Endi Baxtiyor Roziq tomonidan ijro etilgan audio she’rlarni shu yerdan ko’chirib olishingiz mumkin. Kuzatib boring, sahifaga tez-tez yangi she’rlar qo’shib boriladi.
O’zingizga ma’qul kelgan she’rni osonlik bilan ko’chirib oling.
Suratdagi qiz
Izoh: Ushbu she’rni Jizzaxlik musavvir qizning «Farishta» deb nomlangan chizgan suratiga mahliyo bo’lib yozgan edim.
Parcha:
Qo’limda turibdi, g’aroyib surat.
Sehrli surat u, qaramang do’stim.
Fikru yodingizni etib olar band,
Ko’zdan ketqazolmay qolasiz husnin.
Ko’chirib olish – Suratdagi qiz
Bilarmikansan?
Parcha:
Sensiz bahor kuzga aylandi,
Hayot tafti muzga aylandi,
Kulgu unut so’zga aylandi,
Sen bu haqda bilarmikansan,
Yoki yo’qlab kelarmikansan?
Ko’chirib olish – Bilarmikansan?
Bahonamiz bor
Parcha:
Ko’ring, halollikka yetmoqda putur,
Yo’qolib bormoqda dildagi shukr.
Nimaga bu holat o’ylatsin axir? –
Zamon deb atalgan bahonamiz bor.
Ko’chirib olish – Baxonamiz bor
Subhidam o’ylari
Parcha:
Anhorning labiga asta o’tirib,
Suvning jilosiga boqib to’ymadim.
Qizg’aldoq bargini ko’zimga surib,
Subhidam chog’ida sizni o’yladim.
Ko’chirib olish – Subhidam o’ylari
Rayhonim
Parcha:
Hasratim bepoyon, tingla ey gulim,
Meni sendan o’zga tushunadi kim?
Faqat sen borsanki, yorishar dilim,
Faqat sen borsanki tonar armonim,
Iforing dardimga ovunch rayhonim.
Ko’chirib olish – Rayhonim
O’zingga shukr
Parcha:
Tog’larni silkitar, alamlarim bor,
Ummonni to’ldirar sitamlarim bor.
Bilmam qachongacha chidamlarim bor,
Dard bergan ollohim, o’zingga shukr.
Ko’chirib olish – O’zingga shukr
Ota ona
Izoh: Ota-onalarimiz yo’llarimiz yorug’ bo’lishi uchun o’zlarini yoqishga ham tayyor, ularning qadriga yetaylik.
Ko’chirib olish – Ota ona
Ko’zmunchoq
Parcha:
Yuragimda ungan lolaqizg’aldoq,
Meni o’zingizga yaqinroq qiling.
Sizni balolardan asraydi shundoq,
Ko’zimni beraman, ko’zmunchoq qiling.
Ko’chirib olish – Ko’zmunchoq
Suratdagi qiz sheʼringiz va koʻplab foydali maʼlumotlar uchun rahmat
Salom, menimcha surat mualifidan fikrlarni qabul qildik. Sizga ham rahmat!