Avvalgi yilda bitirgan abiturientlar to’lov qilishi kerakmi?

Avvalgi yilda bitirgan abiturientlar to’lov qilishi kerakmi?

Abituriyentlardan olinadigan to’lov bo’yicha savol-javoblar.

Ushbu ma’lumotlar Xushnudbek Xudoyberdiyev qaydidan olindi.

Avvalgi yilda bitirgan abiturientlar to’lov qilishi kerakmi?

Ha, kerak. Joriy yilda ham maktab, kollej va liseyni avvalgi yillarda bitirgan abiturientlar testga kirish uchun to’lov qilishadi.

To’lov miqdori – 111 ming 500 so’m.

To’lovni qanday to’lash mumkin?

– Onlayn. Plastik kartalar orqali onlayn to’lash mumkin. Bunda onlayn hujjat topshirayotganda plastik karta ma’lumotlarini kiritib, to’lash tugmasini bossangiz, plastik karta ulangan kartaga SMS keladi va shu orqali to’laysiz;

– Banklarda. DTM saytida yoki Davlat xizmatlari markazida chiqarib berilgan invoys orqali istalgan bank filiallarida to’lashingiz mumkin.

5 ta yo’nalishga alohida to’lanadimi?

Yo’q, abiturient nechta yo’nalishga hujjat topshirishidan qat’i nazar, faqat bir marta 111 ming 500 so’m to’laydi.

O’qishga kira olmasa pul qaytarib beriladimi?

Yo’q, bu to’lov test jarayonlariga kirish uchun beriladigan to’lovdir. Abiturient o’qishga kirgan yoki kirmaganidan qat’i nazar, bu to’lov qaytarib berilmaydi.

Abiturient testga kelmasa pul qaytarib beriladimi?

Yo’q, qaytarib berilmaydi.

Faqat ijodiy (kasbiy) imtihon topshiradiganlar ham to’lov qiladimi?

Yo’q, ushbu to’lov faqat testga kirish uchun to’lanadi. Test mavjud bo’lmagan, faqat ijodiy imtihonlardan iborat bo’lgan yo’nalishlarga topshirgan abiturientlardan to’lov undirilmaydi. Agar ijodiy imtihonlardan iborat yo’nalishlarni tanlagan abiturientlar adashib to’lov qilib qo’ysa, ularga pullari qaytarib beriladi.

Kimlardan pul olinmaydi?

Nogironligi bo’lgan yoki to’liq davlat ta’minotidagi shaxslar to’lovdan ozod etiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 4
  1. Shaxbozjon xayrullayevich

    Шу йил имтихон топширишим керак лекин каерга бориб топширишим керак мен аввал имтихон топширганман яни у йил мен шу йил хам тулов килишимкеракми

    1. Baxtiyor Roziq (Muallif)

      Bu yil uchun alohida to’lov qilish kerak. Hujjatlarni DTM.UZ va MY.GOV.UZ sayti orqali topshirish mumkin.

  2. miraziz

    salomalykum onlayi orqli oqishga topshrsam boladima

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: