Barcha o’zbek ismlari ma’nosi (tahlili bilan) Ismingiz ma’nosini bilib oling

Barcha o’zbek ismlari ma’nosi (tahlili bilan) Ismingiz ma’nosini bilib oling

Barcha o’zbek ismlari ma’nosi 1 maqolada. Ba’zilar buning uchun sayt ochmoqda. Shunchaki xohlagan ismga bosing va ma’nosini bilib oling.

FARZANDga ism qo’yish ota-onalar uchun eng ma’suliyatli ishlardan biri desak mubolag’a bo’lmas. Ota-onaning farzandi oldidagi birinchi burchi ham axir shundan iboratku. Shunday ekan yangi tug’ilgan mo’jazgina chaqaloqchamizga nima deb ism qo’yishda ba’zan kattalardan maslahat so’rasak, ba’zan yaqin tanishlarimizning, o’zimiz yoqtirgan insonlarning ismini eslaymiz. Ba’zi ota-onalar farzandlariga ismni turli xil marosimlar, hodisa-voqealar, sifatlar, va hattoki siyosiy holatlarga ham atab qo’yadilar. Qanday ism qo’yilganda ham bu ism FARZANDingizning kelajakdagi xulq-atvoriga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Shu sababli unga chiroyli va munosib nom bering. Biz esa Sizga bu borada ko’maklashamiz. Quyida alifbo tartibida keltirilgan ismlar ro’yxati va ularning ma’nosi bilan tanishib, balki o’zingizga yoqqan ismni toparsiz.

A harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

ABBOS ismining ma’nosi

ABBOS (arabcha)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.

ABDULAZIZ ismining ma’nosi

ABDULAZIZ (arabcha) – izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi.

ABDULAZIM ismining ma’nosi

ABDULAZIM (arabcha) – buyuk Allohning bandasi.

ABDULVALI ismining ma’nosi

ABDULVALI (arabcha) – do’st, madadkor Allohning bandasi.

ABDULVAHHOB ismining ma’nosi

ABDULVAHHOB (arabcha)- barcha uchun o’z ne’matlarini tekin ato etuvchi Allohning bandasi.

ABDULVOHID ismining ma’nosi

ABDULVOHID (arabcha)- bitta, yagona, tanho bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULJABBOR ismining ma’nosi

ABDULJABBOR (arabcha) – bandalarning ishlarini isloh qiluvchi Allohning bandasi.

ABDULJALIL ismining ma’nosi

ABDULJALIL (arabcha)- barcha jihatdan mukammal va go’zal ulug’ Allohning bandasi.

ABDULLATIF ismining ma’nosi

ABDULLATIF (arabcha)- lutfu ehson, cheksiz marhamatlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULAHAD ismining ma’nosi

ABDULAHAD (arabcha)- yakka-yagona bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULKARIM ismining ma’nosi

ABDULKARIM (arabcha)- karim qiluvchi, saxovat ko’rsatuvchi va bandalarining gunohlarini kechiruvchi, avf etuvchi Allohning bandasi.

ABDULLOH ismining ma’nosi

ABDULLOH (arabcha)- Allohning bandasi.

ABDULMALIK ismining ma’nosi

ABDULMALIK (arabcha)- podshoh Allohning bandasi.

ABDULFATTOH ismining ma’nosi

ABDULFATTOH (arabcha) – rahmat xazinalarini ochuvchi Allohning bandasi.

ABDULXOLIQ ismining ma’nosi

ABDULXOLIQ (arabcha)- yaratuvchi Allohning bandasi.

ABDULQAHHOR ismining ma’nosi

ABDULQAHHOR (arabcha)- barchani bo’yso’ndiruvchi Allohning bandasi.

ABDULQODIR ismining ma’nosi

ABDULQODIR (arabcha)- hamma narsaga qodir bo’lgan, kuch qudrat sohibi, Allohning bandasi.

ABDULG’AFUR ismining ma’nosi

ABDULG’AFUR (arabcha) – bandalarinnng gunohlarini yashirib, jazo bermay turuvchi Allohning bandasi.

ABDULG’AFFOR ismining ma’nosi

ABDULG’AFFOR (arabcha) – bandalarining xato va gunohlarini kechiruvchi Allohning bandasi.

ABDULG’ANI ismining ma’nosi

ABDULG’ANI (arabcha)- hech narsaga ehtiyojsiz, boy Allohning bandasi.

ABDULHAY ismining ma’nosi

ABDULHAY (arabcha)- abadiy tirik Allohning bandasi.

ABDULHAMID ismining ma’nosi

ABDULHAMID (arabcha)- hamisha, doimo hamdu sanoga, maqtovga sazovor bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULHAKIM ismining ma’nosi

ABDULHAKIM (arabcha) – hikmat va cheksiz bilimlar sohibi bo’lgan Allohning bandasi.

ABDULHAFIZ ismining ma’nosi

ABDULHAFIZ (arabcha)- o’z panoxdda saqlovchi Allohning bandasi.

ABDURRAZZOQ ismining ma’nosi

ABDURRAZZOQ (arabcha) – barcha tirik mavjudodga rizq beruvchi Allohning bandasi.

ABDURRAUF ismining ma’nosi

ABDURRAUF (arabcha)- o’ta mehribon, rahmati keng Allohning bandasi.

ABDURRASHID ismining ma’nosi

ABDURRASHID (arabcha)- barcha ishlari to’g’ri chiquvchi Allohning bavdasi.

ABDURRAHIYM ismining ma’nosi

ABDURRAHIYM (arabcha) – rahmli Allohning bandasi.

ABDURRAHMON ismining ma’nosi

ABDURRAHMON (arabcha) – o’ta mehribon Allohning bandasi.

ABDUSSAMAD ismining ma’nosi

ABDUSSAMAD (arabcha)- hojatbaror Allohning bandasi.

ABROR ismining ma’nosi

ABROR (arabcha)- pokiza, yaxshi xulq-atvor egasi.

ADOLAT ismining ma’nosi

ADOLAT (arabcha) – odillik.

AZAMAT ismining ma’nosi

AZAMAT (arabcha)- ulug’, qudratli.

AKBAR ismining ma’nosi

AKBAR (arabcha)- buyuk, ulug’.

AKMAL ismining ma’nosi

AKMAL (arabcha) – eng yetuk, eng mukammal.

AKRAM ismining ma’nosi

AKRAM (arabcha)- karamli, saxiy

ALI ismining ma’nosi

ALI (arabcha)- oliy, eng yuksak.

ALISHER ismining ma’nosi

ALISHER (arabcha-fors tojik)- sherdek qudratli, jasur, dovyurak bola. Alidek kuch-qudrat va aql-zakovat egasi bo’lsin.

AMIR ismining ma’nosi

AMIR (arabcha)- hukm qiluvchi, hukmdor, yo’lboshchi.

ANBAR ismining ma’nosi

ANBAR (arabcha) – yoqimli, xushbo’y, ajoyib hidli.

ANVAR ismining ma’nosi

ANVAR (arabcha)- nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola.

ARSLON ismining ma’nosi

ARSLON (arabcha)- sher, sherdek qudratli, dovyurak, qo’rqmas bo’lsin.

ASAD ismining ma’nosi

ASAD (arabcha) — Sher. Asad oyida tug’ilgan bola yoki Sherdek kudratli, qo’rqmas, dovyurak bo’lsin.

ASADULLOH ismining ma’nosi

ASADULLOH (arabcha) – Allohning sheri yoki Allohning sherdek qudratli, dovyurak, jasur bandasi.

ASAL ismining ma’nosi

ASAL (arabcha) – asaldek shirin, sevimli qiz.

ASOMIDDIN ismining ma’nosi

ASOMIDDIN (arabcha)- dinning ko’magi, yordami, madadi.

AZIZ ismining ma’nosi

AZIZ – qadrli, hurmatdagi inson.

A’ZAM ismining ma’nosi

A’ZAM (arabcha)- eng buyuk.

AHMAD ismining ma’nosi

AHMAD (arabcha) – Allohga olqish va hamdu sanolar aytuvchi, olqishga sazovor, maqtovga loyiq.

AHROR ismining ma’nosi

AHROR (arabcha)- mehru muruvvatli, marxamatli.

B harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

BADRIDDIN ismining ma’nosi

BADRIDDIN (arabcha) – dinning to’lin oyi.

BARNO ismining ma’nosi

BARNO (fors tojik) – kelishgan, chiroyli.

BASANDA ismining ma’nosi

BASANDA (fors tojik) – oilada ketma-ket qizlar tug’ilsa, endi yetarli bo’ldi, endi kiz bola tugidishi to’xtasin, degan ma’noda ushbu ism qo’yilgan.

BAXTIYOR ismining ma’nosi

BAXTIYOR (fors tojik) – baxt-saodat, quvonch yor bo’lsin.

BAHODIR ismining ma’nosi

BAHODIR (fors tojik) – botir, kuch-qudratli.

BAHOR ismining ma’nosi

BAHOR (fors tojik) – bahorda tug’ilgan farzand yoki hayotda bahordek go’zal, chiroyli, fayzli bo’lsin.

BAHRIDDIN ismining ma’nosi

BAHRIDDIN (arabcha) – dinning nuri, shu’lasi.

BAHROM ismining ma’nosi

BAHROM (fors tojik) — Mirrix (Mars) sayyorasining nomi bo’lib, u qadimdan baxt va saodat timsoli sifatida tarannum etilgan, shu bilan bir qatorda qadimgi eron shohlaridan biri bo’lgan Bahromga xam nisbat berilib, kuch-qudrat sohibi bo’lsin, degan ma’noda xam ushbu nom bolaga berilgan.

BEKZOD ismining ma’nosi

BEKZOD (o’zbekchafors tojik) – beklar avlodidan bo’lgan bola yoki bek farzandi, bolasi.

BEKMUROD ismining ma’nosi

BEKMUROD (o’zbekcha-arabcha) – beklar avlodidan bo’lgan bola ulgayib, orzu maqsadiga yetsin.

BERDIMUROD ismining ma’nosi

BERDIMUROD (o’zbekchaa,) – Alloh bizga o’g’il ato kilib, orzu maqsadimizga yetkazdi yeki Alloh bergan bola voyaga yetib, murod-maqsadiga erishsin.

BEHZOD ismining ma’nosi

BEHZOD (fors tojik)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.

BEHRUZ ismining ma’nosi

BEHRUZ (fors tojik)- baxt-saodatli kunda tug’ilgan bola.

BIBIXOL ismining ma’nosi

BIBIXOL (o’zbekcha-fors tojik) – xol bilan tug’ilgan, e’tiborli aslzoda qiz.

BINAFSHA ismining ma’nosi

BINAFSHA (o’zbekcha)- binafshadek nafosatli, suluv, ko’rkam

BOBUR ismining ma’nosi

BOBUR (o’zbekcha)- yo’lbars.

BOZOR ismining ma’nosi

BOZOR (fors tojik) – bozor kuni tug’ilgan bola.

BOYMUROD ismining ma’nosi

BOYMUROD(o’zbekcha-arabcha) – boy-badavlat bola, ulg’ayib orzu murodiga yetsin.

BOYQOBIL ismining ma’nosi

BOYQOBIL (o’zbekcha-arabcha)- es-hushli, aqlli, mo’min-qobil bola, ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.

BOLTA ismining ma’nosi

BOLTA (o’zbekcha)- kindigi bolta bilan kesilgan bola yoki boltadek keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.

BOTIR ismining ma’nosi

BOTIR(o’zbekchamo’g.) – mard, pahlavon, dovyurak, jasur.

BO’RI ismining ma’nosi

BO’RI (o’zbekcha)- tug’ilganda tishi mavjud bo’lg’an bola.

D harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

DAVLAT ismining ma’nosi

DAVLAT (arabcha) – davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin.

DAVRON ismining ma’nosi

DAVRON (arabcha) – davrining, zamonasining baxtiyor farzandi bo’lsin.

DILAFRO’Z ismining ma’nosi

DILAFRO’Z (fors tojik) – ko’ngilni yorituvchi, qalbni quvonchga to’ldiruvchi zebo qiz.

DILBAR ismining ma’nosi

DILBAR (fors tojik) – ko’ngilni oluvchi, suyukli, go’zal.

DILMUROD ismining ma’nosi

DILMUROD (fors tojik-arabcha) – dildagi murodga, orzuga yetkazgan bola.

DILNAVOZ ismining ma’nosi

DILNAVOZ (fors tojik) – dilni erkalovchi, ko’ngilga zavqu shavq bag’ishlovchi sevimli zebo qiz.

DILNOZ ismining ma’nosi

DILNOZ (fors tojik) – nozik qalb sohibi.

DILOVAR ismining ma’nosi

DILOVAR (fors tojik) – jasur, qo’rqmas, dovyurak, shijoatli.

DILORO ismining ma’nosi

DILORO (fors tojik) – ko’ngilni bezovchi, dilga oro beruvchi qiz.

DILOROM ismining ma’nosi

DILOROM (fors tojik) – dilga orom beruvchi, ko’ngilga taskinva huzur-xalovat baxsh etuvchi.

DILRABO ismining ma’nosi

DILRABO (fors tojik) – ko’ngilni jalb qiluvchi, dilni tortuvchi, suyukli, go’zal qiz.

DILSHOD ismining ma’nosi

DILSHOD (fors tojik) – dili shod bo’lib yursin yoki qalblarga sevinch, shodu xurramlik baxsh etgan bola.

DURDONA ismining ma’nosi

DURDONA (a-fors tojik) – inju, dur donasidek bebaho, qadrli, chiroyli qiz.

E harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

ELBEK ismining ma’nosi

ELBEK (o’zbekcha) – ulgayib elning bega, sardori, yo’lboshchisi bo’lsin.

ELDOR ismining ma’nosi

ELDOR (o’zbekcha-fors tojik) – ulg’ayib yuqori martabalar egasi, elning yo’lboshchisi, rahnamosi, hukmdori bo’lsin.

ELMUROD ismining ma’nosi

ELMUROD (o’zbekchaa-.)- el orzu qilgan farzand bo’lsin, elini orzu-murodiga erishtirsin.

ERALI ismining ma’nosi

ERALI (o’zbekcha-arabcha) – jasur, doyyurak, mard bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovatli bo’lsin. ERGASH (o’zbekcha) – aka va opalariga ergashib yursin.

ERKIN ismining ma’nosi

ERKIN (o’zbekcha) – erkin, ozod, hur bola.

ESON ismining ma’nosi

ESON (o’zbekcha) – sog’-salomat, omon-eson o’ssin.

ESHBEK ismining ma’nosi

ESHBEK (o’zbekcha) – beklar naslidan bo’lgan bola ulg’ayib, aka-ukalariga hamdam, esh, hamnafas bo’lsin.

ESHBO’RI ismining ma’nosi

ESHBO’RI (o’zbekcha) – bo’ri hamrohi, yo’ldoshi bo’lib, unn yomon kuchlardan, yovuz ruhlardan himoya qilsin, asrasin.

ESHDABLAT ismining ma’nosi

ESHDABLAT (o’zbekcha-arabcha) – mol-dunyo, davlatga erishib, boy-badavlat bo’lsin, rizqi butun bo’lib, baxtli, totuv hayot kechirsin.

ESHMUROD ismining ma’nosi

ESHMUROD (o’zbekcha-arabcha) – orzu kdyaingan hamroh yoki orzusiga hamroh bo’lib, murod-maqsadiga yetsin.

ESHQOBIL ismining ma’nosi

ESHQOBIL (o’zbekcha) – odobli, es-hushli, qobil bola, aka- ukalariga yo’ldosh, hamdam, esh bo’lsin.

E’ZOZ ismining ma’nosi

E’ZOZ (arabcha) – e’tiborga, hurmat-ehgiromga sazovor bo’lgan qadrli, qimmatli, suyukli bola.

EHSON ismining ma’nosi

EHSON (arabcha) – sovg’a, tuhfa.

F harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

FAZILAT ismining ma’nosi

FAZILAT (arabcha) – yaxshi xislatli.

FAZLIDDIN ismining ma’nosi

FAZLIDDIN (arabcha) – dinning fazli, kamoli.

FAYZULLOH ismining ma’nosi

FAYZULLOH (arabcha) – Allohning marhamati yoki Alloxning rizqu nasibali, omadli bandasi.

FARANGIZ ismining ma’nosi

FARANGIZ (fors tojik) – nur taratuvchi, shu’la sochuvchi go’zal qiz.

FARID ismining ma’nosi

FARID (arabcha) – yakka, yagona.

FARIDA ismining ma’nosi

FARIDA (arabcha) – yakka, yagona, tengsiz qiz.

FARMON ismining ma’nosi

FARMON (fors tojik) – buyruq, Allohning farmoni, amri bilan dunyoga kelgan bola.

FARORAT ismining ma’nosi

FARORAT (arabcha) – huzur-xalovat, rohat-farog’atda yashasin.

FARRUX ismining ma’nosi

FARRUX (fors tojik) – yuzidan nur yogaluvchi, ochiq chehrali, chiroyli, ko’rkam.

FAXRIDDIN ismining ma’nosi

FAXRIDDIN (arabcha) – dinning faxri, g’ururi.

FERUZ ismining ma’nosi

FERUZ (fors tojik) – yengilmas, yulib.

FERUZA ismining ma’nosi

FERUZA (fors tojik) – g’olib, iqboli baland zebo qiz.

FIRUZ ismining ma’nosi

FIRUZ (fors tojik) – saodatli, iqboli porloq yoki yengilmas, g’olib,

FIRUZA ismining ma’nosi

FIRUZA (fors tojik) – saodatli yoki firuzadek bebaho, qimmatli, go’zal, zebo qiz yoki nurli, yuzidan nur taraluvchi.

FOZIL ismining ma’nosi

FOZIL (arabcha) – bilimdon, dono, zukko.

FOZILA ismining ma’nosi

FOZILA (arabcha) – bilimli, zukko qiz.

G harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

GAVHAR ismining ma’nosi

GAVHAR (fors tojik) – gavhardek qimmatli, bebaho, asl, zebo qiz.

GAVHARSHOD ismining ma’nosi

GAVHARSHOD(fors tojik) – gavhardek bebaho, qimmatli, qadrli, quvnoq, shodu xurram zebo qiz.

GULANDOM ismining ma’nosi

GULANDOM (fors tojik) – gulbadan, nozik, go’zal qiz.

GULASAL ismining ma’nosi

GULASAL (fors tojik-arabcha) – guldek chiroyli, nafis, asaldek shirin, totli, sevimli qiz.

GULJAMOL ismining ma’nosi

GULJAMOL (fors tojik-arabcha) – husni jamoli guldek zebo qiz.

GULJAHON ismining ma’nosi

GULJAHON (fors tojik)- jahonning guldek go’zal qizi.

GULNOZ ismining ma’nosi

GULNOZ (fors tojik) – guldek nozik va nozli go’zal qiz.

GULRUH ismining ma’nosi

GULRUH (fors tojik) – yuzi guldek go’zal qiz.

GULCHEHRA ismining ma’nosi

GULCHEHRA (fors tojik) – gulyuzli, chiroyli qiz.

GULSHAN ismining ma’nosi

GULSHAN (fors tojik) – hayoti gulzordek fayzu tarovatli bo’lsin.

GULSHOD ismining ma’nosi

GULSHOD (fors tojik) – guldek go’zal, suluv, shodu xurram

GO’ZAL ismining ma’nosi

GO’ZAL (o’zbekcha) – zebo, suluv, chiroyli

H harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

HABIB ismining ma’nosi

HABIB (arabcha) – suyukli do’st, qadrdon, g’amxo’r.

HABIBA ismining ma’nosi

HABIBA (arabcha) – sevimli, mehribon, qadrli qiz.

HABIBULLOH ismining ma’nosi

HABIBULLOH (arabcha) – Allohning suyukli do’sti.

HAYDAR ismining ma’nosi

HAYDAR (arabcha) – arslon, qo’rqmas, jasur, kuchli, qudratli bola bo’lsin.

HAYIT ismining ma’nosi

HAYIT (arabcha) – hayit bayrami kunlarida tug’ilgan bola.

HAYITALI ismining ma’nosi

HAYITALI (arabcha) – hayit bayrami kunlarida dunyoga kelgan bola Ali kabi zo’r inson bo’lib yetishsin.

HAYITGUL ismining ma’nosi

HAYITGUL (arabcha-fors tojik) – hayit kunida tug’ilgan, guldek chiroyli, zebo qiz.

HAYITMUROD ismining ma’nosi

HAYITMUROD (arabcha) – hayit kunida farzandli bo’lib, orzumizga erishdik yoki hayit kunida tug’ilgan bola murod-maqsadiga yetsin.

HALIMA ismining ma’nosi

HALIMA (arabcha) – rahmdil, shafqatli, muloyim tabiatli, beozor, suyukli qiz.

HAMDAM ismining ma’nosi

HAMDAM (fors tojik) – sodiq do’st, o’rtoq, aka-ukalariga, otasiga hamdam, madadkor, esh bo’lsin.

HAMID ismining ma’nosi

HAMID (arabcha) – Alloh taologa hamdu sano aytuvchi.

HAMIDA ismining ma’nosi

HAMIDA (arabcha) – Allohga shukur qiluvchi, hamdu sano aytuvchi yoki maqtovga sazovor qiz.

HAMIDULLOH ismining ma’nosi

HAMIDULLOH (arabcha) – Allohning maqtoviga sazovor, a’lo bandasi.

HAMRO(H) ismining ma’nosi

HAMRO(H) (fors tojik) – hamdam, sherik

HASAN ismining ma’nosi

HASAN (arabcha) – chiroyli, a’lo, go’zal.

HASANALI ismining ma’nosi

HASANALI (arabcha) – chiroyli, ko’rkam bola Aliga o’xshagan yaxshi odam bo’lsin.

HASANXO’JA ismining ma’nosi

HASANXO’JA (arabcha-fors tojik) – xo’jalar avlodiga mansub chiroyli, ko’rkam bola.

HOJI ismining ma’nosi

HOJI (arabcha) -muqaddas haj ziyoratida bo’lgan ziyoratchi.

HOJIMUROD ismining ma’nosi

HOJIMUROD (arabcha) – hoji erishtirgan orzu-murod yoki ulg’ayib hoji bo’lsin, murod-maqsadiga yetsin.

HOTAM ismining ma’nosi

HOTAM (arabcha) – oliyhimmat, saxovatpesha bola.

HULKAR ismining ma’nosi

HULKAR (o’zbekcha) – Surayyo yulduzidek yorug’ yuzli, chiroyli go’zal qiz yoki iqboli surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.

HUMOYUN ismining ma’nosi

HUMOYUN (fors tojik) – muborak, qutlug’.

I harfi bilan boshlanadigan ismlar ma’nosi

IBODAT ismining ma’nosi

IBODAT (arabcha) – toat-ibodat qilish, Xudoga sig’inuvchi, Unga bo’ysunuvchi yoki ibodat paytida tug’ilgan qiz.

IBODULLOH ismining ma’nosi

IBODULLOH (arabcha) – Allohning bandalari, qullari.

IBROHIM ismining ma’nosi

IBROHIM (qadimiyyahudiycha) – xalqlarning otasi.

IZZATULLOH ismining ma’nosi

IZZATULLOH (arabcha) – Allohning hurmat-izzatli bandasi bo’lsin.

ILHOM ismining ma’nosi

ILHOM (arabcha) – ruhiy ko’tarinkilik, ruhlanish, avjlanish.

IMOM ismining ma’nosi

IMOM (arabcha) – oldinda turuvchi peshvo, diniy rahnamo.

INTIZOR ismining ma’nosi

INTIZOR (arabcha) – intizor bo’lib ko’pdan orziqib kutilgan qiz.

IRODA ismining ma’nosi

IRODA (arabcha) – Xudoning irodasi bilan dunyoga keltan qiz.

ISKANDAR ismining ma’nosi

ISKANDAR (yunoncha) – qo’rkmas, dovyurak, jasur, mardlarnish sardori, boshlish.

ISLOM ismining ma’nosi

ISLOM (arabcha) – bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy.

ISMOIL ismining ma’nosi

ISMOIL (qadimiyyahudiycha) – Xudo eshitdi; Xudodan so’rab olingan bola

ISROIL ismining ma’nosi

ISROIL (qadimiyyahudiycha) – Allohga itoat qiluvchi, Alloh yo’lida kurashchi.

IXTIYOR ismining ma’nosi

IXTIYOR (arabcha) – ixtiyori, erki o’zida, hur, ozod.

IQBOL ismining ma’nosi

IQBOL (arabcha) – baxtu saodat, yorug’ kelajak, hayot.

J harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

JAVLON ismining ma’nosi

JAVLON (arabcha) – chaqqon, chiroyli, shahdam qadam tashlovchi.

JALOL ismining ma’nosi

JALOL (arabcha) – ulug’, buyuk, ko’rkam.

JALOLIDDIN ismining ma’nosi

JALOLIDDIN (arabcha) – dinning ulug’vorligi yoki dinning yuksak namoyandasi.

JAMOL ismining ma’nosi

JAMOL (arabcha) – chiroyli, ko’rkam bola.

JAMSHID ismining ma’nosi

JAMSHID (fors tojik) – buyuk, qudratli.

JASUR ismining ma’nosi

JASUR (arabcha) – dovyurak, qurqmas, jasoratli.

JAHONGIR ismining ma’nosi

JAHONGIR (fors tojik) – jahonni zabt etuvchi, fotih.

JUMA ismining ma’nosi

JUMA (arabcha) – juma kuni tug’ilgan bola.

JUMAGUL ismining ma’nosi

JUMAGUL (arabcha-fors tojik) -juma kuni tug’ilgan, guldek chiroyli suluv qiz.

JUMAQUL ismining ma’nosi

JUMAQUL (arabcha-o’zbekcha)- Allohning juma kuni tug’ilgan bandasi

JUMANAZAR ismining ma’nosi

JUMANAZAR (arabcha) – juma kuni berilgan tuhfa.

JO’RA ismining ma’nosi

JO’RA (fors tojik) – do’st, o’rtoq, hamdam.

K harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

KAMOL ismining ma’nosi

KAMOL (arabcha) – yetuk.

KAMOLIDDIN ismining ma’nosi

KAMOLIDDIN (arabcha) – dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamol, yetuk namoyandasi.

KOMIL ismining ma’nosi

KOMIL (arabcha) – yetuk, mukammal.

KAMOLA ismining ma’nosi

KAMOLA (arabcha) – yetuk, barkamol qiz.

KOMRON ismining ma’nosi

KOMRON (fors tojik) – maqsadga erishuvchi, saodatmand, kudratli, omadli, tolei porloq.

KUMUSH ismining ma’nosi

KUMUSH (o’zbekcha) – kumushdek bebaho, qimmatbaho, qadrli, suluv qiz.

L harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

LAYLI ismining ma’nosi

LAYLI (arabcha) – tun qizi, tunda tug’ilgan qiz.

LATIFA ismining ma’nosi

LATIFA (arabcha) – mehribon, muloyim qiz.

LATOFAT ismining ma’nosi

LATOFAT (arabcha) – latofatli, pokiza, shafqatli, zebo qiz.

LOBAR ismining ma’nosi

LOBAR (arabcha) – chiroyli, kelishgan, yokzimli, dilkash qiz.

LOLA ismining ma’nosi

LOLA (fors tojik) – loladek nafosatli,chiroyli, ko’rkam, go’zal

LUTFIYA ismining ma’nosi

LUTFIYA (arabcha) – muruvvatli, mehrli, suluv qiz

LUTFULLOH ismining ma’nosi

LUTFULLOH (arabcha) – Allohning lutfu ehsoni, muruvvati, marhamati.

M harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

MAVJUDA ismining ma’nosi

MAVJUDA (arabcha) – yaratilgan, bor, barhayot.

MAVLUDA ismining ma’nosi

MAVLUDA (arabcha) – xosiyatli, muqaddas kunda dunyoga kelgan qiz.

MADINA ismining ma’nosi

MADINA (arabcha) – bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan.

MALIKA ismining ma’nosi

MALIKA (arabcha) – malika yoki shoh avlodidan bo’lgan ayol.

MALOHAT ismining ma’nosi

MALOHAT (arabcha) – ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.

MASTURA ismining ma’nosi

MASTURA (arabcha) – pardali, iffatli, pokiza qiz.

MATLUBA ismining ma’nosi

MATLUBA (arabcha) – iltijo qilib so’rab olingan qiz.

MAFTUNA ismining ma’nosi

MAFTUNA (arabcha) – maftun qiluvchi, jozibali, dilkash qiz.

MAHBUBA ismining ma’nosi

MAHBUBA (arabcha) – sevilgan, suyukli, dilbar qiz.

MAHLIYO ismining ma’nosi

MAHLIYO (arabcha) – o’ziga jalb etuvchi, ko’ngilni rom qiluvchi, sehrlovchi, nazokatli, jozibali, suluv qiz.

MAHMUD ismining ma’nosi

MAHMUD (arabcha) – maqtalgan, maqtovga loyiq.

MEHRINISO ismining ma’nosi

MEHRINISO – ayollarning quyoshi.

MIRZA ismining ma’nosi

MIRZA (fors tojik) – savodli, o’qimishli bilimdon bo’lib o’ssin.

MOHIGUL ismining ma’nosi

MOHIGUL (fors tojik) – oydek suluv, chiroyli va tuldek go’zal qiz.

MOHIDIL ismining ma’nosi

MOHIDIL (fors tojik) – ko’ngilning oyi yoki ko’nglimizni oydek yeritgan, nurga to’ldirgan suluv qiz.

MOHINUR ismining ma’nosi

MOHINUR (fors tojik(arabcha) – oy nuridek pokiza, suluv qiz.

MOHIRA ismining ma’nosi

MOHIRA (arabcha) – mahoratli, pishiq qiz.

MUAZZAM ismining ma’nosi

MUAZZAM (arabcha) – azim, ulug’, buyuk.

MUATTAR ismining ma’nosi

MUATTAR (arabcha) – xushbo’y xid taratuvchi.

MUBORAK ismining ma’nosi

MUBORAK (arabcha) – qutlug’, saodatli.

MUZAFFAR ismining ma’nosi

MUZAFFAR (arabcha) – zafar qozonuvchi, g’alabaga erishuvchi, golib.

MUNAVVAR ismining ma’nosi

MUNAVVAR (arabcha) – nurli, yorug’.

MUNIRA ismining ma’nosi

MUNIRA (arabcha) – nur sochuvchi, yuzidan nur taraluvchi, nurli, zebo qiz.

MUNIS ismining ma’nosi

MUNIS (arabcha) – do’st, hamdam.

MUROD ismining ma’nosi

MUROD (arabcha) – ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki orzu, murodga erishtirgan bola.

MUSALLAM ismining ma’nosi

MUSALLAM (arabcha)- bo’ysunuvchi, itoatkor.

MUSULMON ismining ma’nosi

MUSULMON (arabcha) – Islom diniga e’tiqod qiluvchi, iymonli, xudojoy.

MUXTOR ismining ma’nosi

MUXTOR (arabcha) – tanlangan, saylangan, erkin, ozod.

MUSHARRAF ismining ma’nosi

MUSHARRAF (arabcha) – sharaflangan, sharafli, hurmat-ehtiromga erishgan.

MUYASSAR ismining ma’nosi

MUYASSAR (arabcha) – Alloh yetkazgan, muyassar qilg’an farzand.

MUQADDAM ismining ma’nosi

MUQADDAM (arabcha) – birinchi farzand.

MUQADDAS ismining ma’nosi

MUQADDAS (arabcha) – qutlug’, tabarruk, muqaddas, aziz.

MUHAMMAD ismining ma’nosi

MUHAMMAD (arabcha) – maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.

MUHARRAM ismining ma’nosi

MUHARRAM (arabcha) – muxarrram oyida dunyoga kelgan bola.

MUHTARAM ismining ma’nosi

MUHTARAM (arabcha) -eng hurmatli, e’zozli.

N harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

NAVRO’Z ismining ma’nosi

NAVRO’Z (fors tojik) – yangi kun, yangi kunda – Navro’z kuni tug’ilgan bola.

NAJMIDDIN ismining ma’nosi

NAJMIDDIN (arabcha) – dinning yulduzi, dinning iqboli.

NAZAR ismining ma’nosi

NAZAR (arabcha) – Alloh nazar qilgan, Allohning nazari tushgan bola.

NAZIRA ismining ma’nosi

NAZIRA (arabcha) – avliyolar, eshonlarga nazir qilingan, bag’ishlangan qiz.

NAZIFA ismining ma’nosi

NAZIFA (arabcha) – pokiza.

NAZOKAT ismining ma’nosi

NAZOKAT (arabcha) – noziklik, nozik tabiatli, nozanin suluv qiz.

NAZRULLOH ismining ma’nosi

NAZRULLOH (arabcha) – Allohga nazr qilngan, bag’ishlangan bola.

NAMOZ ismining ma’nosi

NAMOZ (fors tojik) – namoz vaqtida tug’ilgan bola.

NARGIZ ismining ma’nosi

NARGIZ (arabcha) – nargisdek nafosatli, nozik, go’zal qiz.

NARIMON ismining ma’nosi

NARIMON (arabcha-fors tojik) – jasur, qo’rqmas, kuch-qudratli.

NASIBA ismining ma’nosi

NASIBA (arabcha) -rizqi butun, nasibali qiz bo’lsin.

NASIM ismining ma’nosi

NASIM (arabcha) – tong payti esgan shabadadek yumshoq ko’ngilli, muloyim tabiatli, yoqimli bola.

NASIMA ismining ma’nosi

NASIMA (arabcha) – tong shamolidek yoqimli, huzurbaxsh, muloyim tabiatli, yumshoq ko’ngil, pokiza, nafosatli

NASRIDDIN ismining ma’nosi

NASRIDDIN (arabcha) – dinning yordami, ko’magi.

NE’MAT ismining ma’nosi

NE’MAT (arabcha) – rizqi butun, nasibasi to’kis bo’lsin.

NE’MATULLOH ismining ma’nosi

NE’MATULLOH (arabcha) – Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati.

NIGINA ismining ma’nosi

NIGINA (fors tojik) – uzuk, qimmatbaho uzuqdek bebaho, aziz, go’zal qiz.

NIGORA ismining ma’nosi

NIGORA (fors tojik) – chiroyli yuzli, zebo, tengsiz husn sohibasi.

NIZOM ismining ma’nosi

NIZOM (arabcha) – tartib-intizomli,odob-axloqli bola bo’lsin.

NIZOMIDDIN ismining ma’nosi

NIZOMIDDIN (arabcha) – diniy ilmlarni, tartib-qoidalarni mukammal biluvchi, din rivojiga hissa qo’shuvchi.

NILUFAR ismining ma’nosi

NILUFAR (hindcha) – nilufardek nafosatli, nozik va zebo qiz.

NISHON ismining ma’nosi

NISHON (fors tojik) – bola tug’ilganda uning badanida biron xil belgi bo’lsa yoki otasidan nishona bo’lsin degan ma’noda ushbu ism ko’yiladi.

NODIR ismining ma’nosi

NODIR (arabcha) – noyob, qimmatbaho, qadrli bola.

NODIRA ismining ma’nosi

NODIRA (arabcha) – tengsiz, bebaho, benazir, beqiyos go’zallik sohibasi.

NORBOY ismining ma’nosi

NORBOY (fors tojik-o’zbekcha) qizil xolli bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.

NORMUROD ismining ma’nosi

NORMUROD (fors tojik-arabcha) – qizil xolli bola orzu murodlarimizga erishtirdi yoki qizil xolli bola sog’-omon ulg’ayib istagiga, murodiga yetsin.

NORMUHAMMAD ismining ma’nosi

NORMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) – qizil xolli bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratdashafoat qilsinlar.

NORMO’MIN ismining ma’nosi

NORMO’MIN (fors tojik-arabcha) – qizil xolli bola, aklli, dono, mo’min-qobil bo’lsin

NOROY ismining ma’nosi

NOROY (fors tojik-o’zbekcha) – qizil xol bilan tug’ilgan, oydek zebo, ko’rkam qiz.

NORTOJI ismining ma’nosi

NORTOJI (fors tojik) – qizil xolli bola.

NORXOL ismining ma’nosi

NORXOL (fors tojik) – badanida qizil xol bilan tug’ilgan qiz.

NORQOBIL ismining ma’nosi

NORQOBIL (fors tojik-arabcha) qizil xol bilan tug’ilgan bola, ulg’ayib qobil bo’lsin.

NOSIR ismining ma’nosi

NOSIR (arabcha) – yordam beruvchi, g’olib.

NURBBK ismining ma’nosi

NURBBK (arabcha-o’zbekcha) – beklar avlodiga mansub bo’lgan tolei nurli, iqboli porloq bola.

NO’RJAMOL ismining ma’nosi

NO’RJAMOL (arabcha) -nur yuzli, chiroyli, go’zal qiz.

NURIDDIN ismining ma’nosi

NURIDDIN (arabcha) – dinning nuri, ziyosi, mash’ali.

NURULLOH ismining ma’nosi

NURULLOH (arabcha) – Allohning nuri, ziyosi, yog’dusi.

NUSRAT ismining ma’nosi

NUSRAT (arabcha) – yordam beruvchi, ko’mak beruvchi, golib.

NUSRATULLOH ismining ma’nosi

NUSRATULLOH (arabcha) – Allohning ko’magi, muruvvati.

O harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

OBID ismining ma’nosi

OBID (arabcha) – Alloxga sig’inuvchi, Unga ibodat qiluvchi.

OBIDA ismining ma’nosi

OBIDA (arabcha) – Alloxga ibodat qiluvchi, taqvodor qiz.

OBOD ismining ma’nosi

OBOD (fors tojik) – hayoti obod, serfayz, nasibasi butun bo’lsin.

ODIL ismining ma’nosi

ODIL (arabcha) – adolatli, haqgo’y.

ODINA ismining ma’nosi

ODINA (fors tojik) – xosiyatli bo’lgan, muborak kun hisoblashan juma kunida tug’ilgan bola.

OZOD ismining ma’nosi

OZOD (fors tojik) – ozod, hur, erkin.

OZODA ismining ma’nosi

OZODA (fors tojik) – hur, erkin, pokiza qiz.

OZODBEK ismining ma’nosi

OZODBEK (fors tojik-o’zbekcha) – beklar avlodiga mansub bo’lgan hur, erkin,saodatmand bola.

OYGUL ismining ma’nosi

OYGUL (o’zbekcha-fors tojik) – oydek chiroyli, suluv, guldek chiroyli qiz.

OYDIN ismining ma’nosi

OYDIN (o’zbekcha) – oydin, yorug’ kechada tug’ilgan qiz yoki xayoti nurli, iqboli porloq, charog’on bo’lsin.

OYJAMOL ismining ma’nosi

OYJAMOL (o’zbekcha-arabcha) – oydek go’zal husn sohibasi, oy yuzli zebo qiz.

OYNISA ismining ma’nosi

OYNISA (o’zbekcha-arabcha) – ayollarning oydek suluvi, zebosi.

OYSHA ismining ma’nosi

OYSHA (arabcha) – barhayot yashovchi.

OLIM ismining ma’nosi

OLIM (arabcha) – ilm soxibi.

OLIMA ismining ma’nosi

OLIMA (arabcha) – ilmli, bilimdon qiz.

OLIYA ismining ma’nosi

OLIYA (arabcha) – oliy, ulug’, yuksak martabali.

OLLOYOR ismining ma’nosi

OLLOYOR (arabcha-fors tojik) – Alloh yor, madadkor bo’lsin, xamisha hamdam, hamroh bo’lsin, qo’llab o’z panohida asrasin.

OMON ismining ma’nosi

OMON (arabcha) – o’sib, ulg’ayib sog’-omon bo’lsin.

OMONULLOH ismining ma’nosi

OMONULLOH (arabcha) -Allohning o’zi xar qanday xavf-xatar va ofatlarddn omonsaqlaydigan bola.

ORZIGUL ismining ma’nosi

ORZIGUL (fors tojik) – orzu qilib ertpilgan guldek suluv, dilrabo qiz.

ORZU ismining ma’nosi

ORZU (fors tojik) – ota-onasini orzusiga erishtirgan, maqsadiga yetkazg’an yoki orziqib kutilgan bola.

ORIF ismining ma’nosi

ORIF (arabcha) – ma’rifatli, bilimli, aqlli, Allohni tanigan xudojo’y, taqvodor.

ORTIQ ismining ma’nosi

ORTIQ (o’zbekcha) – badanida biror ortiqcha a’zo bilan tug’ilgan bola.

OTABEK ismining ma’nosi

OTABEK (o’zbekcha) – beklarning boshlig’i, sardori.

OQIL ismining ma’nosi

OQIL (arabcha) – aqlli, dono, zukko.OQILA (arabcha) – aqlli, zukko, dono qiz.

P harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

PANJI ismining ma’nosi

PANJI (fors tojik) – odatda oiladagi beshinchi bolaga ushbu nom qo’yiladi. Panj-besh ma’nosini anglatadi.

PARDA ismining ma’nosi

PARDA (fors tojik) – parda bilan tug’ilgan bola.

PO’LAT ismining ma’nosi

PO’LAT (fors tojik) – po’latdan kuchli, irodali, mustahkam bo’lib ulg’aysin.

Q harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

QALDIRG’OCH ismining ma’nosi

QALDIRG’OCH (o’zbekcha) – qaldirg’ochning qanotidek nozik, ingichka qoshli, suluv, go’zal qiz.

QAMBAR ismining ma’nosi

QAMBAR (arabcha) – to’rg’ay.

QAHRAMON ismining ma’nosi

QAHRAMON (fors tojik) – dovyurak, jasur, qudratli, ko’rqmas.

QILICH ismining ma’nosi

QILICH (o’zbekcha) – kindigi qilich bilan kesilgan bola yoki qilichday keskir, o’tkir, mustahkam bo’lsin.

QUDRAT ismining ma’nosi

QUDRAT (arabcha) – kuchli, qudratli.

QUDRATULLOH ismining ma’nosi

QUDRATULLOH (arabcha) – Allohning qudrati bilan dunyoga kelgan bola yoki Allohning qudratli, kuchli bandasi bo’lsin.

QUNDUZ ismining ma’nosi

QUNDUZ (o’zbekcha) – qunduzdek chiroyli, zebo qiz.

QUNDUZOY ismining ma’nosi

QUNDUZOY (o’zbekcha) – qunduzdek go’zal, oydek suluv, zebo qiz

QURBON ismining ma’nosi

QURBON (arabcha) – Qurbon oyida tug’ilgan bola.

QURBONALI ismining ma’nosi

QURBONALI (arabcha) – Qurbon oyida dunyoga kelgan bola Alidek kuch-qudrat, akl-zakovatli bo’lsin.

QURBONNAZAR ismining ma’nosi

QURBONNAZAR (arabcha) – Qurbon oyida tug’ilgan, Xudoning nazari tushgan bola.

QURBONOY ismining ma’nosi

QURBONOY (arabcha-o’zbekcha) – Qurbon oyida tug’ilgan oydek go’zal, suluv qiz.

QUTBIDDIN ismining ma’nosi

QUTBIDDIN (arabcha) – dinning asosi, tayanchi.

QUTLI ismining ma’nosi

QUTLI (o’zbekcha) – baxtli, saodatmand, iqboli porloq.

QUTLIBEKA ismining ma’nosi

QUTLIBEKA (o’zbekcha) – baxtli,saodatli, iqboli porloq oliynasab qiz.

QO’LDOSH ismining ma’nosi

QO’LDOSH (o’zbekcha) – ko’makchi, do’st, hamdam.

QO’ChQOR ismining ma’nosi

QO’ChQOR (o’zbekcha) – moyagi, erkaklik tuxumi katta bo’lib tug’ilgan yoki peshonasi do’ng yoxud qo’chqordek kuchli bola.

QO’SHOQ ismining ma’nosi

QO’SHOQ (o’zbekcha) – badanida qo’shimcha a’zo bilan tug’ilgan bola.

R harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

RAVSHAN ismining ma’nosi

RAVSHAN (fors tojik) – nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin.

RAJAB ismining ma’nosi

RAJAB (arabcha) – Rajab oyida, ya’ni hijriy yilning yettinchi oyida tug’ilgan bola.

RAMAZON ismining ma’nosi

RAMAZON (arabcha) – qutlug’, muborak oy hisoblanmish qamariy yilning 9 oyida tug’ilgan bola.

RAMZIDDIN ismining ma’nosi

RAMZIDDIN (arabcha) – dinning ramzi, timsoli.

RASUL ismining ma’nosi

RASUL (arabcha) -Allohning elchisi.

RA’NO ismining ma’nosi

RA’NO (arabcha) – ra’noguddek suluv, chiroyli, purlatofat qiz.

RAHMAT ismining ma’nosi

RAHMAT (arabcha) – mehribon, rahmdil, shafqatli.

RAHMATULLOH ismining ma’nosi

RAHMATULLOH (arabcha) – Allohning rahmati, muruvvati, marhamati bilan dunyoga kelgan bola.

RIZO ismining ma’nosi

RIZO (arabcha) – rozilik.

ROBIYA ismining ma’nosi

ROBIYA (arabcha) – oiladagi to’rtinchi farzand.

ROZIYA ismining ma’nosi

ROZIYA (arabcha) – rozilik, mamnunlik, shukronalik baxsh etgan, suyukli, yoqimtoy, dilkash qiz.

ROHAT ismining ma’nosi

ROHAT (arabcha) tinch-omon, rohatda, huzur-halovatda yashasin.

RUSLAN ismining ma’nosi

RUSLAN (fors tojik) – arslon, qo’rqmas, jasur, qudratli, dovyurak.

RUSTAM ismining ma’nosi

RUSTAM (pahlaviycha) – kuch-qudratli, botir, yengilmas, dovyurak jasur, matonatli.

RUXSHONA ismining ma’nosi

RUXSHONA (fors tojik) – chiroyli, go’zal yuzli, ko’rkam, suluv

RO’ZI ismining ma’nosi

RO’ZI (fors tojik) – rizqi butun, nasibali, baxt-saodatli bo’lsin.

RO’ZIMUROD ismining ma’nosi

RO’ZIMUROD (fors tojik(arabcha) – rizq-nasibali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.

RO’ZIMUHAMMAD ismining ma’nosi

RO’ZIMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) – rizqli, nasibali bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam)oxiratda shafoat qilsinlar.

RUZIXOL ismining ma’nosi

RUZIXOL (fors tojik) – rizqli, nasibali, xol bilan tug’ilgan qiz,

S harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

SADOQAT ismining ma’nosi

SADOQAT (arabcha) – sodiq, sadoqatli, vafodor.

SADRIDDIN ismining ma’nosi

SADRIDDIN (arabcha) – dinning baland martabali, yuqori mavqega ega rahnamosi, dinning ulug’ namoyandasi.

SAID ismining ma’nosi

SAID (arabcha) – baxt saodatli.

SAIDA ismining ma’nosi

SAIDA (arabcha) – omadli, baxtli, saodatli.

SAIDOLIM ismining ma’nosi

SAIDOLIM (arabcha) – saodatli ilm sohibi, olim inson.

SAYID ismining ma’nosi

SAYID (arabcha) – ega, boshliq, rahnamo, aslzoda, oliynasab.

SAYIDA ismining ma’nosi

SAYIDA (arabcha) – oliynasab sayidlar avlodiga mansub qiz.

SAYIDBEK ismining ma’nosi

SAYIDBEK (arabcha) – ayolzoda, oliynasab beklar avlodidan bo’lgan bola.

SAYIDMUROD ismining ma’nosi

SAYIDMUROD (arabcha) – oliy nasab, aslzoda, sayidlar avlodiga mansub bola. Ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.

SAYFIDDIN ismining ma’nosi

SAYFIDDIN (arabcha) – dinning qilichi.

SAYFULLOH ismining ma’nosi

SAYFULLOH (arabcha) – Allohning qilichi.

SALIM ismining ma’nosi

SALIM (arabcha) – sog’lom, sog’u salomat.

SALOMAT ismining ma’nosi

SALOMAT (arabcha) – omon-esonlik, sog’u salomatlik.

SAMANDAR ismining ma’nosi

SAMANDAR (arabcha) – o’t ichida yashovchi, o’tdan paydo bo’ladigan jonzot, o’lmas, mustahkam irodali.

SANAM ismining ma’nosi

SANAM (arabcha) – majusiylar ilohi, ma’budasi; zebo, suyukli qiz.

SAODAT ismining ma’nosi

SAODAT (arabcha) – baxtli, saodatli, iqboli porloq qiz.

SARVAR ismining ma’nosi

SARVAR (arabcha) – yo’lboshchi, rahnamo.

SARVINOZ ismining ma’nosi

SARVINOZ (fors tojik) – qaddi-qomati tikka o’suvchi, sarv daraxtidek kelishgan va nozik qiz.

SARDOR ismining ma’nosi

SARDOR (fors tojik) – rahnamo, yetakchi, yo’lboshchi, boshliq.

SAFAR ismining ma’nosi

SAFAR (arabcha) – Safar oyida yoki safar vaqtida dunyoga kelgan bola.

SAFARALI ismining ma’nosi

SAFARALI (arabcha) – Safar oyida yoki safar paytida tug’ilgan bola Alidek kuch-qudrat, aql-zakovat egasi bo’lsin.

SAFARGUL ismining ma’nosi

SAFARGUL (arabcha-fors tojik) – Safar oyida yoki safar paytida dunyoga kelgan guldek ko’rkam, zebo qiz.

SA’DULLOH ismining ma’nosi

SA’DULLOH (arabcha) – Alloh ato etgan baxt-saodat yoki Allohning iqboli porloq, baxtu saodatli bavdasi.

SEVAR ismining ma’nosi

SEVAR (o’zbekcha) – sevimli, yoqimli farzand.

SIROJ ismining ma’nosi

SIROJ (arabcha).- mash’al.

SIROJIDDIN ismining ma’nosi

SIROJIDDIN (arabcha) – dinning nuri, mash’ali.

SOAT ismining ma’nosi

SOAT (arabcha) – xosiyatli, baxtli soatda tug’ilgan bola.

SOBIR ismining ma’nosi

SOBIR (arabcha) -;chidamli, sabru toqatli, irodasi mustahkam bola.

SOBIT ismining ma’nosi

SOBIT (arabcha) – mustahkam, chidamli, kelishgan, chiroyli bola.

SODIQ ismining ma’nosi

SODIQ (arabcha) – sadoqatli, vafodor.

SOJIDA ismining ma’nosi

SOJIDA (arabcha) – sajda qiluvchi, Allohga sig’inuvchi musulmon qiz.

SOLIH ismining ma’nosi

SOLIH (arabcha) – pokiza, pok, solih amallar qiluvchi.

SOHIB ismining ma’nosi

SOHIB (arabcha) – xo’jayin, ega, do’st, hamdam.

SULTON ismining ma’nosi

SULTON (arabcha) – podshoh, hukmdor, yuksak martaba, obro’-e’tibor egasi bo’lsin.

SULTONALI ismining ma’nosi

SULTONALI (arabcha) – yuksak obro’-e’tibor, martaba egasi bo’lsin yeki ushbu bola Alidek kuch-qudrat, yuksak aqlu zakovat egasi bo’lsin.

SULTONMUROD ismining ma’nosi

SULTONMUROD (arabcha) – yuksak mavqeli, martabalar, obro’-e’tibor sohibi bo’lib yetishsin, orzu-murodiga erishsin.

SULTONOY ismining ma’nosi

SULTONOY (arabcha-o’zbekcha) – oliy martaba, mavqeli, obro’, e’tibor sohibasi bo’lgan oydek go’zal, zebo qiz.

SURAYYO ismining ma’nosi

SURAYYO (arabcha) – yuzi Surayyo yulduzidek nurli, yorug’, go’zal qiz, iqboli Surayyo yulduzidek porloq bo’lsin.

T harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

TABASSUM ismining ma’nosi

TABASSUM (arabcha) – hayoti shodlikka, quvonchga to’liq bo’lsin yoki kulib, jilmayib turuvchi, chehrasidan tabassum arimaydigan qiz.

TAL’AT ismining ma’nosi

TAL’AT (arabcha) – yuz ko’rinishi chiroyli, go’zal bola.

TEMIR ismining ma’nosi

TEMIR (o’zbekcha) – temirdek mustahkam irodali bo’lsin.

TESHA ismining ma’nosi

TESHA (o’zbekcha) – teshadek o’tkir, keskir bo’lsin, mustahkam bo’lsin yoki kindish tesha bilan kesilgan bola.

TILOVMUROD ismining ma’nosi

TILOVMUROD (o’zbekcha-arabcha) – tilab olingan, Xudodan so’rab olingan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.

TOJIDDIN ismining ma’nosi

TOJIDDIN (fors tojik-arabcha) – dinning toji, dinning yuksak bilimdoni, ulug’ namoyandasi.

TOJIMUROD ismining ma’nosi

TOJIMUROD (fors tojik-arabcha) – xol bilan tug’ilgan bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki xolli bola orzu-murodimizga erishtirdi.

TOJINISO ismining ma’nosi

TOJINISO (fors tojik-arabcha) – ayollarning toji, ulug’i, e’tiborga sazovori va eng
go’zali.

TOLIB ismining ma’nosi

TOLIB (arabcha) – talab qiluvchi, ilm izlovchi.

TOSHMUROD ismining ma’nosi

TOSHMUROD (o’zbekcha-arabcha) – toshdek mahkam, mustahqam irodali bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin.

TOSHPO’LAT ismining ma’nosi

TOSHPO’LAT (o’zbekcha-fors tojik) – tosh va po’latdek mustahkam bola, uzoq umr ko’rsin.

TOHIR ismining ma’nosi

TOHIR (arabcha) – pokiza, begunoh.

TURSUN ismining ma’nosi

TURSUN (o’zbekcha) – nobud bo’lmasin, sog’u salomat o’ssin, omon qolsin, yashab ketsin.

TURG’UN ismining ma’nosi

TURG’UN (o’zbekcha) – turib qolsin, nobud bo’lmasin, umri uzoq bo’lsin.

TO’LQIN ismining ma’nosi

TO’LQIN (o’zbekcha) – yayrab, shodu xurram bo’lib, zavqu shavqqa to’lib yursin.

TO’RA ismining ma’nosi

TO’RA (o’zbekcha) – yuqori martaba, mavqe egasi, aslzoda.

U harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

UBAYDULLOH ismining ma’nosi

UBAYDULLOH (arabcha)- Alloxning kichik quli.

ULDONA ismining ma’nosi

ULDONA (o’zbekcha-fors tojik) – ushbu dono, zukko, aqlli, fahm-farosatli qizdan keyingi farzand o’g’il bo’lsin.

ULUG’BEK ismining ma’nosi

ULUG’BEK (o’zbekcha) – ulug’, kuch-qudratln, hukmdor yoki beklarning ulug’, buyuk sardori, boshlig’i.

UMAR ismining ma’nosi

UMAR (arabcha) – mangu barhayot yashovchi.

UMID ismining ma’nosi

UMID (fors tojik) – umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan bola.

UMIDA ismining ma’nosi

UMIDA (fors tojik) – orzu-umid bilan kutilgan yoki yashab ketishiga umid qilingan qiz

UMIDULLOH ismining ma’nosi

UMIDULLOH (fors tojik-arabcha) – Alloh yetkazgan orzu-umid.

USMON ismining ma’nosi

USMON (arabcha) – siniqchi, davolovchi, tabib.

UCHQUN ismining ma’nosi

UCHQUN (o’zbekcha) – hayoti yorug’, nurli, tolei porloq bo’yasin.

V harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

VAFO ismining ma’nosi

VAFO (arabcha) – vafoli, sadoqatli, sodiq.

VOSIL ismining ma’nosi

VOSIL (arabcha) – visolga yetishgan.

X harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

XAYRIDDIN ismining ma’nosi

XAYRIDDIN (arabcha) – dinning xayru saxovati yoki xayru saxovatpesha, himmatli din namoyandasi.

XAYRULLOH ismining ma’nosi

XAYRULLOH (arabcha) – Allohning xayru saxovati, muruvvati, Allohning tuhfasi.

XALIL ismining ma’nosi

XALIL (arabcha) – sevimli, aziz do’st.

XOLBEK ismining ma’nosi

XOLBEK (fors tojik-o’zbekcha) – beklar avlodidan bo’lgan xolli bola.

XOLBEKA ismining ma’nosi

XOLBEKA (fors tojik-o’zbekcha) – beklar avlodidan bo’ltan xolli qiz.

XOLBIBI ismining ma’nosi

XOLBIBI (fors tojik-o’zbekcha) – yuqori mavqega ega, baland martabali xolli qiz.

XOLBOY ismining ma’nosi

XOLBOY (fors tojik-o’zbekcha) – xol bilan tushlgan bola voyaga yetib, ulg’ayib davlatmand, boy bo’lsin.

XOLDOR ismining ma’nosi

XOLDOR (fors tojik) – xol bilan tug’ilgan xolli bola.

XOLMIRZA ismining ma’nosi

XOLMIRZA (fors tojik) – xolli bola, bilimdon, dono, o’qimishli,savodxon bo’lib
yetishsin.

XOLMUROD ismining ma’nosi

XOLMUROD (fors tojik-arabcha) – xolli bo’lib tug’ilgan bola, o’sib orzu-murodiga
yetishsin.

XOLMUHAMMAD ismining ma’nosi

XOLMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) – xolli bo’lib tug’ilgan bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam)oxiratda shafoat qilsinlar.

XOLMO’MIN ismining ma’nosi

XOLMO’MIN (fors tojik-arabcha) – xolli bo’shb tug’ilgan bola mo’min-qobil bo’lsin.

XOLTOJI ismining ma’nosi

XOLTOJI (fors tojik) – badanida xoli va toji mavjud bo’lgan bola.

XONDAMIR ismining ma’nosi

XONDAMIR (o’zbekcha-fors tojik) – bu ism, olimlarning ta’kidlashicha, aslida, ‘xovand amir’ bo’lib, uning ma’nosi Xudo amr etuvchi hukmdordir yoki Xudoning nazari tushgan, Xudoning yo’lidan to’g’ri yuruvchi, Uningolqishiga sazovor bo’lgan hukmron.

XONZODA ismining ma’nosi

XONZODA (o’zbekcha-fors tojik) – xon yoki asilzodalar avlodidan bo’lgan qiz.

XOSIYAT ismining ma’nosi

XOSIYAT (arabcha) – yaxshi xislat va fazilatlar soxibasi bo’lsin yoki omadliyoki xosiyatli kunda tug’ilgan farzand.

XUDOYBERDI ismining ma’nosi

XUDOYBERDI (fors tojik-o’zbekcha) – Xudo berdi, Alloh ato etdi. Allohning marhamati, tuhfasi bo’lgan bola.

XUDOYNAZAR ismining ma’nosi

XUDOYNAZAR (fors tojik-arabcha) – Xudoning nazari tushgan bola.

XUMOR ismining ma’nosi

XUMOR (arabcha) – ko’pdan intiqlik bilan orziqib kutilgan bola.

XURRAM ismining ma’nosi

XURRAM (fors tojik) – shod, baxtiyor, xursand, baxtli bo’lsin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.

XURSAND ismining ma’nosi

XURSAND (fors tojik) – shodu xurram, baxtiyor bo’lib yursin yoki quvonchli kunda tug’ilgan bola.

XURSHID ismining ma’nosi

XURSHID (fors tojik) — quyosh benihoyat chiroyli, xushsurat yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.

XURSHIDA ismining ma’nosi

XURSHIDA (fors tojik) – quyoshdek husnu jamol sohibasi bo’lgan go’zal, suluv,
latofatli kiz yoki iqboli quyoshdek porloq bo’lsin.

Y harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

YAYRA ismining ma’nosi

YAYRA (o’zbekcha) – yayrab-yashnab o’ssin, hayoti quvonchga to’liq bo’lsin.

YASHAR ismining ma’nosi

YASHAR (o’zbekcha) – yashab ketsin.

YETIM ismining ma’nosi

YETIM (arabcha) – yakka, yagona, tanho, yolg’iz.

YODGOR ismining ma’nosi

YODGOR (fors tojik) – agar bola dunyoga kelgandan keyin otasi yoki onasi olamdan o’tib qolsa, unga marhumdan esdalik, yodgorlik bo’lsin deb ushbuism beriladi.

YORQINOY ismining ma’nosi

YORQINOY (o’zbekcha) – kelajagi yorug’, nurli va oydek go’zal qiz.

YOQUB ismining ma’nosi

YOQUB (qadimiyyahudiycha) – izidan boruvchi, sabr-toqatli, dovyurak, jasur.

YOQUT ismining ma’nosi

YOQUT (qadimiy yahudiycha-arabcha) – rangi qizil bo’lgan qimmatbaho noyob tosh.

YULDUZ ismining ma’nosi

YULDUZ (o’zbekcha) – yulduzdek yorug’ yuzli, chiroyli, go’zal qiz.

YUNUS ismining ma’nosi

YUNUS (qadimiy yahudiycha) – kaptar.

YUSUF ismining ma’nosi

YUSUF (qadimiy yahudiycha) – ortgan, ko’paygan husn ma’nosida.

YO’LDOSH ismining ma’nosi

YO’LDOSH (o’zbekcha-fors tojik) – hamroh.

Z harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

ZAYNAB ismining ma’nosi

ZAYNAB (arabcha) – kelishgan, xushqomat, suluv qiz.

ZAYNIDDIN ismining ma’nosi

ZAYNIDDIN (arabcha) – dining bezagi, chiroyi, ko’rki.

ZARINA ismining ma’nosi

ZARINA (fors tojik) – zarli, chiroyli qiz.

ZARIF ismining ma’nosi

ZARIF (arabcha) – beg’ubor, pokiza, nozik ta’b, o’tkir aql sohibi.

ZARIFA ismining ma’nosi

ZARIFA (arabcha) – iffatli, pokiza, nozik ta’b, fahm-farosatli qiz.

ZAFAR ismining ma’nosi

ZAFAR (arabcha) – g’olib, saodatmand.

ZEBINISO ismining ma’nosi

ZEBINISO (fors tojik-arabcha) – ayollarning zebi, go’zal, zebosi.

ZEBO ismining ma’nosi

ZEBO (fors tojik) – go’zal, suluv, chiroyli qiz.

ZIYO ismining ma’nosi

ZIYO (arabcha) – nurli, tolei porloq bola.

ZIYNAT ismining ma’nosi

ZIYNAT (arabcha) – ziynatli, bezangan, orasta, ko’rkam qiz.

ZOYIR ismining ma’nosi

ZOYIR (arabcha) – ziyoratchi.

ZOKIR ismining ma’nosi

ZOKIR (arabcha) – Allohni zikr qiluvchi, yodga oluvchi.

ZUBAYDA ismining ma’nosi

ZUBAYDA (arabcha) – ayollarning tanlab olingani, eng yaxshisi.

ZULFIYA ismining ma’nosi

ZULFIYA (fors tojik) – jingalak sochli, suluv qiz.

ZULXUMOR ismining ma’nosi

ZULXUMOR (arabcha) – intiq bo’lib ko’pdan kutilgan qiz.

ZUMRAD ismining ma’nosi

ZUMRAD (fors tojik) – zumraddek qimmatli, chiroyli, zebo qiz.

ZUHRO ismining ma’nosi

ZUHRO (arabcha) – Zuhro yulduzidek nurli, chiroyli, suluv va iqboli porloq qiz.

O’ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

O’KTAM ismining ma’nosi

O’KTAM (o’zbekcha) – kuchli, qudratli, dovyurak, jasur, viqorli.

O’LMAS ismining ma’nosi

O’LMAS (o’zbekcha) – o’lmasin, umri uzoq bo’lsin.

O’LMASOY ismining ma’nosi

O’LMASOY (o’zbekcha) – o’lmasin, yashab ketsin, umri uzoq bo’lsin deb umid, niyat qilingan oydek go’zal, zebo qiz.

O’RAL ismining ma’nosi

O’RAL (o’zbekcha) — tug’ilganda kindigiga o’ralib tushgan yoki jingalak
sochli bola.

O’ROQ ismining ma’nosi

O’ROQ (o’zbekcha) – o’roqdek o’tkir, keskir bo’lsin yoki kindigi o’roq bilan kesilgan bola.

O’TKIR ismining ma’nosi

O’TKIR (o’zbekcha) – o’tknr, o’tkir aqlu zakovat sohibi, dono bola bo’lsin.

O’TKIRBEK ismining ma’nosi

O’TKIRBEK (o’zbekcha) – beklar avlodiga mansub bo’lgan o’tkir aqlu zakovat sohibi, bilimli, dono bola.

O’G’ILOY ismining ma’nosi

O’G’ILOY (o’zbekcha) – shu oydek go’zal qizdan keyingi tug’ilajak farzand o’g’il bo’lsin.

O’RILSHOD ismining ma’nosi

O’RILSHOD (o’zbekcha-fors tojik) – ushbu quvnoq, baxtiyor, shodon qizdan keyin tug’iladigan bola o’g’il bo’lsin.

G’ harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

G’AYRAT ismining ma’nosi

G’AYRAT (arabcha) – serharakat, shijoatli, tolmas, g’ayratli bola bo’lsin.

G’IYOS ismining ma’nosi

G’IYOS (arabcha) – ko’mak, yerdam, madad.

G’IYOSIDDIN ismining ma’nosi

G’IYOSIDDIN (arabcha) – dinning madadi, ko’magi, yordami.

G’OLIB ismining ma’nosi

G’OLIB (arabcha) – zafar qozonuvchi, yengilmas, yulib.

G’ULOM ismining ma’nosi

G’ULOM (arabcha) – yosh xizmatkor qul.

Sh harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

SHABNAM ismining ma’nosi

SHABNAM (fors tojik) – shudringdek beg’ubor, pokiza qiz.

SHAVKAT ismining ma’nosi

SHAVKAT (arabcha) – shon-shuhrat, kuch-qudratli bola bo’lsin.

SHAMSIDIN ismining ma’nosi

SHAMSIDIN (arabcha) – dinning quyoshi.

SHAMSIYA ismining ma’nosi

SHAMSIYA (arabcha) – quyoshdek porlovchi charog’on qiz, chiroyli qiz.

SHAMSULLOH ismining ma’nosi

SHAMSULLOH (arabcha) – Allohning nuri, yog’dusi yoki Allohning quyovdek porloq chehrali, chiroyli bandasi.

SHARBAT ismining ma’nosi

SHARBAT (arabcha) – yoqimli, shirin, suyukli qiz.

SHARIF ismining ma’nosi

SHARIF (arabcha) – sharafli, muqaddas, aziz.

SHARIFA ismining ma’nosi

SHARIFA (arabcha) – aziz, qadrli, sharafli qiz.

SHAFIQA ismining ma’nosi

SHAFIQA (arabcha) – shafqatli, mehru muruvvatli, oqibatli qiz.

SHAHBOZ ismining ma’nosi

SHAHBOZ (fors tojik) – lochin, chakqon, shiddatkor, shijoatli, dovyurak, qudratli bo’lsin.

SHAHINA ismining ma’nosi

SHAHINA (fors tojik) – dovyurak, mard, jasur, qo’rqmas qiz.

SHAHLO ismining ma’nosi

SHAHLO (arabcha) – katta, qora ko’zli, go’zal qiz.

SHAHNOZ ismining ma’nosi

SHAHNOZ (fors tojik) – shohlar, asilzodalar avlodiga mansub nozli, nozik va zebo, go’zal qiz.

SHAHOBIDDIN ismining ma’nosi

SHAHOBIDDIN (arabcha) – dinning yorqin, nurli yulduzi.

SHAHODAT ismining ma’nosi

SHAHODAT (arabcha) – guvohlik beruvchi.

SHERALI ismining ma’nosi

SHERALI (fors tojik-arabcha) – sherdek dovyurak, qo’rqmas, jasur, Alidek kuch-qudrat, aql-idrok egasi bo’lsin.

SHERBOY ismining ma’nosi

SHERBOY (fors tojik-o’zbekcha). – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola ulg’ayib boy-badavlat bo’lsin.

SHERZOD ismining ma’nosi

SHERZOD (fors tojik) – sherning bolasi; sherdek dovyurak, qo’rqmas botirlar avlodidan bo’lgan bola.

SHERMUROD ismining ma’nosi

SHERMUROD (fors tojik-arabcha) – sherdek qo’rqmas, jasur, dovyurak bola murod-maqsadiga yetsin.

SHERMUHAMMAD ismining ma’nosi

SHERMUHAMMAD (fors tojik-arabcha) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.

SHERXON ismining ma’nosi

SHERXON (fors tojik-o’zbekcha) – xon, aslzodalar avlodiga mansub, sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola yoki sherlarning sheri, hukmdori, ya’ni sherdek dovyurak bahodirlarning sardori.

SHERQOBIL ismining ma’nosi

SHERQOBIL (fors tojik-arabcha) – sherdek dovyurak, jasur, bahodir bola dono, aqlli, qobil bo’lib o’ssin.

SHERQUL ismining ma’nosi

SHERQUL (fors tojik-o’zbekcha) – Allohning sherdek jasur, dovyurak bandasi.

SHIRIN ismining ma’nosi

SHIRIN (fors tojik) – yoqimli, aziz, suyukli, shirin bola.

SHOBERDI ismining ma’nosi

SHOBERDI (fors tojik-o’zbekcha) – Allohning marhamati bilan dunyoga kelgan bola ulg’ayib ulug’ martabalar sohibi bo’lsin.

SHODI ismining ma’nosi

SHODI (fors tojik) – shodlik, quvonch, baxtiyorlik.

SHODIBEK ismining ma’nosi

SHODIBEK (fors tojik-o’zbekcha) – beklar avlodidan bo’lgan shodu xurram, quvnoq, baxtiyor bola.

SHODIGUL ismining ma’nosi

SHODIGUL (fors tojik) – shodu xandon, baxtiyor, quvnoq va guldek zebo qiz.

SHODIYOR ismining ma’nosi

SHODIYOR (fors tojik) – shodu xurramlik, quvonch, baxtiyorlik hamisha hamrohibo’lsin yoki bizga shodlikni yor etgan yoxud quvonchli kunda tug’ilgan bola.

SHODIMUROD ismining ma’nosi

SHODIMUROD (fors tojik-arabcha) – shod, xurram, baxtiyor bola ulg’ayib murod-maqsadiga yetsin yoki shodu-xurramlik, quvonch-baxtiyorlikkeltirgan bola murodimizga yetkazdi.

SHODIMUHAMMADD ismining ma’nosi

SHODIMUHAMMADD (fors tojik-arabcha) – shodu xurram baxtiyor bolani Muhammad (Sollallohu alayhi vasallam) oxiratda shafoat qilsinlar.

SHODIYA ismining ma’nosi

SHODIYA (fors tojik) – shod, xurram, quvnoq, baxtiyor yoki quvonchli kunda turilgan kiz.

SHODMON ismining ma’nosi

SHODMON (fors tojik) – shod, baxtiyor, quvnoq yoki hayoti shodlikka to’liq bo’lsin yexud quvonchli, shodmon kunda tug’ilgan bola.

SHOIR ismining ma’nosi

SHOIR (arabcha) – shoir, so’zga chechan, hozirjavob, shirinso’z, notiq bo’lsin.

SHOIRA ismining ma’nosi

SHOIRA (arabcha) – shoira bo’lsin, so’zga chechan, shirinsuxan, notiqa qiz bo’lsin.

SHOYISTA ismining ma’nosi

SHOYISTA (fors tojik) – hurmat-ehtiromga loyiq, e’zoz-e’tiborga munosib qiz.

SHOKIR ismining ma’nosi

SHOKIR (arabcha) – shukur qiluvchi, Allohga shukur qiluvchi bola bo’lsin yoki bizga farzand bergani uchun Allohga shukr.

SHOHIDA ismining ma’nosi

SHOHIDA (arabcha) – suluv, go’zal, zebo qiz.

SHOHIMARDON ismining ma’nosi

SHOHIMARDON (fors tojik) – mard, bahodirlar shohi.

SHOHRUH ismining ma’nosi

SHOHRUH (fors tojik) – yuzida shohlik alomatlari zohir bo’lgan kelishgan, zebo bola.

SHOHSANAM ismining ma’nosi

SHOHSANAM (fors tojik-arabcha) – go’zallar, suluvlar shohi, zeboliqda benazir, beqiyos qiz.

SHUKUR ismining ma’nosi

SHUKUR (arabcha) – qanoat, sabru toqat qiluvchi, rozi, minnatdor.

SHUKRULLOH ismining ma’nosi

SHUKRULLOH (arabcha) – bizga farzand ato qilganligi uchun Allohga behad hamdu sanolar, shukronalar bo’lsin.

SHUHRAT ismining ma’nosi

SHUHRAT (arabcha) – dovrug’, obro’, shon, iftixor.

Ch harfi bilan boshlanuvchi ismlar ma’nosi

CHAROS ismining ma’nosi

CHAROS (o’zbekcha) – ko’zlari charosdek fusunkor, jozibalya, chiroyli qiz yoki qop-qora ko’zlari katta qiz.

CHORI ismining ma’nosi

CHORI (fors tojik) – oiladagi to’rtinchi o’g’il.

Kerakli ismni topolmadingizmi? Fikr bildirish maydoniga maqolada keltirilmagan ismni yozing, biz uning ma’nosini albatta yozamiz.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: