Bir kunda nechta o’quvchi baholanishi kerak?

Bir kunda nechta o’quvchi baholanishi kerak?

Savol: Assalomu alaykum! Men boshlang’ich sinf o’qituvchisiman

. Hozir biz telegram orqali o’quvchilarimizga onlayn darslarni kuzatib borishlarini nazorat qilib, vazifalar berib, ularni baholayapmiz. O’quvchilarni baholash tartibi qanday bo’ladi? YA’ni xar kuni eng kamida nechta o’quvchini baholashimiz kerak. Javob uchun oldindan raxmat!

Javob: O’qituvchi tegishli sinf o’quvchilari tomonidan yuborilgan uy vazifalarini tekshiradi va ularni baholab boradi.

O’qituvchi uy vazifalarni tekshirishni televizion darslarning efirga uzatish vaqtini inobatga olgan holda amalga oshiradi.

Bunda kunning birinchi yarmida namoyish etilgan televizion darslarda berilgan uy vazifalarini kunning ikkinchi yarmida, kunning ikkinchi yarmida namoyish etilgan televizion darslar uy vazifalarini ertasiga kunning birinchi yarmida tekshiradi.

O’qituvchi o’quvchilarning uy vazifalarini baholab borish maqsadida dars beradigan sinflari uchun vaqtinchalik sinf jurnalini (daftarda) yuritadi.

Vaqtinchalik sinf jurnaliga har kuni kamida 5 (besh) nafar o’quvchilar bahosi qo’yiladi.

Har bir o’quvchiga choraklik baho chiqarilishi uchun ular chorak davomida kamida 3-5 tadan baholangan bo’lishi shart.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: