Bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Bolalar uchun “Ishonch telefonlari” xizmati yoʻlga qoʻyiladi

Bugun Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, BMTning bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasining Monitoring va baholash boʻlimi rahbari Janar Sagimbayeva hamda Bola huquqlarini monitoring qilish boʻyicha mutaxassis Zokir Nazarov oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Unda bolaning qonuniy vakillari va bolalarning toʻgʻridan toʻgʻri Vakilga murojaat qilish imkoniyatini yaratish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tavsiyalar berish maqsadida “Ishonch telefonlari”ni ishga tushirish masalasi muhokama etildi.
Muloqotda ishonch telefonlarini joriy etish orqali Davlat rahbarining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan, Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyatini takomillashtirish, yetim va ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini taʼminlash boʻyicha vazifalarni bajarishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.
Loyihaga koʻra, “Ishonch telefonlari” orqali 12 soat davomida murakkab turmush sharoitiga tushib qolgan bolalardan murojaatlar qabul qilish hamda ularni oʻz huquqlariga oid ishonchli, aniq axborotlar bilan taʼminlash belgilanmoqda.
Onlayn muloqotda, murojaatlar bilan ishlovchi mutaxassislarni tanlash va malakasini oshirish, shuningdek, bolalar Call-markazini ishga tushirilishi bilan bogʻliq boshqa tashkiliy va texnik masalalar muhokama qilindi.


Сегодня Саидбек Азимов, руководитель секретариата Уполномоченного Олий Мажлиса по правам человека (омбудсмен), Джанар Сагимбаева, руководитель отдела мониторинга и оценки Детского фонда ООН (ЮНИСЕФ) в Узбекистане, и Зокир Назаров, мониторинг прав ребенка Специалист провел онлайн-встречу.

На совещании обсуждался вопрос открытия горячих линий для предоставления законной возможности законным представителям ребенка и детям обращаться непосредственно к Уполномоченному по правам человека и давать рекомендации по восстановлению своих нарушенных прав.
Совершенствование деятельности Уполномоченного по делам детей, усиление социальной защиты детей-сирот и детей, оставшихся без попечения родителей, как определено в Указе Президента «Об утверждении Национальной стратегии Республики Узбекистан в области прав человека» от 22 июня 2020 года. отметил, что он играет важную роль в обеспечении эффективного парламентского и общественного контроля за правоприменительной практикой в ​​сфере.
Согласно проекту, горячие линии смогут в течение 12 часов принимать жалобы от детей, попавших в трудную жизненную ситуацию, и предоставлять им достоверную и точную информацию об их правах.
В онлайн-диалоге обсуждались подбор и обучение специалистов по работе с обращениями, а также другие организационные и технические вопросы, связанные с запуском Детского колл-центра.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: