Befarqlikning jazosi! (hayotiy voqea!)

Ibrat uchun hayotiy voqea, qissadan hissa o’zingizdan.

Taksi haydovchisi yo’l chetida qo’l silkigan erkakni ko’rib sevindi. Tezgina uning qarshisiga borib to’xtadi. Erkak taksiga o’tirdi va xavotir bilan gapira boshladi:
— Iltimos, tezroq yuring, shu oradagi ko’chada…
Taksi haydovchisi biror odamni olishni o’ylagandi, mijozning gapini eshitib yuragi xijil tortdi:
– Xudo saqlasin, juda qo’rqinchli holat. Bir odamni to’rt joyidan pichoqlabdilar. Hozir tanasidagi qon butkul oqib ketib, o’lib qolishi mumkin. Birov yordam bermaydi, hamma to’planib olib tomosha qilayapti. Qanchalik hissiz, shafqatsiz olomonga aylandik! yordamga muhtoj, joni uzilayotgan odamni tomosha qilib turishibdi. Haydovchining yuragi siqildi: “Mashinamga qon oqadi”. Yo’lovchi davom etardi:
— Hozir ikkita mashina yaradorni olmadi, ishongim kelmaydi-ya. Bir inson qoni tugab, jon berayapti, ular rahm qilmay oldimizdan gazni bosib o’tib ketdi. Mana, keldik, yarador shu odamlar to’plangan joyda. Taksi haydovchisi:
— Qani, siz yaradorni olib keling, men mashinani uning oldiga olib boraman, vaqt yo’qotmaylik, – dedi. Yo’lovchi mashinadan tushdi va to’planganlar orasiga kirib “yo’l bering, taksi keldi” deb baqirdi. Ammo yaradorning yoniga borib ulgurmasdan, mashinaning uzoqlashgan ovozini eshitib ortiga o’girildi. Raqami ko’rinmasin deb orqa chiroqlarini yoqmay taksining tezlik bilan uzoqlashayotganini ko’rdi. ERKAKNING YURAGI UZILIB, YIG’LAMSIRAGAN OVOZDA: “YO RABBIM! NIMA BO’LDI BIZLARGA?” DEYA yeRGA UMIDSIZ CHO’KKALADI. Taksi haydovchisi peshoynadan orqaga so’ngi bor qaradi. Baqir-chaqirlardan jahli chiqdi: “Menga nima? Qonga belanib yotgan yaradorni ol, mashinani bulg’a… Boshqa taksi yo’qmi? Topilib qolar mendan boshqasi!”
Shu payt qo’l silkib to’xtash ishorasini bergan mijozni ko’rib, xayollarini yig’ishtirdi. “Mijoz degani shunaqa, kutilmaganda yo’lingdan chiqib qoladi” deya boyagi tumonat odamni ham, pichoqlanib o’lim yoqasida yotgan yaradorni ham unutdi.
Taksi haydovchisi o’sha kecha bir muddat ishlab, uyining yo’lini tutdi. YAxshigina pul topib xotirjam uyiga kirib kelayotganida, eshik oldida o’zini kutib turganlarga ko’zi tushdi. Xavotirlandi. Mashinasini garajga qo’yib, so’ngra vaziyatni bilmoqchi edi bir qo’shnisi to’xtatdi uni:
— Mashinani joylashtirmay tur, balki kerak bo’lib qolar…
Hayron bo’lib mashinadan tushdi. Eshik oldida yig’layotgan xotini va bolalariga yaiqnlashdi:
— Nima bo’ldi? – Xotini yig’lagancha bo’yniga osildi:
— Akangiz vafot etdi!
— Akam?!.. Nega?
— Pichoqlab ketishibdi. Ko’p qon yo’qotib, halok bo’libdi.
Taksi haydovchisi vahima bilan ovozini balandlatdi:
— Qaerda? Qachon?
– Xotinining javobini eshitib yerga cho’kkalab qoldi. Ko’z oldidan mashina faralarini o’chirib qochgan ko’chasi va to’planib turgan tumonat tomoshabin o’tdi. Tumonat ichida qonga belanib yotgan, o’ziga muztar tikilib turgan bir yuz ko’rindi go’yo. Madorsiz yiqildiyu, hushidan ketdi.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!