Bolalar bog’chasini ochish tartibi qanday?

Bolalar bog'chasini ochish tartibi qanday?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Savol: Bolalar bog’chasini qurish uchun nimalar qilish kerak, 12 sotiq ko’chmas mulk bo’sh yer bor

YURIST JAVOBI:

Prezidentning “Maktabgacha ta’lim tizimini yanada rag’batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori e’lon qilinganidan keyin davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy bolalar bog’chalari ochish uchun qator imtiyozlar berila boshlandi.

Quyida imtiyozlardan qanday foydalanish va ishni nimadan boshlash, bog’cha faoliyatini yo’lga qo’yishgacha bo’lgan bosqichlardan qanday o’tish haqida tushuncha berishga harakat qilamiz.

Dastavval, bolalar bog’chasi barpo etish uchun mos keladigan bino yoki yer uchastkasini topish zarur.

Bo’lg’usi bolalar bog’chasining loyihasi bo’lishi ham zarur shartlardan biri sanaladi. Nomzod loyiha summasining 25%idan kam bo’lmagan miqdorda sof aktivlarga ega bo’lishi yoki xuddi shuncha summaga uchinchi shaxsning kafolatini taqdim etishi zarur. Bu bilan u o’zining moliyaviy jihatdan layoqatli ekanini tasdiqlagan bo’ladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida mamlakatimiz bo’ylab 3 000 dan ortiq nodavlat MTM qurilishi va yuzlab bolalar bog’chalari rekonstruksiya qilinishi ko’zlangan. Ushbu loyihalar bo’yicha xususiy sheriklarni izlash maqsadida Maktabgacha ta’lim vazirligi tanlov va tenderlar e’lon qiladi. Agar xususiy sherikning o’z loyihasi bo’lmasa, Vazirlikning e’lonlarini kuzatib borib, ular orasidan o’ziga mos loyihani tanlab olishi mumkin bo’ladi.

Qolaversa, nomzodning soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlardan qarzdorligi bo’lmasligi zarur. Buni tasdiqlovchi hujjat ariza yoziladigan kundan bir oydan ko’p bo’lmagan muddat ichida olingan bo’lishi darkor. Korxonasi bankrotlik, tugatilish bosqichida bo’lgan nomzodlar, mol-mulki xatlangan shaxslarning arizasi ko’rib chiqilmaydi.

Ariza bilan Maktabgacha ta’lim vazirligining hududiy bo’linmasiga murojaat etiladi.

Arizada, shuningdek:

    yuridik shaxslar uchun – xususiy hamkorning nomi va joylashgan joyi;

    jismoniy shaxslar uchun – shaxsiy ma’lumotlar va yashash joyi;

    loyihani amalga oshirish maqsadi;

    loyiha joylashadigan ob’ekt yoki yer uchastkasi haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.

Ariza Maktabgacha ta’lim vazirligi va viloyat yoki shahar hokimligi, Davlat raqobatni rivojlantirish qo’mitasi bilan hamkorlikda ko’rib chiqiladi. Ijobiy yoki salbiy javob 10 kun ichida berilishi lozim. Agar arizada kamchiliklar bo’lsa, “Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklik to’g’risidagi nizom” talablariga javob bermasa, u tegishli qaydnoma bilan egasiga qaytariladi.

Unda aniqlangan kamchiliklar to’liq ko’rsatilishi va xususiy sherik kamchiliklarni bartaraf etib, so’ngra arizani qayta topshirishi mumkin bo’lgan muddat ko’rsatilishi kerak. Ammo bu muddat 10 ish kunidan kam bo’lgan muddatni tashkil etishi mumkin emas. Arizani qayta ko’rish uchun yig’im undirilmaydi. Qayta topshirilgan ariza 10 kun ichida ko’rib chiqiladi.

Davlat qanday yordam beradi?

    1) Davlat budjetidan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun mablag’ ajratiladi. Biroq ushbu mablag’ bir tarbiyalanuvchiga ketadigan xarajatlarning 50%idan ko’p bo’lmasligi zarur.

    2) Kelishuv “moddiy-texnik va moliyaviy ta’minlash” sharti bilan tuzilgan bo’lsa, rahbarlar va mutaxassislarga oylik ish haqi to’lash bo’yicha qo’shimcha mablag’larni davlat budjetidan olish mumkin bo’ladi.

    3) Inshootlarni ta’mirlash, o’quv anjomlarini xarid qilish uchun ham imtiyozli kreditlarni olish mumkin.
    Davlat tomonidan sherik bo’lgan tashkilot kreditlarni olishga ko’maklashishi darkor.

    4) Soliq imtiyozlaridan tashqari belgilangan tartibda tasdiqlangan ro’yxatlar bo’yicha mamlakatimizga olib kelinadigan uskunalar, jihozlar, o’quv qo’llanmalari uchun bojxona imtiyozlari taqdim etiladi.

Shuning uchun maktabgacha ta’lim vazirligi yoki Davlat raqobatni rivojlantirish qo’mitasiga yozma murojaat qilishingizni tavsiya qilgan bo’lardik.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: