Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni jismoniy jazolash mumkinmi?

Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni jismoniy jazolash mumkinmi?

Bolalarni tarbiyalash maqsadida ularni jismoniy jazolash mumkinmi? Umuman olganda ularni urish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanaqa shaklda?

Bu mavzudagi bahsli munozaralarning oxiri yo‘qdek ko‘rinadi. Bu masalada ruhshunoslar va olimlar qanday fikr bildiradi? Keling, bu boradagi bir nechta qarashlarni o‘rganib chiqamiz.
Bolalarni jazolash maqsadida ularni urish eng qadimiy va munozarali tarbiya usullaridan biri hisoblanadi. XX asrning o‘rtalariga qadar, shapaloq tushirish yoki qo‘lida qayish yo tayoq tutib turgan ota-ona hech kimda e’tiroz uyg‘otmasdan kelgan.
O‘tgan asrning 60-yillaridan boshlab bolalarni bunday jazolash usulining samaradorligi va natijalari o‘rganila boshlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bolalarni urish bu yomon tarbiya vositasidir.
Bunday jazo turini butunlay taqiqlamaydigan ruhshunoslar ularni qo‘llashning bir qator shartlarini keltirib o‘tadi:
1. Sog‘liq uchun xavfsiz ekanligi
Bu shart shunchalik jiddiyki, bolani urish uchun qo‘llash mumkin bo‘lgan usul faqat dumbasiga yoki oyoqlariga qo‘l bilan urib qo‘yishdir.
2. Qo‘llashdagi takroriylik davri
Bolani urish qanchalik kam qo‘llanilsa, shunchalik samarali bo‘ladi. Bu usul hech qachon odatiy va doimiy tarbiya usuliga aylanib qolmasligi kerak.
3. Kamsitmaslik
Bolani omma oldida urmaslik lozim. Bu nafaqat urish, balki boshqa barcha jazo turlariga ham taalluqlidir.
4. Kechiktirmaslik
Bola u sodir etishi mumkin bo‘lmagan ishni bajarayotgan paytning o‘zida jazolanishi kerak va bu uning ushbu harakatni to‘xtatishiga sabab bo‘lishi kerak. Agar siz farzandingizning nojo‘ya harakati haqida bir qancha vaqtdan keyin xabardor bo‘lsangiz, bolani buning uchun jazolash ma’nosiz va zararlidir. Oldini olish uchun jazolash esa yanada ko‘proq zararlidir.
5. Tushuntirish
Bola nega jazolanganligini aniq tushunib yetishi kerak. Ota-ona tushuntirish orqali bolaga nojo‘ya ish o‘rniga qanday to‘g‘ri yo‘l tutishi kerakligini taklif qilishi mumkin bo‘ladi.
6. Bolaning yoshi
Bu borada aksariyat ruhshunoslarning fikricha, jismoniy jazolash 2 yoshgacha qo‘llanmasligi lozim. To‘qqiz yoshdan keyin ular butunlay istisno etilishi kerak.
Biroq yuqoridagi shartlarga rioya etilgan taqdirda ham, bolani jismoniy jazolash boshqa tarbiya usullariga qaraganda samaraliroq hisoblanmaydi. Aksincha tarbiyaning bunday usuli bolalar va ota-onalar o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi va ruhiy holatning buzilishiga olib kelishi mumkin.


Можно ли физически наказывать детей, чтобы их воспитать? Можно ли их вообще победить? В какой форме, если можно?

Кажется, спорам нет конца. Что думают по этому поводу психологи и ученые? Давайте посмотрим на некоторые из них.
Бить детей с целью наказания — один из древнейших и противоречивых методов воспитания. До середины двадцатого века родитель, пришедший с пощечиной, ремнем или палкой в ​​руке, не возражал.
Эффективность и последствия этого метода наказания детей изучаются с 1960-х годов. Исследования показывают, что избиение детей — плохой способ дисциплинировать их.
Психологи, которые полностью не запрещают этот вид наказания, приводят ряд условий их применения:
1. Безопасен для здоровья
Состояние настолько тяжелое, что единственный способ ударить ребенка — это ударить его по ягодицам или ногам.
2. Повторный период использования
Чем меньше вы бьете ребенка, тем эффективнее это будет. Этот метод никогда не должен становиться обычным и постоянным методом воспитания.
3. Недискриминация
Ребенка нельзя бить публично. Это касается не только побоев, но и всех других видов наказания.
4. Не опаздывать
Ребенка следует наказывать, как только он или она делает что-то, что он или она не может сделать, и это должно заставить его или ее остановиться. Если вы узнали о плохом поведении вашего ребенка через некоторое время, наказывать ребенка за это бессмысленно и вредно. Наказание для предотвращения еще более вредно.
5. Объяснение
Ребенок должен четко понимать, за что его наказали. Объясняя, родитель может подсказать ребенку, как вести себя в неположенном месте.
6. Возраст ребенка
Большинство психиатров считают, что телесные наказания не должны применяться до двухлетнего возраста. После девятилетнего возраста их следует полностью исключить.
Однако даже при соблюдении вышеуказанных условий телесные наказания ребенка не считаются более эффективными, чем другие методы воспитания. Наоборот, такой метод воспитания может привести к ухудшению отношений между детьми и родителями и ухудшению настроения.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Tojiddinova Gulxayi

    Bolamni xar doim aytganimni qilmasa doim uraman urmay nima deb tushintirsam bo,ladi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: