Bilasizmi, kuchli qo‘rquv jiddiy kasallikka sabab bo‘lishi mumkin

Bilasizmi, kuchli qo‘rquv jiddiy kasallikka sabab bo‘lishi mumkin

Tibbiyot fanlari nomzodi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi diabetologiya ilmiy bo‘limi xodimi Feruza Tohirovaning ta’kidlashicha, agar insonda diabetga moyillik bo‘lsa va u kuchli qo‘rquvni boshdan kechirsa, bu insonda kasallikka chalinish ehtimoli bor.

– Surunkali davom etuvchi stress holatlari, uyqusizlik, gipertoniya kasalligi hamda qandli diabet 2-turiga moyil bo‘lganlarda ayrim dori preparatlarini muntazam qo‘llanishi (ayniqsa, glyukokortikoid guruhiga kiruvchi) ushbu kasallikning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Me’yordan ortiq ovqat iste’mol qilish va energiyani sarf qilmaslik natijasida organizmda energiya balansi buziladi. Odatdagidek sarf bo‘lmayotgan energiya organizmda glikogen va yog‘lar ko‘rinishida to‘planib boradi. Bu jarayon kuchayib borgani sari organizmda insulinga sezuvchanlik kamayib boradi va bu holat uglevodlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ya’ni, qandli diabet 2-turining paydo bo‘lishi ijtimoiy holatga emas, balki kamharakatlik, nosog‘lom va ortiqcha ovqatlanishga bog‘liq.

Xastalikning 2-turining o‘ziga xos tomoni – kasallikni oldini olish imkoniyati borligidir. Uning rivojlanishidan oldin diabet oldi holatlari kuzatiladi, ya’ni qonda qand miqdori me’yordan oshadi, lekin kasallik darajalariga yetib bormaydi. Bu asosan tana vazni ortiqcha bo‘lgan insonlarda kuzatiladi. Ko‘pincha bu insonlar hech narsaga shikoyat qilmaydi, shuning uchun shifokorga murojaat qilishmaydi.

Olimlar hisobiga ko‘ra, hozir O‘zbekistonda juda ko‘p insonlarda diabet bor, lekin ko‘pchilik bundan bexabar yurishadi. Hozirda keng tarqalayotgan koronavirus infeksiyasi diabet oldi holati bo‘lganlarda diabet rivojlanishiga turtki bo‘lmokda va diabetning 2-turiga chalingan, lekin o‘zi bundan bexabar insonlarning shifokorga murojaat qilishiga sabab bo‘lmoqda, – deydi mutaxassis.


По словам Ферузы Тагирова, кандидата медицинских наук, научного сотрудника отделения диабетологии Республиканского специализированного эндокринологического научно-практического медицинского центра, если человек склонен к сахарному диабету и испытывает сильный страх, у него больше шансов заболеть.

— Регулярное употребление некоторых лекарств (особенно группы глюкокортикоидов) у людей с хроническим стрессом, бессонницей, гипертонией и сахарным диабетом 2 типа может привести к развитию этого заболевания.

Чрезмерное потребление пищи и недостаточный расход энергии могут нарушить энергетический баланс в организме. Неиспользованная энергия хранится в организме в виде гликогена и жиров. По мере усиления этого процесса снижается чувствительность организма к инсулину, что приводит к нарушению углеводного обмена. То есть возникновение сахарного диабета 2 типа связано не с социальным статусом, а с малоподвижностью, нездоровьем и перееданием.

Особенность заболевания 2 типа в том, что его можно предотвратить. До его развития бывают преддиабетические состояния, при которых уровень сахара в крови превышает норму, но не достигает уровня заболевания. Чаще всего встречается у людей с избыточным весом. Чаще всего эти люди ни на что не жалуются, поэтому к врачу не обращаются.

По данным ученых, в Узбекистане сейчас много людей с диабетом, но многие об этом не подозревают. По словам эксперта, распространенная в настоящее время коронавирусная инфекция способствует развитию диабета у людей с преддиабетом и является частой причиной не подозревающих об этом людей с диабетом 2 типа.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: