Android telefonlarni ko’zi ojizlar uchun moslash

Mobile speak

Zamon bilan hamnafas bo’lishni, yangiliklardan chetda qolmaslikni istaydigan ko’rishda nuqsoni bor kishilar sensorli qurilmalarda ishlashni allaqachon boshlab yuborganlar. Ushbu maqolada android sistemali telefonlarni ovozlashtiruvchi Talkback dasturining ayrim xususiyatlari, yoqish va qo’shimcha sintezator o’rnatish haqida fikr yuritamiz.

Talkback va uning xususiyatlari

Talkback ko’zi ojiz va zaif ko’ruvchi kishilar uchun smartfonining barcha xususiyatlaridan foydalanishda juda foydali dastur hisoblanadi. Sensorli displeyga barmog’ingizni tegizsangiz qaysi nuqtaga tekkaningiz ovozi eshitiladi. O’zingizga kerakli nuqtani barmog’ingiz bilan qidirasiz va topib shu joyga ikki marta ursangiz amal bajariladi. Kimgadir qo’ng’iroq qilishda telefon menyusining klaviatura bandiga o’tasiz. Barmog’ingizni yurg’izsangiz qaysi raqam ustida ekaningiz ovozi eshitiladi. Lozim bo’lgan raqam topilgach, shu nuqtaga barmog’ingizni ikki marta ursangiz raqam yoziladi. Qaysi menyu va bandga kirmoqchi bo’lsangiz ham uni topib ikki marta bossangiz amalni bajargan bo’lasiz. Talkback qanday imkoniyatlarga ega?
– Matnni nutqqa aylantirish, yoki aksincha nutqni matnga aylantirish;
– Jo’natilgan va qabul qilingan qo’ng’iroqlar tafsiloti;
– DOC, PDF kabi matnli hujjatlar bilan tanishish. Bu o’quvchi va talaba, qolaversa kitobsevar ko’zi ojizlar uchun electron kitoblarni o’qishda ayni muddao;
– Dastur bilan brauzer orqali istalgan saytga kirish;
– ;Qaysidir harakat uchun yorliq chiqarish;
Albatta bular hammasi emas. Ko’zida nuqsoni bo’lmagan kishilar ushbu dasturga muhtojlik sezmaydilar. Dastur faqat ko’rishda muammosi bo’lgan kishilar uchun yaratilgan. Dasturga qiziqqan bo’lsangiz va batafsil ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz Google yordamning rus tilidagi ushbu qo’llanmanitavsiya qilaman.

Qanday qilib Talkbackni yoqish.

Talkback android bazali aksariyat telefonlarda standart o’rnatilgan bo’ladi. Dasturdan foydalanish uchun yoqib qo’yish kerak. Dasturni faollashtirishni ko’pchilik rus tili paketidagi menyudan foydalanayotganligini inobatga olib rus tilidagi buyruq bandlari bilan tushuntiraman. Smartfoningiz menyusidan «Настройки» bandini oching. Ro’yhat orasidan “Специальные возможности” bandini tanlang va oching. Ro’yhat orasida Talkback bandi bo’lsa ushbu bandga kiring va “Выключена, изменить” tugmasini bosing va “OK” bilan tasdiqlang. Dastur ishlashni boshladi. Agarda “Специальные возможности” ichidan Talkback bandini topa olmasangiz uni o’rnatish kerak bo’ladi. Dasturni 7.2.0 versiyasini ushbu sayt katalogidanko’chirib olib, yoki so’nggi versiyasini Play Marketdo’konidan bepul olib o’rnatishingiz mumkin. Dastur boshqa ilovalar kabi odatiy tarzda o’rnaydi.

Qo’shimcha sintezator o’rnatish

Mana dasturni ham yoqib oldik. Ba’zi smartfonlarda sintezator rus tilida yongan bo’lsa, ba’zilarida ingliz tilida yonishi mumkin. Endi smartfonimizga o’zbekcha sintezator yaratilmagani bois o’zbek tili aksentiga yaqin bo’lgan “Aleksandr” ovozini o’rnatamiz. Ushbu RHVoice sintezatorni ushbu sayt katalogidan ko’chirib olingva arxivdan chiqarib barcha RHVoice-language-Russian-v2.0.apk, RHVoice-v0.5.apk, RHVoice-voice-Russian-Aleksandr-v1.0.apk kabi ilovalarni o’rnating. Endi oxirgi ish qoldi. Quyidagi bandlarga ketma-ket kirib Меню/ Настройки/ Специальные возможности/ Talkback/ Настройки/ Настройки синтеза речи/ Предпочитаемый модуль / ro’yhat orasidan RHVoice bandiga belgi qo’ying va “OK” bilan tasdiqlang. O’qish tezligini va ohangini o’zingizga moslab olishingiz ham mumkin. Albatta, “Aleksandr” ovozidan tashqari juda ko’plab sintezatorlar mavjud, bu haqda boshqa maqolalarda ma’lum qilamiz.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

error: Kontent himoyalangan!