamda bir marta kutubxonaga olib boring. Shoshmasdan kitoblarni birgalikda ko‘rib chiqing, birgalikda tanlang, birgalikda o‘qing. Uyda o‘qish uchun ham kitoblar oling. Bundan tashqari, kitoblarni solish uchun “kitoblar sumkasi”ni ham qilib bering. Ahamiyatsizdek tuyuladigan mayda-chuyda amallar  muhim  usullar bo‘lib, ular farzandingizning kitobxon bo‘lishiga, bora-bora kitoblar doimiy hamrohiga aylanishiga yordam beradi.

Kitoblar tez-tez suhbatingiz mavzusiga aylansin

 

Agar siz bolajoningizni kitob o‘qishga g‘ayratini oshirmoqchi bo‘langiz, tez-tez ertaklar, hikoyalar aytib bering, umuman kitoblar va ularning mazmun – mohiyati haqida suhbatlashib turing. Hayotda sodir bo‘lgan haqiqiy voqyealarni bolalaringiz o‘qigan ertak va hikoyalar bilan bog‘lashga harakat qiling. Bundan tashqari, ma’lum bir kitobning kino versiyasini birgalikda tomosha qilib, so‘ng solishtirishingiz, kitob va kino versiyasi haqida fikrlarini olishingiz mumkin. Bu esa farzandingizni nafaqat o‘qishga chorlaydi, balki, mushohada qilishga o‘rgatadi, tahlil qilish qobiliyatini shakllantiradi.

Farzandingiz qiziqqan mavzudagi kitoblarni tanlang

Ba’zi bolalar hayvonot olamiga qiziqsa, ba’zi bolalar ertaklarda boladigan ajdarho, yalmog‘iz kampir, gnom kabi to‘qima mavjudotlar haqidagi ertaklarni eshitishni hush ko‘rishadi. Ba’zi bolajonlar dinozavrlar haqida o‘qib berishingizni so‘rasa, boshqalari koinotdagi boshqa sayyoralar haqida bilgisi keladi. Farzandingiz qiziqishiga qarab kitob tanlang.

Farzandingizga namuna bo‘ling

Bolalar ota-onasida namuna oladilar. Agar siz muntazam kitob mutolaa qilsangiz, boshqa oila a’zolaringiz bilan turli kitoblar to‘g‘risida tez-tez suhbatlashsangiz, kitobdan zavq olgangizni ko‘rsatsangiz, farzandingizga o‘rnak ko‘rsatgan bo‘lasiz. Kitob o‘qish asta-sekin farzandingizning ham sevimli mashg‘ulotiga aylanib boradi.

Har kuni kitob o‘qib bering!

Vaqtingizni ayamasdan, polaponingizga har kuni kitob o‘qib bersangiz, u asta-sekin o‘zi ham muntazam mustaqil  tarzda kitob mutolaa qiladigan bo‘ladi. Uning hayotida kitobxonlik an’anaga aylanadi.

O.Sa’dullaeva tayyorladi

Manba: gujum.uz


Некоторые дети настоящие любители книг, а другие нет. Однако все дети также могут быть заинтересованы в чтении книги.

Как побудить детей учиться без принуждения? Вот несколько советов, которые помогут вашему ребенку полюбить книги.

Используйте современные технологии

Вы хотите, чтобы ваш ребенок читал книгу, а он хочет компьютерную игру. Что делать? Приблизьте свое чтение к этому процессу, используя современные технологии. Читайте электронные книги с помощью компьютера или планшета. Вы можете найти много бесплатных электронных книг в Интернете. Их также можно прочитать или скачать в Интернете. Некоторые электронные книги имеют больше возможностей, чем печатные копии. Например, обогащенные аудио- и видеоизображениями. Это обязательно заинтересует вашего полапона.

Сделайте это уголком для чтения

Подарите своему малышу небольшой «домик» или уголок, где он не будет отвлекаться и где не будет посторонних шумов. Даже небольшие палатки могут служить «домом» для вашего ребенка. Упростите чтение, поместив в эту «зону чтения» мягкие одеяла и подушки. Когда вы украсите стены изображениями героев из разных сказок, ваш ребенок почувствует себя в мире сказок и вдохновится на чтение книги. Сегодня в магазинах детских игрушек продаются маленькие палатки для детей.

Чаще водите ребенка в библиотеку

Когда вы в последний раз брали половон в библиотеку? Если вы хотите, чтобы ваш ребенок развивал способность регулярно читать, водите его в библиотеку раз в неделю, когда меня там нет. Не торопитесь вместе смотреть книги, вместе выбирать, вместе читать. Берите книги для чтения дома. Также сделайте «книжную сумку» для книг. Мелочи, которые кажутся тривиальными, являются важными способами помочь вашему ребенку стать читателем и постоянным компаньоном книг.

Пусть книги часто будут темой вашего разговора

Если вы хотите, чтобы ваш ребенок читал, чаще рассказывайте истории и говорите о книгах в целом и их содержании. Попробуйте связать события реальной жизни со сказками и рассказами, которые читали ваши дети. Вы также можете вместе посмотреть киноверсию определенной книги, затем сравнить и получить отзывы о книге и киноверсии. Это не только поощряет вашего ребенка к чтению, но и учит его наблюдать и развивать аналитические навыки.

Выбирайте книги на тему, которая интересна вашему ребенку

В то время как одних детей интересует животный мир, других детей интересуют сказочные драконы, облизывающие старух,люблю слушать истории о тканевых существах, таких как гномы. Некоторые дети попросят вас прочитать о динозаврах, а другие захотят узнать о других планетах во Вселенной. Выбирайте книгу, исходя из интересов вашего ребенка.

Будьте образцом для подражания для своего ребенка

Дети берут пробу у родителей. Если вы регулярно читаете книгу, часто говорите с другими членами семьи о разных книгах и показываете, что вам нравится эта книга, вы станете примером для своего ребенка. Постепенно чтение становится хобби для вашего ребенка.

Читайте книгу каждый день!

Если вы будете читать свою книгу каждый день, не теряя времени, он постепенно станет постоянным читателем самостоятельно. Чтение стало традицией в ее жизни.

Подготовила О.Садуллаева

Источник: gujum.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Gulchehra

    Foydali :idea: :idea: :idea: :idea:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: