Baxtni his qilish uchun 3 amal

Baxtni his qilish uchun 3 amal

Baxtli bo‘lish barchamizning hayotdagi maqsadimiz. Baxtiyorlikka intilish qanchalik xudbinlik bo‘lib ko‘rinmasin, har bir inson baxtga munosib.

Ko‘pchilik baxt, bu – xohlaganimizga erishish va ehtiyojlarimizni qondirish, deb hisoblar ekan. Ammo izlanishlar chinakam baxtiyorlik hissi insonda nimanidir olish bilan emas, boshqalarga berish bilan tug‘ilishini ko‘rsatmoqda. Shu sababli ham, yaxshilik va baxtiyorlik bir-biriga uzviy bo‘lib, yaxshilik qiluvchi odamlar boshqalardan ko‘ra o‘zlarini ko‘proq baxtli his qilar ekanlar.
Ruhshunoslar insonga o‘zini baxtiyor his qilishiga yordam beradigan birlamchi omillarni aniqladilar. Ya’ni, bular – boshqalarga yaxshilik qilish, yaxshi xotiralarni yozib borish va yaxshi insonlar davrasida bo‘lish.

1. Yaxshilik qilish

Buddizm e’tiqodiga tegishli o‘gitlarda shunday hikmat bor: «Birgina qandil orqali minglab qandillarga charog‘onlik ulashish mumkin. Bu bilan o‘sha qandilning umri qisqarib qolmaydi. Baxtiyorlik ham shunday: ulashilgani bilan tugab qolmaydi.»
Boshqalarga yaxshilik qilish amali insonning o‘z oilasidan boshlanadi, albatta. Ota-onasiga, turmush o‘rtog‘i yoki farzandlariga yaxshilik ravo ko‘rgan insongina begonalarga chin dildan yaxshilik qilish mumkin.
Baxt rohat yoki huzur bilan o‘lchanmaydi. Uning ko‘lami yoki darajasi jismoniy ta’sirdan yuqori turadi. Ya’ni, muzqaymoq yeyish tanaga huzur berish mumkin, ammo insonning baxtiyorligini oshirmaydi. Aksincha, muzqaymoqni uni sotib olishga qurbi yetmaydigan insonga olib berish tanga baxtning chinakam huzurini hadya eta oladi.
Boshqalarning kimgadir qilgan yaxshiligini, deylik kimningdir keksa insonning og‘irini yengil qilishini ko‘rish, nochorlarga xayr-saxovat qilishini kuzatish ham hattoki insondan chuqur ichki baxtiyorlikning oshishiga sabab bo‘lar ekan. Buni ruhshunoslar «hissiy yuksalish» deb ataydilar. Bunday vaziyatda insonning insonlarga bo‘lgan ishonchi ortib, o‘zini himoyalangan his qilar ekan.
Insonlarni baxtiyor lahzalarini ko‘rish, tabiatga, jonzodlarga yaxshilik qilish ham inson baxtini ilhomlantirar ekan. Amerikalik jamoat arbobi Eleonora Ruzveltning fikricha, chin baxtiyorlikni boshqalarga baxt ulashib his qilish mumkin. O‘z navbatida, kimdandir yaxshilik ko‘rgan inson o‘zini boshqalarga yaxshilik qilishga mas’ul hisoblay boshlaydi va bu yaxshilikning zanjir sifatida bog‘lanib, yashovchanligini ta’minlaydi.

2. Xotiralarni qayd etib borish

Ruhiy tadqiqotlar inson biror qiyin vaziyatga tushganida uni yozishi kerakligi, qiyin vaziyatni o‘z-o‘ziga bayon qilishi foydali ekani, bu unga og‘ir vaziyatdan chiqib ketishiga ruhiy ko‘mak berishini ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, baxtli lahzalarni ham qayd etish insonning baxtiyorligini oshirar ekan.
Bugun smartfonlar yordamida tasvir va suratlar olamiz. Baxtli damlarni bir muddatga muhrlashga imkonimiz bor. Ammo baxtiyor damlarni qog‘ozga tushirishning gashti undan ham yuqori bo‘lar ekan.
Shu sababli ham, adabiyot odamlari uzoq yillar baxtli va sog‘lom hayot kechirishar ekan. Ya’ni, ular yozayotgan asarlarida aksariyat qahramon va syujetlarni o‘z hayotlaridan oladilar. Yillar o‘tib, u asarni qo‘lga olganlarida esa, o‘zlarining zalvorli umrlarini eslaydilar, baxtiyorlik hissidan zavqlanadilar.

3. Yaxshi insonlar davrasida bo‘lish

Ba’zan baxtiyorliging bois tabassum qilasan. Ba’zida esa tabassum qilganing bois baxtiyorsan, deyishgan donolar. Ruhshunoslar baxt hissining «yuqumli» bo‘lishini aytishadi. Baxt hissi insonlan insonga yuqadi.
Yon-atrofida yaxshi insonlar ko‘p bo‘lgan, bu davralarga tez-tez qo‘ishib turadigan kishilar hayotning har lahzasini sevish, shukr qilish hamda bag‘rikeng bo‘lib yashashga harakat qiladilar.
Agar sizda sizga ijobiy kayfiyat ulasha oladigan do‘stlaringiz bo‘lsa, ular uchun ko‘proq vaqt ajrating.
Garvard universiteti ruhshunoslarining fikricha, insonlar mashaqqatli hayoti va baxtga erishuviga bag‘ishlangan mazmunli filmlar tomosha qilish ham insonning ichki baxtiyorligini oshirar ekan.
Dunyoda na baxtiyorlik, na azoblanish degan narsa yo‘q. Insonning bir holatini ikkinchi holatiga qiyoslash bor xolos. Eng chiroyli baxtni eng og‘ir azobni boshdan kechirganlar his qilishadi. Hayotning naqadar go‘zalligini bilish uchun o‘lib ko‘rish lozim, degan ekan atoqli adib Aleksandr Dyuma.


Счастье – наша цель в жизни. Каким бы эгоистичным ни казалось стремление к счастью, каждый заслуживает счастья.

Большинство людей думают, что счастье заключается в достижении того, чего мы хотим, и удовлетворении наших потребностей. Но исследования показывают, что истинное счастье заключается в том, чтобы отдавать, а не получать. Благодаря этому добро и счастье неразрывно связаны, и люди, делающие добро, чувствуют себя счастливее других.
Психологи определили основные факторы, которые помогают человеку чувствовать себя счастливым. То есть делать добро другим, писать хорошие воспоминания и быть среди хороших людей.

1. Делать добро

Учения буддизма говорят: «Одна люстра может зажечь тысячи люстр». Это не сокращает срок службы этой люстры. Так и счастье: оно не заканчивается делением».
Конечно, делать добро другим начинается с собственной семьи. Только человек, который добр к своим родителям, супругу или детям, может по-настоящему делать добро незнакомым людям.
Счастье не измеряется удовольствием. Его величина или степень больше, чем его физическое воздействие. То есть есть мороженое может быть полезно для тела, но не увеличивает счастья. Наоборот, подарив мороженое тому, кто не может его себе позволить, можно подарить монете настоящее счастье.
Видеть, как другие делают добро другим, например, чтобы облегчить бремя пожилого человека, наблюдать, как человек раздает милостыню нуждающимся, может даже привести к увеличению внутреннего счастья. Это то, что психологи называют «эмоциональным подъемом». В этом случае у человека повышается доверие к людям и он чувствует себя защищенным.
Видеть счастливые моменты жизни людей, делать добро природе и живым существам тоже вдохновляет человека на счастье. По словам американского общественного деятеля Элеоноры Рузвельт, истинное счастье можно ощутить, разделив счастье с другими. В свою очередь, человек, делающий добро другим, начинает чувствовать ответственность за то, чтобы делать добро другим, и это добро связывается в цепь и обеспечивает его выживание.

2. Запишите воспоминания

Психологические исследования показывают, что когда человек находится в сложной ситуации, он должен ее записать, полезно описать сложную ситуацию самому себе, что поможет ему выйти из сложной ситуации.
В то же время запись счастливых моментов также увеличивает счастье человека.
Сегодня мы фотографируем и фотографируем с помощью смартфонов. У нас есть возможность запечатлеть счастливые моменты на время. Но записывать счастливые моменты еще сложнее.
Вот почему литераторы живут более счастливой и здоровой жизнью на долгие годы. То есть,большинство персонажей и сюжетов в их произведениях взяты из их собственной жизни. Спустя годы, когда он запечатлевает работы, они вспоминают свою непростую жизнь и наслаждаются ощущением счастья.

3. Будьте рядом с хорошими людьми

Иногда вы улыбаетесь, потому что вы счастливы. А иногда мудрые говорят, что ты счастлив, потому что улыбаешься. Психологи говорят, что счастье «заразно». Ощущение счастья передается от человека к человеку.
Люди, окруженные хорошими людьми, часто вовлеченные в эти круги, стараются проживать каждое мгновение жизни с любовью, благодарностью и терпимостью.
Если у вас есть друзья, которые могут поднять вам настроение, проводите с ними больше времени.
По мнению психологов Гарвардского университета, просмотр осмысленных фильмов о тяжелой жизни и счастье людей также увеличивает внутреннее счастье человека.
В мире нет ни счастья, ни страданий. Есть только сравнение одного состояния человека с другим. Самое прекрасное счастье испытывают те, кто больше всего пострадал. Известный писатель Александр Дюма сказал, что нужно умереть, чтобы узнать, как прекрасна жизнь.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: