Bola tarbiyasidagi xatolar — ular qashshoqlik sari yetaklaydi

Bola tarbiyasidagi xatolar - ular qashshoqlik sari yetaklaydi

Farzandi kelajakda maqsadlariga erishishi, mustaqil fikr va qarashlarga ega shaxs sifatida voyaga yetishini istagan ota-onalar tarbiyada ortiqcha g‘amxo‘rlik qilish va haddan ortiq qattiqqo‘l nazoratdan tiyilishi kerak.

Quyida tarbiyada kuzatiladigan xatolarga to‘xtalib o‘tamiz.

Hammasini farzand uchun hal qilib qo‘yish

Hamma narsani farzand uchun hal qilish — qanday universitetga boradi, qaysi kasbni tanlaydi, kim bilan do‘st tutinadi, kimga uylanadi yoki erga tegadi, uning nomidan qaror qabul qilish oqibati yaxshilik bilan tugamaydi. Ota-onalar farzandlari uchun hamma narsani hal qilib qo‘ygan oilalarda bola doim “qolipda” bo‘ladi, o‘z fikri va istagi, tanlov erkinligi va o‘zini shaxs sifatida namoyon qilish imkoni bo‘lmaydi. Bu esa uning taqdiriga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Yaxshi ko‘rmagan ishi bilan shug‘ullangan, kimningdir xohishi yoki aytgani bilan ish bajargan odam vaqti kelib hammasidan to‘yadi va qo‘l siltaydi. Ota-onasining orzulari ta’sirida yashagan bolalar kelajakda o‘zini topishi va anglashi qiyin bo‘ladi.
Bunday holat ko‘pincha bir kasb yoki hunar bilan shug‘ullanib kelgan oilalarda kuzatiladi. Masalan, shifokor, yurist va o‘qituvchi oilalarida oilaviy kasbni davom ettirish uchun bolaning boshqa sohaga bo‘lgan qiziqishi ikkilamchi hisoblanadi.

Haddan ortiq yaxshi ko‘rish

Ba’zi onalar bolasini qattiq yaxshi ko‘radi va g‘amxo‘rlik qilishni oshirib yuboradi. Psixologlarning fikriga qaraganda, haddan ortiq yaxshi ko‘rish bolani qat’iyatsiz bo‘lishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin. Bola katta bo‘lgani sari bunday yondashuv salbiy ta’sir ko‘rsata boradi. Ota-ona bola voyaga yetganidan keyin ham har tomonlama ta’minlashi va o‘z aravasini tortishiga imkon bermasligi oqibatida bola o‘zligini topolmaydi, qiyin vaziyatda mustaqil yechim topishga begona bo‘ladi. Mustaqil harakat qilish tajribasiga ega bo‘lmagan farzand beg‘am, boshiga tashvish tushib qolganda ota-onasi hal qilib berishiga ishongan holda katta bo‘ladi. Bosh qotiradigan va intiladigan narsa bo‘lmaganidan keyin bekorchilikka, uning ortida esa o‘yinlarga, narkotik moddalar yoki spirtli ichimliklarga mukkasidan ketadi.

Mutlaq nazorat

Ba’zi ota-onalar nazorat qilishni bolaga ham 20 yoshli farzandga ham birdek qo‘llaydi. Bu esa farzandning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Boshiga biron tashvish tushganda hamisha nazorat ostida bo‘lgan, chizilgan chiziqdan chiqmagan farzand ota yoki onasining ko‘rsatmasini kutadi, mustaqil qaror qabul qila olmaydi va muammoga yechim topolmay, boshi qotadi. Bu kabi negativ syujet farzandingiz hayotida uchrashini istamasangiz, bolangiz mustaqil bo‘lishi va o‘zini namoyon qilishi uchun imkon bering. Bir marta qoqiladi, ikkinchi marta xato qiladi ammo hayotiy tajribalardan keyin o‘z o‘rnini topa oladi.
Moliyaviy mustaqil bo‘lishga 14-15 yoshdan o‘rgatish, 18 yoshda esa farzand qiz yoki o‘g‘il bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z xarajatlarini o‘zi qoplay olishi kerak. Talabalik vaqtidan o‘zini o‘zi ta’minlay olgan farzand ota-onasini cho‘ntagiga qarab qolgan o‘g‘il-qizdan ko‘ra ko‘p narsaga erishadi.

Sevgi va mehrga tashnalik

Oilada mehr va e’tibor ko‘rmagan, fikri inobatga olinmagan farzand kelajakda yomon munosabat istamagani va hamma uni yaxshi ko‘rishini istagani sabab hamma narsaga ko‘nib, rozi bo‘lib ketaveradigan bo‘ladi. Bunday bola lider yoki kuchli fe’l-atvorga ega shaxs bo‘lib voyaga yetmaydi. Bolaligidan egilish uqtirilgan bola bir umr boshqa odamlar ta’sirida bo‘ladi va hech qachon o‘z menini namoyish qilolmaydi.

A’lochilik sindromiga sababchi bo‘lish

Yomon baho uchun jazolash tabiiy, deb o‘ylaydigan ota-onalar farzandi hamisha stressda bo‘ladi. Bunday ota-onalarga bola, uning ruhiyati emas atrofdagilar fikri va nima deb o‘ylashi muhim. “Qizim / o‘g‘lim omadsiz ekanini eshitgan odamlar men haqimda nima deb o‘ylaydi?” singari fikrlar bilan o‘zlarini oqlash holatlari ham kuzatilishi mumkin va bunday vaziyatda bolada a’lochi sindromi shakllana boshlaydi. Yetakchi va birinchi bo‘lish hamma narsadan muhim bo‘ladi. Voyaga yetganda esa bunday farzandlar biron narsa muvaffaqiyatga erishishiga 100 foiz amin bo‘lmasa, harakat qilmaydi, bu esa hayotda ko‘p qoqilishlari, yangi narsaga qaror qila olmay qiynalishlariga sabab, hayotini o‘zgartirishiga esa to‘siq bo‘ladi. Maktabda a’lo bahoga o‘qigan bolaning hayotda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli kam ekanligi ham shundan. Uch bahoga o‘qiganlarning esa ko‘pincha omadi chopadi, chunki ular xato qilishdan qo‘rqmaydi va urinib ko‘radi. Ular natija qanday bo‘lishini bilmagan taqdirda ham, sinab ko‘rish va davom etishdan qo‘rqmaydi.

Jismoniy jazolash

Psixolog Yelena Surning fikricha, bolani jismoniy jazolash yaxshilikka olib kelmaydi. Qilgan ishi to‘g‘ri emasligini bildirib qo‘yish uchun kaltaklangan farzand butun umr jismoniy va emotsional qo‘rquvda yashaydi. Bunday bolalardan kelajakda boshqa odamlar shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishi mumkin. Ular xato qilib qo‘ysa, tashlab ketilish yoki ishdan quvilishdan qo‘rqib yashaydi, doimiy qo‘rquvni his qilish esa muvaffaqiyatga erishishga qarshilik qiladi.

Boshqalar bilan solishtirish

Bolangizni hech qachon boshqa birov bilan solishtirmang. Bola o‘zini boshqalardan yomon yoki kamchiligi bordek his qilishi mumkin. Kimnidir o‘rnak qilib ko‘rsatilgan bola o‘zini yaxshiroq ekanini isbotlashni xohlaydi. Bunday odamlarni birgina maqtov va e’tirof qilish orqali manipulyatsiya qilish oson bo‘ladi. O‘ziga bo‘lgan bahosi noto‘g‘ri shakllangan inson hamisha boshqalar e’tiborini kutib yashaydi, mustaqil harakatlana olmaydi va doim boshqalar fikriga qaram bo‘ladi.


Родителям, которые хотят, чтобы их дети в будущем добивались поставленных целей, росли самостоятельными мыслителями, необходимо избегать чрезмерной заботы и излишнего контроля.

Вот некоторые распространенные ошибки в воспитании детей.

Остановиться на ребенке

Решая все за ребенка – в какой университет поступать, какую профессию выбрать, с кем дружить, на ком жениться или жениться, решение от его имени добром не кончится. В семьях, где родители все решили за своих детей, ребенок всегда находится «в шаблоне», лишен возможности выражения своих мыслей и желаний, свободы выбора и самовыражения. Этот факт необходимо учитывать». Человек, который делает что-то, что ему не нравится, кто делает то, что кто-то хочет или говорит, в конце концов надоест и пожмет руку. Детям, живущим под влиянием снов родителей, будет трудно найти и понять себя в будущем.
Это часто бывает в семьях с одним занятием или родом деятельности. Например, в семьях врачей, юристов, учителей интерес ребенка к другой области является второстепенным по сравнению с семейной карьерой.

Слишком много любви

Некоторые матери очень любят своих детей и усиливают их заботу. По мнению психологов, чрезмерная любовь может стать причиной нерешительности ребенка. По мере взросления ребенка такой подход может иметь негативные последствия. В результате того, что родители оказывают ребенку всю необходимую поддержку и не дают ему тянуть машину, ребенок не сможет найти себя, и будет чужд поиску самостоятельного решения сложной ситуация. Ребенок, не имеющий опыта самостоятельных действий, вырастет, веря, что родители позаботятся о нем, когда он волнуется. Когда не о чем беспокоиться и к чему стремиться, это приводит к безделью, за которым следуют игры, наркотики или алкоголь.

Абсолютный контроль

Некоторые родители применяют контроль как к ребенку, так и к 20-летнему. Это негативно сказывается на развитии ребенка как личности. Ребенок, который всегда держит себя в руках, не переходит черту, ждет указаний родителей, не способен принимать самостоятельные решения, упрям, не в состоянии найти решение проблемы. Если вы не хотите, чтобы такая негативная история случилась в жизни вашего ребенка, дайте ему шанс быть независимым и выражать себя. Один раз спотыкается, второй раз ошибается, но может найти свое место после жизненных переживаний.
Обучение финансовой самостоятельности в 14-15 лет, а в 18 лет ребенок должен уметь покрывать свои расходы независимо от того, мальчик он или девочка.Ребенок, который самодостаточен в учебе, достигает большего, чем сын или дочь, которые предоставлены сами себе.

Жажда любви и сострадания

Ребенок, которого не любят и не опекают в семье, с которым не считаются, привыкнет ко всему, потому что он не хочет, чтобы с ним плохо обращались в будущем, и хочет, чтобы его все любили. Такой ребенок не вырастает лидером или человеком с сильным характером. Загнутый с детства ребенок будет всю оставшуюся жизнь находиться под влиянием других людей и никогда не сможет проявить себя.

Причины очаговой алопеции

Родители, считающие естественным наказывать за плохие оценки, всегда испытывают стресс у своих детей. Для таких родителей важна не психика ребенка, а мнение окружающих. «Что люди думают обо мне, когда слышат, что моей дочери/сыну не повезло?» Возможны случаи самооправдания с такими мыслями, и в этом случае у ребенка начинает развиваться синдром превосходства. Быть лидером и быть первым важнее всего остального. И для некоторых, когда ребенок становится старше, он или она перерастают это. Вот почему ребенок, который хорошо учится в школе, с меньшей вероятностью добьется успеха в жизни. Тем, кто учится на три класса, часто везет, потому что они не боятся ошибаться и пробовать. Они не боятся пробовать и продолжать идти, даже если не знают, каким будет результат.

Телесное наказание

По мнению психолога Елены Сур, телесные наказания ребенка до добра не доводят. Ребенок, которого бьют, чтобы показать, что он сделал что-то не так, живет в физическом и эмоциональном страхе до конца своей жизни. Такие дети могут быть использованы другими людьми в корыстных целях в будущем. Когда они совершают ошибку, они живут в страхе быть уволенными или уволенными, а постоянный страх мешает им добиться успеха.

Сравните с другими

Никогда не сравнивайте своего ребенка ни с кем другим. Ребенок может чувствовать себя неполноценным или неполноценным по отношению к другим. Примерный ребенок хочет доказать, что он лучше. Такими людьми легко манипулировать, восхваляя и признавая их одних. Человек с низкой самооценкой всегда ждет внимания окружающих, не может самостоятельно передвигаться и всегда зависит от мнения окружающих.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: