Belarus davlat universitetida O‘zbek tili kabinetini ochish taklifi bildirildi

Belarus davlat universitetida O‘zbek tili kabinetini ochish taklifi bildirildi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupov Belarus davlat universitetiga (BDU) tashrif buyurdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar bermoqda.

Universitet rektori Andrey Korol bilan uchrashuvda mazkur oliy o‘quv yurti bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Belarus tomoni mehmonlarga universitetning o‘quv va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot berdi. A.Korol «Unitexprom BGU» ilmiy-texnologik parki, ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyati va oliy ta’lim muassasi mutaxassislari yaratayotgan “Sisplatsel” o‘smaga qarshi preparati haqida so‘zlab o‘tdi.

N.Yusupov, o‘z navbatida, mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar haqida ma’lumot taqdim etdi. O‘zbekistonda yaqin kelajakda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishni istayotganlar safi 25 foizgacha kengayishi kutilmoqda. Elchi BDU ta’lim berish salohiyatiga ijobiy baho berdi. Bu yerda oliy ta’limning eng yaxshi an’analari va zamonaviy tendensiyalari jamlangan. Shu munosabat bilan Belarus davlat universiteti va Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, universitetda O‘zbek tili kabinetini ochish taklifi bildirildi.

Bu yo‘nalishdagi hamkorlikning ilk qadami sifatida o‘zbekistonlik diplomatlar tomonidan BDU kutubxonasi fondiga yangi nashrdan chiqqan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» besh jildli kitobi topshirildi.

Bugun Belarus davlat universiteti hamda O‘zbekiston ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikka oid to‘qqizta bitim mavjud. A.Saxarov nomidagi xalqaro davlat ekologiya instituti va Biznes institutida filologiya, iqtisodiyot, huquq, jurnalistika, xalqaro munosabatlar, falsafa va ijtimoiy fanlar fakultetlarida o‘zbekistonlik 40 nafar yigit-qiz ta’lim olmoqda.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: