Bolalar maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlanadi

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi 2020-2021Bolalar maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlanadi

Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalari maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlanadi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori imzolandi, — deya xabar berildi Xalq ta’limi vazirligi rasmiy kanalida.
Koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirini yumshatish, aholini ijtimoiy himoya qilish va ko‘makka muhtoj oilalarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–6038-son Farmoniga muvofiq kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj odamlarga keng ko‘lamli ijtimoiy yordam ko‘rsatildi.
Xalqimizning tarixiy va ma’naviy qadriyatlarini namoyon etgan «Saxovat va ko‘mak» umumxalq harakatini davom ettirish hamda moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh to‘plamlari, maktab formasi va o‘quv qurollari bilan ta’minlash maqsadida 2020 yilning sentyabr oyida moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalarning ro‘yxatlariga (“temir daftar”) kiritilgan, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi oilalar hamda nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga aholining 500 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Shuningdek Qarorga ko‘ra, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining respublikadagi barcha boshlang‘ich, umumiy o‘rta ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlarini markazlashgan tartibda 2020 yil 1 oktyabrga qadar bepul grippga qarshi emlash ishlari amalga oshiriladi.


Дети из семей, нуждающихся в финансовой помощи и поддержке, будут обеспечены школьной формой и школьными принадлежностями

Подписано постановление Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по социальной поддержке населения», сообщает официальный канал Министерства народного образования.
Прилагаются системные усилия для смягчения негативного влияния пандемии коронавируса на уровень жизни, обеспечения социальной защиты и финансовой поддержки нуждающихся семей.
В частности, в соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан № ПФ-6038 от 30 июля 2020 года «О дополнительных мерах по материальной поддержке населения, нуждающегося в социальной защите и помощи в период пандемии коронавирусной инфекции» оказана помощь нуждающимся и нуждающимся в защите.
В целях продолжения общенационального движения «Щедрость и поддержка», отражающего исторические и духовные ценности нашего народа, и обеспечения детей из малообеспеченных семей зимней одеждой, школьной формой и школьными принадлежностями В сентябре 2020 года список семей нуждающимся в материальной помощи и поддержке («железная книга»), семьям, получающим пенсию или пенсию по потере кормильца, и детям-инвалидам в возрасте до 16 лет в размере 500 тыс. сум будет оказана единовременная материальная помощь при условии.
Согласно Постановлению, к 2020 году Министерство дошкольного образования, Министерство народного образования, Министерство здравоохранения и Министерство финансов централизованно обеспечивают всех работников начального, общего среднего образования и здравоохранения страны. прививки будут доступны до 1 октября.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: