Birovning hasad va g‘azabiga qanday munosabatda bo‘lish kerak?

Birovning hasad va g‘azabiga qanday munosabatda bo‘lish kerak

Yaponiyaning bir qishlog‘ida dono keksa samuray yashagan.

Bir kuni uning yoniga qo‘polligi va shafqatsizligi bilan tanilgan yosh jangchi keldi. Uning sevimli mashg‘uloti fitna chiqarib, biror xunuk voqeani yuzaga keltirishga urinish bo‘lardi: u raqibini g‘azabini chiqarar, raqib esa  achchiqlanganidan xatoga yo‘l qo‘yib,  natijada kurashda unga yutqazardi.
Yosh jangchi qariyani haqorat qila boshladi, unga tosh otib, tupurdi va yomon sozlar bilan so‘kdi. Chol esa bamaylixotirlik bilan darsini davom etaverdi. Shundan so‘ng o‘z g‘azabidan charchagan yosh askar jo‘nab qoldi.
Shogirdlar cholning bu haqoratlarga chidaganidan hayratda bo‘lib, undan so‘rashdi:
— Nega uni jangga chorlamadingiz?  Siz mag‘lub bo‘lib qolishdan qo‘rqdingizmi?
Qari samuray javob berdi:
— Agar kimdir sizga sovg‘a bilan kelgan bo‘lsa-yu, siz uni qabul qilib olmasangiz, sovg‘a kimga tegishli bo‘ladi?
— O‘zining oldingi egasiga, – javob berdi o‘quvchilardan biri.
— Xuddi shu narsa hasad, nafrat va haqorat uchun ham tegishlidir. Siz ularni qabul qilib olmaguningizcha, kim olib kelgan bo‘lsa, o‘ziniki bo‘lib qoladi.
Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.

Manba: Zarnews.uz


В одной японской деревне жил старый мудрый самурай.

Однажды к нему подошел молодой воин, известный своей грубостью и жестокостью. Любимым его занятием было сговориться и попытаться сотворить что-нибудь безобразное: он разозлит своего противника, а тот от злости сделает ошибку и проиграет схватку.
Молодой воин стал оскорблять старика, бросать в него камни, плевать на него и ругаться на него. Старик спокойно продолжил свой урок. Тогда молодой солдат, уставший от своего гнева, ушел.
Ученики дивились терпению старца этих оскорблений и спрашивали его:
— Почему ты не позвал его на бой? Вы боялись проиграть?
Старый самурай ответил:
— Если кто-то пришел к вам с подарком, а вы его не приняли, кто получит подарок?
«Его бывшему владельцу», — ответил один из студентов.
— То же самое касается ревности, ненависти и обиды. Пока вы их не примете, кто бы их ни принес, они будут вашими.
Подготовила Бахора Мухаммадиева.

Источник: Zarnews.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: