Aruz haqida qisqacha mulohazalar

Aruz vazni haqida qisqacha mulohazalar

E’tiboringizga aruz vazni haqida ma’lumotlarni taqdim etamiz.

 

Aruz haqida ma’lumot

    1.Aruz turkiy adabiyotda  IX asrlardan islom dininig kirib kelishi bilan  paydo bo`lgan.
    Aruz so`zining lug`aviy ma’nosi  “chodirni ushlab turuvchi o`rtasiga qo`yilgan yog`och”, lekin atama sifatida kelib chiqishi aruz vazni ilmi asoschisi  Xalil ibn Ahmad yashagan voha nomi bilan atalgan.

    2.Adabiyotshunoslikda  1-misra so`ngidagi ruknning o`rni ham aruz deyiladi. Chunki shu rukndan so`nggina she’r bahri aniqlanadi.

O’zbek adabiyotida eng ko’p qo’llanuvchi barmoq va aruz vaznlarining farqi

Barmoq vazni Aruz vazni
 

1

 

Bo`g`inlarning  ma’lum tartibda

guruhlanishi ( turoqlanishi)ga

asoslanadi

 Cho`ziq, o`ta cho`ziq va qisqa hijolarning  ma`lum tartibda guruhlanishiga asoslanadi
2 Bo`g`in- bir havo zarbi bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar birikmasi. Bo`g`inning asosini unli tovush tashkil etadi:

Men dun-yo-ni \\ nima qildim\\

O`-zing yo-rug`\\ ja-ho-nim.

Hijo-so`zlarning  sifatiy bo`linishi. Unda unli tovush hijo asosini doim ham tashkil etmaydi:

Nav-ba-ho ro\\ chil-di gul-lar\\, sab-za bo`l-di\\ bo-o-g`lar\\

3 Bo`g`inlarning miqdori muhim Hijolarning sifati muhim.
4  Barmoq vaznida  eng kichik ritmik bo`linish- bo`g`in Aruz vaznida eng kichik ritmik bo`linish- harf

 

 

 

                         Hijo haqida  ma’lumot

Hijo arabcha “bo`g`in” ma’nosini ifodalaydi. Hijolar 3 turga bo`linadi:

    1.Qisqa hijo- birgina qisqa unlidan yoki qisqa unli bilan tugagan ochiq bo`g`in.
    Masalan: da-la. Belgisi V V

    2. Cho`ziq hijo- undosh bilan tugaydigan yopiq yoki cho`ziq unli bilan tugaydigan ochiq bo`g`in. Masalan : bul-bul, gul-shan ; do-no, ze-bo.Belgisi : – –
    O unlisi tabiatan cho`ziq unli sanaladi, lekin vazn talabi bilan boshqa unlilar ham ch`oziq talaffuz qilinishi mumkin. Masalan:
    Ke- cha kel-gum\\ dur de-bon ul\\ sar-vi gul-ro` \\ kel-ma-di…
    – v – – – v – – – v – – – v –
    E unlisiga e`tibor beramiz.

    3. O`ta cho`ziq hijo – bu cho`ziq unli ishtirok etgan yopiq bo`g`in yoki qator undosh bilan tugagan bo`g`in. Belgisi ikki xil ifodalanadi:
    1.Misralar o`rtasida – v.
    2. Misralar so`ngida ~
    Masalan:(kam uchrovchi munsarihi musamman bahrida)
    Qay-si cha-man \\din e-sib \\kel di sa-bo\\ yor- yor\\
    – v v – – v – – v v – -v ~
    Muftailun foilun muftailun foilon

 

Rukn haqida ma’lumot

Bayt ( arabcha ”uy”) – ikki misrali band.
Rukn- aruzda hijolarning ma’lum tartibda birikishidan hosil bo`luvchi birlik. Baytda ruknlarning miqdoriga qarab mumtoz adabiyot namunalari quyidagicha tasniflanadi:

    1. Murabba’- baytda ruknlar soni to`rtta bo`lgandagi nomlanishi. Masalan:
    Far-yod-kim\\ gar- du-ni dun
    – – v – – – v –
    Ay-lar yu-rak\\ bag`-rim-ni xun.
    – – v – – – v –
    Nomlanishi : Rajazi murabbayi solim

    2. Musaddas- baytda ruknlar sonining oltita bo`lishi. Masalan:
    De-di: ”Qay-din \\ se-n ,ey maj-nu\\ni gum-rah?”
    V – – – v – – – v – –
    De-di: ”Maj-nun \\va-tan-din qay\\da o-gah?”
    V – – – v – – – v – –
    Nomlanishi : hazaji musaddasi mahzuf.

    3.Musamman- baytda ruknlar sonining sakkizta bo`lishi. Masalan:
    Me-ni men is\\ ta- gan o`z suh\\ ba- ti –g`a ar\\ ju-mand et-mas\\
    V – – – v – – – v – – – v – – –
    Nomlanishi : Hazaji musammani solim

Bahr haqida ma’lumot

Bahr ( arabcha ”dengiz”) – aruz vaznidagi eng yirik o`lchov turi.
Ruknlarning turkumlanishi 2 xil bo`ladi :

    1. Asllar. Ular yettita : Faulun(mutaqorib), foilun(mutadorik), mafoiylun (hazaj), foilotun (ramal), mustaf’ilun (rajaz)- turkiy adabiyotda qo`llanadi.Komil bahri kamroq qo`llanadi, vofir esa qo`llanmagan.

    2. Afoyilu tafoyillar, ya’ni turli asl ruknlarning takroridan hosil bo`lgan bahrlar. Bulardan muzori’, xafif, mujtass, munsarih, sari’ bahrlaridan keng qo`llangan.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: