AQSH prezidenti Jozef Bayden haqida qiziqarli maʼlumotlar

AQSH prezidenti Jozef Bayden haqida qiziqarli maʼlumotlar

Jo Bayden ayni paytda 78 yoshda va u eng keksa prezident sifatida AQSH tarixiga kirmoqda. Aslida, Baydenda oldin ham AQSH rahbari sifatida saylanish imkoniyati boʻlgan. Ammo taqdirning turli zarbalari bunga izn bermagan…
Xoʻsh Jo Bayden kim? Quyida shu haqda…

Jozef (Jo) Bayden

Jo Bayden oʻgʻlillari davolanayotgan kasalxonada qasamyod qilmoqda. 1973-yil
Jozef (Jo) Bayden (toʻliq ismi Jozef Robinet Bayden kichik) 1942-yil 20-noyabrda AQSHning Pensilvaniya shtati, Skranton shahrida tugʻilgan. 1952-yilda u oilasi bilan Delaver shtatiga koʻchib oʻtgan.
Jozef Bayden dastlab Uilmington shahridagi Avliyo Yelena maktabida va keyinroq xususiy maktabda oʻqigan. Shundan soʻng tahsilni Delaver shtati «Archmer Academiya»sida davom ettirgan.
1965-yilda Delaver universitetining tarix va siyosiy fanlar bakalavriati darajasida tamomlagan.
1968-yilda Nyu-York shtatidagi Sirakuza universiteti yuridik fakultetini yuridik fanlari doktori darajasida tugatgan.
1969-1972-yillarda u Delaver shtatida Uilmington shahridagi jamoat himoyachisi idorasida advokat boʻlib ishlagan. Keyin oʻzining yuridik firmasini tashkil qilgan. Ayni shu yillarda Nyu-Kasl okrugining mahalliy kengashi aʼzosi boʻlgan.

Xotini, qizi va oʻgʻlining oʻlimi

Jo Bayden oʻgʻli Boning dafn marosimida. 2015-yil, 6-iyun.
Jo Bayden birinchi turmush oʻrtogʻi va ikki farzandini tuproqqa qoʻygan.
1972-yil Bayden Sirakuza universitetining huquqshunoslik fakultetini bitirgan va 29 yoshda edi. U oʻsha yili tajribali respublikachi Jeyms Kaleb Boggs bilan Delaver shtatidan senatorlikka daʼvogarlik qilayotgan payt edi.
Saylovoldi byudjetining juda kamligiga qaramay, u saylovlarda gʻolib chiqadi. Biroq oradan bir necha hafta oʻtgach yosh siyosatchining hayotini abadiy oʻzgartirgan fojia yuz berdi: uning rafiqasi Nelia va bir yoshli qizi Naomi avtohalokatda halok boʻldi. Oʻgʻillari Bo va Xanter jiddiy jarohat oldi.
Avvaliga Bayden senatorlikdan ketmoqchi boʻladi. Ammo uni bunday qilmaslikka kundirishgan. U oʻgʻillari yotgan kasalxonada senatorlik qasamyodini qabul qiladi. Yosh senator har kuni Delaverdan Vashingtonga, Vashingtondan Delaverga poyezdda qatnaydi. Bolalariga gʻamxoʻrlik qilish uchun singlisi Valeriya uning uyiga koʻchib kelgan va 1977-yilgacha birga yashagan. Keyin Bayden hozirgi rafiqasi Jil Jeykobsga uylangan. Ularning bir qizi (Eshli Bayden) bor.
Hayotning ogʻir sinovlari Baydenni taʼqib qilishda davom etdi. 2015-yilda u prezident Baraka Obama maʼmuriyatida vitse-prezidenti boʻlib ishlagan vaqtda toʻngʻich oʻgʻli Bo Bayden miya saratonidan vafot etadi. Ushbu ayriliq sabab Bayden 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida nomzodini qoʻyish fikridan qaytgan.
Barak Obama va Jo Bayden. 2017-yil.

Ogʻir xastalik

1988-yilda Baydenga miya tomirlari anevrizmasi tashxisi qoʻyilib, ogʻir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan hamda shoshilinch operatsiya qilingan. Oradan yetti oy oʻtgach u Senatga qaytishga muvaffaq boʻldi.
“Sekin Jo”ning vaqti keldi
Shunga qaramay toʻrt yil oʻtib Bayden baribir AQSH prezidentligiga saylandi.
“Demokratlarning yosh nomzodlar boʻlsa-da, tajribali siyosatchini tanlaganligi ajablanarli emas”, deydi Missuri universiteti professori Mitchell Makkinni.
U Baydenni aqli raso, izchil va sezgir siyosatchi — raqibini “Sekin Jo” deb atashni yoqtirgan Trampning mutlaqo teskarisi, deb hisoblaydi.
Bayden hamkasblari bilan hatto qarashlari bir-biriga toʻgʻri kelmasa ham yaxshi munosabatda boʻlishi bilan mashhur.
“U Kongressda uzoq vaqt ishlagan va hamma bilan qanday qilib til topishni biladi. Vashingtonda haqiqatan ham Jo Baydenni yoqtirmaydigan odamni topish qiyin. U koʻp yillardan beri Kongressda respublikachilar bilan juda muvaffaqiyatli, doʻstona ish olib bordi”, deydi Texas universiteti professori, siyosatshunos Bryus Byukenen.
Shu bois baʼzi respublikachi senatorlar Bayden prezidentlikka saylansa u bilan ishlashga tayyor ekanliklarini saylovlar oldidan bildirishgan edi.

Jozef Bayden va koronavirus

Bayden AQSH aholisini himoya niqoblarini taqishga chaqirmoqda.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Jozef Bayden mamlakat aholisiga koʻp marotaba murojaat qildi. Koʻp hollarda u marhumlarning oila aʼzolariga va qarindoshlariga hamdardlik ham bildirdi (Bugungi kunga kelib AQSHda 225 ming nafardan ortiq odam “Covid-19” asoratlaridan hayotdan koʻz yumgan). Baydenning ushbu mavzu boʻyicha bayonotlari Donald Trampning qarashlariga mutlaqo zid. Masalan, Tramp koronavirus bilan yuqtirib, davolanib kelganidan soʻng amerikaliklarga bu kasallikdan qoʻrqmaslik kerakligini aytdi.
Bayden esa har doim niqob taqishga, ijtimoiy masofani saqlashga va yuqtirish xavfini jiddiy qabul qilishga undab keldi.
Bayden davlat rahbari sifatida faoliyat boshlashining birinchi kunidanoq koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash rejasini, shu jumladan, niqob taqish rejimini keng joriy etishni vaʼda qilgandi.

Gʻalati tashxis

Jo Baydenning tanqidchilariga uning yoshi va sogʻligʻida muammolar borligi haqida tez-tez gapirib turadi. Xususan, 78 yoshli siyosatchi baʼzan omma oldida nutq soʻzlayotganda noaniq soʻzlar yoki gʻalati bayonotlar berishi haqida eslatishadi. Masalan, 2020-yil mart oyida Los-Anjelesdagi saylovchilar bilan uchrashuvda Bayden opasi Valeriyani tanishtira turib yonida turgan xotiniga ishora qiladi. Bu kabi hodisalarni raqiblari unda qarilik demansiyasi rivojlanishi, deya taxmin qiladi. Lekin bu rasman tasdiqlanmagan.

Baydenning maqsadi

Jo Bayden qarama-qarshiliklar bilan parchalanib ketgan Amerikani birlashtirmoqchi.
“Agar siz meni prezidentlikka ishonib saylasangiz, men bizda faqat yaxshi boʻlishiga hissa qoʻshaman. Men zulmatning emas, yorugʻlikning ittifoqchisi boʻlaman”, degan edi u 2020-yilning 20-avgust kuni saylovchilar bilan uchrashuvda.
“Barchamiz birlashish vaqti keldi”, deya qoʻshimcha qildi siyosatchi va unga ovoz bermaganlarning manfaati uchun ham astoydil ishlashga vaʼda berdi.
Jo Bayden Detroytda saylovchilar bilan uchrashuvda. 2020-yil, mart.
Bayden millionlab yangi ish oʻrinlarini yaratishga vaʼda qilmoqda va buning uchun zarur sarmoyani Donald Tramp tomonidan taʼsis etilgan boylar uchun soliq imtiyozlarini bekor qilishdan olish mumkinligini aytgan. Shuningdek, u iqlim muhofazasi masalasiga alohida eʼtibor qaratmoqchi. Tramp bir necha bor global isish inson faoliyati tufayli kelib chiqishiga shubha bildirgan boʻlsada, Bayden 2050-yilga kelib AQSHning qayta tiklanadigan energiyaga toʻliq oʻtishiga erishmoqchi.
Xullas, hozircha shular… Uning siyosiy faoliyati qanday davom etadi, buni vaqt koʻrsatadi.
Fazliddin ABILOV, tayyorladi.


Джо Байдену сейчас 78 лет, и он войдет в историю США как самый пожилой президент. На самом деле Байден ранее имел возможность быть избранным президентом США. Но разные удары судьбы не позволили…
Так кто же такой Джо Байден? Об этом ниже…

Джозеф (Джо) Байден

Джозеф Байден (полное имя Джозеф Робинет Байден-младший) родился 20 ноября 1942 года в Скрэнтоне, штат Пенсильвания, США. В 1952 году он с семьей переехал в Делавэр.
Джозеф Байден сначала учился в школе Святой Елены в Уилмингтоне, а затем в частной школе. Затем он продолжил обучение в Академии Арчмера в Делавэре.
В 1965 году он окончил Делавэрский университет со степенью бакалавра истории и политологии.
В 1968 году он окончил юридический факультет Сиракузского университета в штате Нью-Йорк со степенью доктора философии.
С 1969 по 1972 год он работал юристом в офисе государственного защитника в Уилмингтоне, штат Делавэр. Позже он основал собственную юридическую фирму. В те же годы он был членом местного совета округа Нью-Касл.

Смерть жены, дочери и сына

У Джо Байдена остались первая жена и двое детей.
В 1972 году Байден окончил Сиракузский университет по специальности юриспруденция, и ему было 29 лет. В том же году он баллотировался в сенаторы вместе с опытным республиканцем Джеймсом Калебом Боггсом из Делавэра.
Несмотря на очень небольшой предвыборный бюджет, он выиграл выборы. Но через несколько недель случилась трагедия, навсегда изменившая жизнь молодого политика: в автокатастрофе погибли его жена Нелия и годовалая дочь Наоми. Его сыновья Бо и Хантер были серьезно ранены.
Сначала Байден хочет уйти из сената. Но его уговорили не делать этого. Он был приведен к присяге в качестве сенатора в больнице, где находились его сыновья. Молодой сенатор ежедневно ездит на поезде из Делавэра в Вашингтон и из Вашингтона в Делавэр. Чтобы заботиться о детях, в ее дом переехала сестра Валерия, и они прожили вместе до 1977 года. Затем Байден женился на своей нынешней жене Джилл Джейкобс. У них есть дочь (Эшли Байден).
Жизненные испытания продолжали преследовать Байдена. В 2015 году, когда он был вице-президентом администрации президента Барака Обамы, его старший сын Бо Байден умер от рака мозга. Раскол произошел из-за нежелания Байдена баллотироваться на президентских выборах 2016 года.

Тяжелая болезнь

В 1988 году у Байдена диагностировали аневризму сосудов головного мозга, он был госпитализирован в критическом состоянии и перенес экстренную операцию. Через семь месяцев он вернулся в Сенат.
Пришло время для Медленного Джо
Однако спустя четыре года Байден был избран президентом США.
«Неудивительно, что демократы выбрали опытного политика, несмотря на то, что они молодые кандидаты», — сказал Митчелл МакКинни, профессор Университета Миссури.Он видит в Байдене здравомыслящего, последовательного и чуткого политика — полную противоположность Трампу, который любит называть своего оппонента «Медленным Джо».
Байден известен своими хорошими отношениями со своими коллегами, даже если их взгляды не совпадают.
«Он давно работает в Конгрессе и умеет общаться со всеми. В Вашингтоне трудно найти человека, которому бы не нравился Джо Байден. У него были очень успешные, дружеские отношения с республиканцами в Конгрессе на протяжении многих лет», — сказал Брюс Бьюкенен, политолог и профессор Техасского университета.
Вот почему некоторые сенаторы-республиканцы перед выборами заявляли, что готовы работать с Байденом в случае его избрания президентом.

Джозеф Байден и коронавирус

С начала пандемии коронавируса Джозеф Байден неоднократно обращался к жителям страны. Во многих случаях он также выражал соболезнования семьям и родственникам погибших (на сегодняшний день более 225 000 человек в США умерли от осложнений Covid-19). Заявления Байдена по этому поводу противоречат взглядам Дональда Трампа. Например, после заражения коронавирусом и прохождения лечения Трамп сказал американцам не бояться болезни.
Байден, с другой стороны, всегда поощрял ношение маски, соблюдение социальной дистанции и серьезное отношение к риску заражения.
Байден с первого дня пообещал план борьбы с пандемией коронавируса, в том числе замаскированный режим.

Странный диагноз

Джо часто говорит критикам Байдена, что у него проблемы с возрастом и здоровьем. В частности, 78-летнему политику иногда напоминают о туманных высказываниях или странных заявлениях на публике. Например, на встрече с избирателями в Лос-Анджелесе в марте 2020 года Байден указывает на свою жену, которая стоит рядом с ним, представляя свою сестру Валерию. Оппоненты предполагают, что такие события связаны с развитием старческого слабоумия. Но официально это не подтверждено.

цель Байдена

Джо Байден хочет объединить раздираемую противоречиями Америку.
«Если вы изберете меня на пост президента, я только поспособствую нашему благополучию», — сказал он. Я буду союзником света, а не тьмы», — сказал он избирателям 20 августа 2020 года.
«Нам всем пора объединиться», — добавил он, пообещав много работать на благо тех, кто за него не голосовал.

Байден пообещал создать миллионы новых рабочих мест и сказал, что необходимый для этого капитал будет получен за счет отмены налоговых льгот для богатых, основанной Дональдом Трампом. Он также хочет сосредоточиться на защите климата. Хотя Трамп неоднократно ставил под сомнение, что глобальное потепление вызвано деятельностью человека,Байден хочет, чтобы США полностью перешли на возобновляемые источники энергии к 2050 году.
Так что пока… Время покажет, как продолжится его политическая карьера.
Фазлиддин АБИЛОВ, подготовлен.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: