Bola quloqsiz bo‘lsa, nima qilish kerak?

Bola quloqsiz bo‘lsa, nima qilish kerak?

Tarbiyasi og‘ir bola — pedagog va ota-onalar uchun azaliy bosh og‘riq. Qariyb 99% ota-ona bunday muammoga duch kelishadi. Lekin muomalani qaytadan ko‘rib chiqish orqali bunga barham berish mumkin.

Ko‘pincha ota-onalar bola 5 — 7 yoshga to‘lib, qiliq va injiqliklari bilan hammani bezor qilishga ulgurganda shifokor va pedagoglarga shikoyat qila boshlashadi. Biroq bolani mo‘min-qobil qilib o‘stirishga yordam beruvchi tarbiya usullarini ancha oldin — go‘dak bir yoshga to‘lar-to‘lmas boshlash kerak.

Dunyodagi bolalar psixologlari va pedagoglari tarbiyaning asosiy mohiyati qanday bo‘lishidan qat’i nazar, yakdil fikrni ilgari sursa kerak: farzand oilada hamisha bo‘ysundiruvchi (yetakchi) emas, itoat qiluvchi (ergashuvchi) o‘rinni egallashi zarur.

Barcha xalq va zamonlar pedagogikasining asosiy qonuni: kichkina qushcha qushlar galasini boshqarmaydi. Buni boshqacha so‘z bilan izohlash mumkin: bola kattalarning inon-ixtiyorini (dod-faryodi, xarxasha va injiqliklari yordamida) o‘ziga tobe qilolmaydi. Aks holda bu ota-ona va boshqa oila a’zolari tomonidan yo‘l qo‘yilgan aniq va mudhish xato hisoblanadi. Yana bu kelgusida bolaning ruhiyatiga, qolaversa, butun oilaga zarar yetkazishi turgan gap.

Biroq ota-onalar «kattalar izmiga yurish» degani kichkintoyga zo‘ravonlik qilish yoki oila kattalariga majburan itoat ettirish emasligini tushunishi lozim. Ammo bola go‘dakligidanoq oilada hamma qarorlarni aynan ota-ona qabul qilishini va har qanday taqiq so‘zsiz bajarilishi kerakligini tushunib yetishi darkor. Bu, eng avvalo, bolaning xavfsizligi uchun zarur.

Agar bu qonun buzilsa, oilada quloqsiz bola yetiladi…

«Quloqsiz bolalar» qayoqdan paydo bo‘ladi?

Boladagi xarxasha va injiqliklarga qarshi kurashishni o‘rganishdan oldin yoqimtoy mittivoylar qachon, qay tarzda ters bo‘lib qolishiga oydinlik kiritish kerak. Aslida farzand hulqi (qushchaning qushlar galasidagi yurish-turishi kabi), avvalo, kattalar muomalasi bilan chambarchas bog‘liq. «Farishta»lar «shaytoncha»ga aylanib, ota-onaning boshiga chiqib olishiga sababchi vaziyatlar mavjud. Quyidagi holatlarda bolalar injiq, quloqsiz va gapga kirmaydigan bo‘lib qolishadi:

  1. Oilada pedagogik mezonlar yo‘qligida. Masalan: ota-ona bola bilan o‘z kayfiyatidan kelib chiqqan holda muomalada bo‘ladi — bugun ota mehribon, yarim tungacha mulfilm tomosha qilishga ruxsat berdi, ertasiga esa fe’li aynigan, soat 21:00dayoq bolalarni uxlashga majburlaydi.
  2. Kattalarning pedagogik mezonlari keskin farq qilganda. Masalan: bolaning 21:00dan keyin multfilm ko‘rish istagiga ota qarshi, ona esa rozilik beradi. Bu o‘rinda ota-ona (boshqa oila a’zolari ham)ning yakdil fikrda bo‘lishi muhim.
  3. Oiladagilar bolaning xarxasha va injiqliklariga «bo‘yin egadi». Mittivoylar o‘z fe’l-atvorini shartli refleks va instinkt darajasida shakllantiradi. Masalan, go‘dak yig‘i, baqir-chaqir, xarxasha orqali kattalardan xohlagan narsasiga erishsa, u bu usuldan to ish berguncha muntazam foydalanadi. Natija bermay qo‘yganda esa ularni ishlatmaydi.

E’tibor berganmisiz, kichkintoylar televizor, mebel, o‘yinchoq yoki mutlaqo begona odam qarshisida sira yig‘lashmaydi, xarxasha qilishmaydi. Gщdak qanchalik kichik bo‘lmasin, hamisha kim uning ashulasiga raqs tushishini, kimning asablarini dod-faryod bilan yengib bo‘lmasligini biladi. Agar siz sal bo‘sh kelsangiz, uning injiqliklari oldida qo‘l ko‘tarsangiz, bu fe’l-atvor bilan bir umr yonma-yon yashashga majbur bo‘lasiz.

Bu xarxashalarni qanday to‘xtatish mumkin?

Gapga kirmaydigan quloqsiz bolani «farishta»ga aylantirish aslida mo‘’jiza yaratish emas. Haqiqatda bu pedagogik «ustomonlik» unchalik mushkul ish ham emas, lekin ota-onadan ma’naviy kuch, sabr va iroda talab etadi. Muhimi, bu shunga arziydi! Mazkur usulni amaliyotga qancha erta tatbiq etsangiz, farzandingiz shuncha yuvosh, og‘ir va vazmin bo‘lib ulg‘ayadi. Shunday qilib:

Eski tizim (aksariyat ota-onalar shunday yo‘l tutishadi): o‘g‘ilchangiz depsinib, boshini polga urib, ho‘ngrab yig‘lay boshlagan zahoti — uning «nayrang»iga uchasiz va uni tinchlantirish uchun hamma narsaga tayyor turasiz.

Yangi tizim (quloqsiz farzandini qayta tarbiyalashni istovchilar shunga rioya etishi darkor): qizaloq qichqirib yig‘lay boshlasa, unga jilmayib qarab qo‘yib, xonadan chiqib keting. Lekin bola sizning uni eshitishda davom etayotganingizni bilishi kerak. Baqiraverib charchamaguncha uning ko‘ziga ko‘rinmay turgan ma’qul. Baqir-chaqir to‘xtagach (bir soniyaga bo‘lsa ham!), jilmayib qaytib keling, unga bo‘lgan ota-onalik mehr-muhabbatingizni namoyon eting. Sizni ko‘rgan zahoti bola yana yig‘lay boshlasa, siz yana bamaylixotir xonani tark eting. Xarxasha qilishni to‘xtatgan zahoti yana quchog‘ingizni ochib, kulib kirib keling.

Biroq buni bola boshini urib olib, biror joyi og‘riganidan, uni ko‘chadagilar xafa qilishgani yoki qo‘shni itdan qo‘rqib ketganidan farqlay oling. Bunday vaziyatda uning yig‘i-sig‘isi tabiiy hol bo‘lib, bolani tushunish kerak — u sizning himoya va g‘amxo‘rligingizga muhtoj. Lekin xohlagan narsasiga erishish, aytganini qildirish uchun ataylab xarxasha qilayotgan bolani ko‘tarib, quchoqlab, o‘pib yupatish yaxshilikka olib kelmaydi — bu boshqa masala.

Mazkur holatda ota-ona matonatli bo‘lishi va «nayrang»ga uchmasligi kerak.

Shu tariqa ertami yoki kech bola «tushunib yetadi» (refleks darajasida): xarxasha qilganda — uni yolg‘iz qoldirishadi, eshitishmaydi. Ammo janjalni to‘xtatgan zahoti uning yoniga qaytib kelishlarini, uni yaxshi ko‘rishlarini va tinglashga tayyor ekanliklarini anglab yetadi.

«Odatda bolada «Baqirganimda — hech kimga kerak emasman, tinchlanganimda — hamma meni yaxshi ko‘radi» barqaror refleks shakllanishi uchun 2-3 kun vaqt kerak bo‘ladi. Agar ota-ona bu paytda sabr qilsa, mo‘min-qobil bolani tarbiya qilishadi, sabri yetmasa, bolaning xarxasha va injiqliklariga bir umr chidab yashashiga to‘g‘ri keladi!»

Tarbiyadagi eng muhim mezonlar

Bola tarbiyasi mavzusi — bepoyon, serqirra, cheksiz va umuman oddiy odamlar qabul qilishi mushkul masala. Har yili dunyo bo‘yicha bolalar tarbiyasiga bag‘ishlangan tonnalab kitob va risolalar chop etiladi, biroq yuz yil muqaddam bo‘lgani kabi aksariyat ota-onalar gapga kirmaydigan bolalar muammosiga duch kelaverishadi. Ana shu ota-onalarga muammolarni hal etishda quyidagi mezonlar asqatadi.

  1. Bolani yaxshi hulqi uchun doimo maqtang. Afsuski, aksariyat ota-onalar bolani yomon ishi uchun jazolashadi-yu, yaxshi ishiga kelganda shunga majbur deb hisoblashadi. Aslida bola o‘z xatti-harakatlarini endi to‘g‘rilay boshlagan bo‘ladi, «yaxshi» va «yomon» baho hali u uchun begona. Shunda u yaqinlarining bahosiga qarab ish tutishga harakat qiladi. Yaxshi xulqi va gapga kirganligi uchun maqtang, rag‘batlantiring, shunda u aynan siz xohlagandek ish tutishga jon-jahdi bilan intiladi.
  2. Agar go‘dak injiqlik qilsa va o‘zini yaxshi tutmasa — uni shaxs sifatida ayblamang! Faqat muayyan vaziyatdagi xatti-harakati uchun ayblang. Masalan: o‘g‘ilchangiz bolalar maydonchasida o‘zini yomon tutdi — boshqalarni turtkiladi, xafa qildi, ularning o‘yinchoqlarini olib qo‘ydi deylik. Kattalar ko‘pincha: «Sen yomon bolasan, sen qizg‘anchiqsan!» deyishga odatlanishgan. Mana shu holat bolani shaxs sifatida ayblashga yaqqol misol bo‘la oladi. Agar bunday ayblovlar tizimli ravishda takrorlanaversa — bolakay chindan ham yomonga aylanadi. Unga to‘g‘ri tanbeh bering: «Sen nega o‘zingni yomon tutyapsan? Nega boshqalarni turtkilab, xafa qilyapsan? Faqat yomon bolalar boshqalarni ranjitadi, axir sen yaxshi bolasan-ku! Sen esa bugun o‘zingni yomon bolalardek tutyapsan — seni jazolashimga to‘g‘ri keladi…». Shunda bola aslida o‘zi yaxshi ekanligini, uni yaxshi ko‘rishlarini va hurmat qilishlarini, faqat uning bugungi hulqi — noto‘g‘ri ekanligini anglab yetadi.
  3. Farzandingizning yoshi va rivojlanishini hamisha hisobga oling.
  4. 4. Bolaga qo‘yayotgan talablar oqilona bo‘lsin.
  5. Yomon hulqi uchun vaqtida jazolash lozim (3 yoshli bolani ertalab ovqatni to‘kib qo‘ygani uchun kechki multfilmdan mosuvo qilmang — kichkintoy xato bilan jazoning bog‘liqligini tushunib yetmasligi mumkin).
  6. Bolani jazolayotganda o‘zingiz xotirjam bo‘lishingiz kerak.Buni psixologlar tasdiqlashi mumkin: har qanday suhbatdosh, jumladan, bola ham (u qanchalik kichkina bo‘lmasin) baqirmasdan, xotirjam gapirsangiz, sizni yaxshiroq tushunadi.
  7. Bola bilan gaplashayotganda (ayniqsa, u quloq solmaganda, xarxasha va injiqlik qilganda, siz esa jahlingiz chiqib, xafa bo‘lgan vaziyatlarda) doimo muomalangizga e’tibor bering — siz bilan bunday ohangda gaplashishlarini axir o‘zingiz ham xohlamasangiz kerak.
  8. Bola sizni tushunayotganiga hamisha ishonch hosil qilishingiz kerak.
  9. Nima to‘g‘ri-yu, nima noto‘g‘riligiga o‘z misolingizda o‘rnak bo‘lsangiz, yaxshiroq samara beradi. Boshqacha qilib aytganda, «Mening aytganimni bajar»dan ko‘ra «Men kabi bajar» bolani samaraliroq tarbiyalaydi. Ular sizdan ibrat olsin, unutmang, qush uyasida ko‘rganini qiladi.
  10. Ota-ona, ya’ni katta odam sifatida hamisha qarorlaringizni qaytadan ko‘rib chiqishga tayyor bo‘ling. Ayniqsa, bu 10 yoshli va undan katta bolalarning ota-onalariga taalluqli. Bu yoshda bola muzokaraga kirisha oladi, dalil va isbotlar keltirishga qodir bo‘ladi. U xulosani doimo siz chiqarishingizni, lekin uni tinglashga tayyorligingizni va muayyan vaziyatlarda o‘z fikringizni farzandingiz foydasiga o‘zgartira olishingizni tushunishi darkor.
  11. Bolaning xatti-harakatlari (ayniqsa, bu yomon ishlar bo‘lsa) qanday natijalarga olib kelishini tushuntirishga harakat qiling. Agar go‘dak karavotchasidan o‘yinchoqlarini otsa — ularni olib bermang: shunda mittivoy uning bu xatti-harakati o‘yinchoqlardan judo qilishini tezda anglab yetadi. Kattaroq yoshdagi bolalar bilan jiddiyroq vaziyatlarda shunchaki gaplashib olsa bo‘ladi.

Mo‘min-qobil bolani tarbiyalash, bir qarashda, unchalik qiyin emas. Ota-ona shunchaki o‘z xatti-harakatlarini tahlil hamda nazorat qilishi — farzandga munosib o‘rnak bo‘lishi, ularning xarxasha va injiqlariga uchmasligi, bola bilan bajonidil suhbatlashishi, o‘z qarorlarini bamaylixotir tushuntirishi zarur.

Ota-onalarga maslahatlar

Qaysi tarbiyalash usulini tanlash o‘z ixtiyoringizda. Biz shunchaki oilada iliq munosabatlarni saqlashga yordam beradigan maslahatlarni berib o‘tmoqchimiz:

  1. Qanday nazorat qilishni o‘zingiz hal eting. Jarayonga kompleks tarzda yondashing: bolaga nazorat haqiqatan zarurligini va buni unga zarar yetkazib qo‘ymagan holda qanday bajarish to‘g‘risida o‘ylab ko‘ring.
  2. Bolani o‘z qolipingizga solishga urinmang, barcha xatti-harakatlaringizni u bilan gaplashib oling. Shunday yo‘l tutingki, bola biror qaror qabul qilayotganda siz tomondan hech qanday bosimni his etmasin. Qabul qilgan qarori uchun mustaqil javob berishiga imkon yarating. Natijada uning sizga bo‘lgan ishonchi ortadi, voqea-hodisalardan boxabar qilib turadi. Siz esa o‘z navbatida o‘zingizni nazorat qila boshlaysiz.
  3. Ota, ona va farzand o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lishi nihoyatda muhim. Bola o‘z xatolari, kechinmalari va muammolari haqida gapirishdan cho‘chimasligi zarur. Uning rostligi uchun urishish zinhor tavsiya etilmaydi, hatto bu rostlik sizga umuman yoqmasa ham. Bolaga qilgan xatolari uchun qattiq tanbeh beraverish yaramaydi, aks holda u sizga umuman ishonmay qo‘yadi. Yaxshisi, u nimada nohaq ekanligini jahlsiz, bamaylixotir gaplashib olishga harakat qiling. Uning ishonchini bir marta yo‘qotsangiz, yana qaytarish oson kechmaydi. Negaki, bola bilan munosabatlarda ustunlik qilish bu hali uning do‘stiga aylanishni anglatmaydi.

Eng muhimi — ishonchini suiiste’mol qilmang. «Men senga ishongandim, sen esa…» iborasini ko‘p ishlatish munosabatlarning qadrsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Sh.Isroilova tayyorladi.

Manba: xabar.uz


Ребенок с трудным воспитанием – постоянная головная боль воспитателей и родителей. Около 99% родителей сталкиваются с этой проблемой. Но устранить его можно, пересмотрев лечение.

Родители часто начинают жаловаться врачам и воспитателям, когда их детям 5-7 лет, и они надоедают всем своими проделками и капризами. Однако методы воспитания, помогающие ребенку вырасти верующим, следует применять задолго до того, как ребенку исполнится год.

Детские психологи и педагоги всего мира, независимо от характера воспитания, должны согласиться с тем, что ребенок всегда должен быть послушным (ведомым) членом семьи, а не подчиненным (лидером).

Основной закон педагогики всех народов и времен: маленькая птичка не правит стаей птиц. Другими словами, ребенок не способен подчиняться воле взрослых (с помощью криков, сарказма и капризов). В противном случае это явная и серьезная ошибка родителей и других членов семьи. Опять же, это может нанести вред психике ребенка в будущем, а также всей семье.

Однако родители должны понимать, что «идти по стопам взрослых» не означает, что ребенок подвергается насилию или что семья вынуждена подчиняться старшим. Но с раннего возраста ребенку необходимо понимать, что все решения в семье принимаются родителями, и любые ограничения должны строго соблюдаться. Это необходимо, в первую очередь, для безопасности ребенка.

Если этот закон нарушить, в семье вырастет глухой ребенок…

Откуда берутся «глухие дети»?

Прежде чем научиться справляться с травлей и капризами у ребенка, важно уточнить, когда и как милые малышки становятся негативными. На самом деле поведение детей (например, поведение птицы в птичьей стае) тесно связано с поведением взрослых. Бывают ситуации, когда «ангелы» становятся «чертями» и садятся на головы родителей. В следующих случаях дети становятся капризными, глухими и безмолвными:

Когда в семье нет педагогических критериев. Например, родитель занимается с ребенком исходя из его настроения – сегодня отец добрый и разрешает ребенку смотреть мультфильм до полуночи, а на следующий день, в 9 часов вечера, заставляет детей спать.
Когда педагогические критерии взрослых резко отличаются. Например, отец против желания ребенка смотреть мультфильм после 21:00, а мать соглашается. Важно, чтобы родители (а также другие члены семьи) были согласны.
Семья «подчиняется» капризам и капризам ребенка. Миттивы формируют свое поведение на уровне условных рефлексов и инстинктов. Например, если ребенок получает то, что он или она хочет от взрослого, плача, крика и крика, он или она будет использовать это регулярно, пока его или ее не возьмут на работу. Они не используют их, когда они не работают.Видите ли, малыши не плачут перед телевизором, мебелью, игрушками или совершенно незнакомым человеком. Каким бы маленьким ни был Гщдак, он всегда знает, кто будет танцевать под его песню и чьи нервы не сломит крик. Если вы придумаете что-то из ряда вон выходящее, то им придется переосмыслить свою позицию.

Как это можно остановить?

Сделать из глухого ребенка «ангела» — не чудо. На самом деле это педагогическое «мастерство» не так уж и сложно, но требует от родителей духовной силы, терпения и воли. Главное, оно того стоит! Чем раньше вы будете практиковать этот метод, тем медленнее, тяжелее и спокойнее будет расти ваш ребенок. И так:

Старая система (так поступает большинство родителей): как только ваш сын ступает на пол и начинает рыдать, вы влетаете в его «фишку» и готовы на все, чтобы его успокоить.

Новая система (те, кто хочет перевоспитать глухого ребенка, должны соблюдать это правило): если девочка начинает кричать и плакать, посмотрите на нее с улыбкой и выйдите из комнаты. Но ребенок должен знать, что вы продолжаете его слышать. Лучше не смотреть на него, пока он не устанет кричать. Когда крик прекратится (хотя бы на секунду!), вернитесь с улыбкой и покажите ей свою родительскую любовь. Если малыш снова заплачет, как только увидит вас, снова тихо выйдите из комнаты. Как только вы перестанете чесаться, раскройте руки и смейтесь.

Но не говорите ребенку, если он получит удар по голове, поранится, поранится на улице или испугается соседской собаки. В этом случае для него естественно плакать, и ребенка нужно понять – он нуждается в вашей защите и заботе. Но нехорошо брать на руки, обнимать и целовать ребенка, который намеренно пытается получить то, что он или она хочет сделать, — это другое дело.

В этом случае родители должны быть стойкими и не поддаваться на провокации.

Таким образом, ребенок рано или поздно «понимает» (на рефлекторном уровне): когда он чешется — он остается один, его не слышно. Но как только он перестал драться, он понял, что к нему вернутся, что его любят и готовы слушать.

«Обычно за 2-3 дня у ребенка вырабатывается устойчивый рефлекс: «Когда я кричу — я никому не нужен, когда я спокоен — меня все любят». Если родители за это время проявят терпение, они воспитают верующего ребенка, а если не проявят терпения, ребенку придется всю жизнь терпеть капризы и капризы!»

Самые важные критерии в образовании

Тема воспитания детей обширна, многогранна, бесконечна и трудна для принятия обычными людьми.Ежегодно в мире издаются тонны книг и брошюр по воспитанию детей, но, как и сто лет назад, большинство родителей сталкивается с проблемой невысказанных детей. Следующие критерии помогут этим родителям решить проблемы.

Всегда хвалите ребенка за его хорошее поведение. К сожалению, большинство родителей наказывают своих детей за плохие поступки и чувствуют себя обязанными поступать так же, когда дело касается хороших поступков. На самом деле ребенок только начинает исправлять свое поведение, и «хорошие» и «плохие» оценки ему еще чужды. Тогда он пытается действовать в соответствии со значением своих близких. Хвалите и поощряйте его за хорошие манеры и речь, чтобы он старался делать именно то, что вы от него хотите.
Если ребенок капризничает и плохо себя ведет, не вините его или ее! Виноват только за поведение в конкретной ситуации. Например, ваш сын плохо вел себя на детской площадке — толкал других, обижал их, отбирал их игрушки. Взрослые часто говорят: «Ты плохой, ты завидуешь!» привык говорить. Это хороший пример обвинения ребенка как личности. Если такие обвинения будут повторяться систематически — ребенку станет совсем плохо. Поправьте его: «Почему ты ведешь себя плохо? Почему ты толкаешь и обижаешь других? Только плохие дети обижают других, потому что ты хороший! А сегодня ты ведешь себя как плохой мальчик — я должен тебя наказать…» Тогда ребенок понимает, что он действительно хороший, что его любят и уважают, но что его поведение сегодня неправильно.
Всегда учитывайте возраст и развитие вашего ребенка.
4. Разумные требования к ребенку.
Плохое поведение должно своевременно наказываться (не исключайте 3-летнего ребенка из вечернего мультфильма за то, что он утром пролил еду — несовершеннолетний может не осознавать, что наказание связано с ошибкой).
Наказывая ребенка, нужно быть спокойным, Психологи это могут подтвердить: любой собеседник, в том числе и ребенок (каким бы маленьким он ни был), лучше вас поймет, если вы будете говорить спокойно, не крича.
Всегда обращайте внимание на то, как вы разговариваете со своим ребенком (особенно когда он или она непослушны, раздражительны или раздражительны, сердиты или расстроены) — вероятно, вы не хотите, чтобы они разговаривали с вами в таком тоне.
Вы всегда должны быть уверены, что ребенок понимает вас.
Лучше подавать пример того, что правильно и что неправильно. Другими словами, «Делай, как я» более эффективен, чем «Делай, как я говорю». Пусть они учатся у вас, помните, они сделают то, что увидят в птичьем гнезде.
Как родитель, всегда будьте готовы пересмотреть свои решения.Особенно это касается родителей детей от 10 лет и старше. В этом возрасте ребенок умеет договариваться и представлять доказательства. Он или она всегда должны понимать, что вы делаете выводы, но что вы готовы их выслушать и что вы можете изменить свое мнение в пользу вашего ребенка в определенных ситуациях.
Постарайтесь объяснить последствия поведения ребенка (особенно если оно плохое). Если он выбрасывает свои игрушки из кроватки, не забирайте их: малыш быстро поймет, что его поведение уничтожит игрушки. О детях постарше можно говорить в более серьезных ситуациях.

Воспитать верующего ребенка на первый взгляд несложно. Родителям просто необходимо анализировать и контролировать свое поведение – быть достойным примером для ребенка, не обижаться на его капризы и капризы, радостно разговаривать с ребенком, спокойно объяснять свои решения.

Советы родителям

Выбор за вами. Вот несколько советов, которые помогут сохранить тепло в семье:

Решайте сами, как это контролировать. Отнеситесь к делу спокойно и постарайтесь не слишком зацикливаться на проблеме.
Не пытайтесь формировать своего ребенка, говорите с ним обо всем, что вы делаете. Следите за тем, чтобы ребенок не чувствовал давления при принятии решения. Позвольте им самостоятельно реагировать на решение, которое они принимают. В результате его доверие к вам возрастает, и он держит руку на пульсе событий. Вы, в свою очередь, начинаете себя контролировать.
Взаимное доверие между отцом и матерью и ребенком очень важно. Ребенок не должен бояться говорить о своих ошибках, переживаниях и проблемах. Не рекомендуется бороться за ее истину, даже если эта истина вам совсем не нравится. Нехорошо упрекать ребенка за его ошибки, иначе он вообще не будет вам доверять. Вместо этого постарайтесь спокойно поговорить о том, что не так. Как только вы потеряете его доверие, восстановить его будет непросто. Ведь наличие ребенка не означает, что вы лучшие друзья.

Главное, не злоупотребляйте своим доверием. Слишком много фраз вроде «Я доверял тебе и тебе…» может привести к ухудшению отношений.

Подготовила Ш.Исроилова.

Источник: habar.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: