Bolalarga mo‘ljallangan «So‘z sandiqchasi» nomli o‘zbek tilining izohli lug‘ati nashr etildi

Bolalarga mo‘ljallangan «So‘z sandiqchasi» nomli o‘zbek tilining izohli lug‘ati nashr etildi

8-oktabr kuni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan o‘zbek tilining izohli lug‘atchasi – «So‘z sandiqchasi» kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti buyurtmasi asosida yaratilgan ushbu izohli lug‘atda 700 ga yaqin so‘zning ma’nolari sodda, ixcham va lo‘nda shaklda jamlangan. To‘plamdagi so‘zlar bolalarning nutqidagi faollik darajasidan kelib chiqqan holda jamlangan.

Ta’kidlash joizki, dunyo lug‘atchiligi tajribasida aynan bolalarga mo‘ljallangan bunday izohli lug‘atlar tuzish an’anasi ko‘pdan beri mavjud bo‘lsada, mazkur lug‘at o‘zbek tilidagi dastlabki ish bo‘ldi.

10 ming nusxada nashr etilgan «So‘z sandiqchasi» mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablariga yetkazish uchun Xalq ta’limi vazirligiga beg‘araz taqdim etiladi.


8 октября состоялась презентация узбекского словаря «Word box» для учащихся начальных классов Об этом сообщает «Дунё».Министры Республики Узбекистан Созданный по заказу Департамента развития государственного языка толковый словарь содержит значения около 700 слов в простой, лаконичной и лаконичной форме. Слова в сборнике сгруппированы по уровню активности детской речи.Это была первая работа на узбекском языке.«Словарный ящик», изданный тиражом 10 тысяч экземпляров, будет передан Министерству народного образования для доставки во все средние школы страны.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: