Andijonda o‘quvchilari yupun kiyimda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbarlariga chora ko‘rildi

Andijonda o‘quvchilari yupun kiyimda sovuqqa olib chiqqan maktab rahbarlariga chora ko‘rildi

Joriy yilning 21 noyabr kuni “Andijonda maktab o‘quvchilari kurtkasiz tashqariga chiqishga majbur bo‘ladi” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqalgandi.

Ushbu xabarga Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

«Mazkur xabar yuzasidan Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib holat o‘rganildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha quyidagilar ma’lum bo‘ldi:

1. Joriy yilning 19 noyabr kuni Andijon shahridagi 43-umumta’lim maktabiga “Yangi O‘zbekiston — Yangicha dunyoqarash” shiori ostida mamlakatimizda ko‘zga ko‘ringan ziyolilar, san’at, fan-ma’daniyat hodimlari hamda faol nuroniylardan iborat targ‘ibot guruhi tashrif buyurgan.

2. Targ‘ibot guruhi vakillari tashrifidan xabardor bo‘lgan o‘quvchilar
(soat 11:25)da ularni kuzatish maqsadida yo‘lakka chiqishgan. O‘tkazilayotgan tadbirning fotoalbomini yaratish maqsadida mahalla faollari va maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni rasmga olgan. Ishchi guruh rasmdagi bolalar bilan qilgan suhbatida mana shu suratga olish vaqtida 2-3 daqiqa tashqarida qolishganligi, so‘ng ustozlari tomonidan tanaffus vaqti tugamasdan (soat 11:35gacha) ularni sinf xonalariga kirishlari so‘ralganligi ta’kidlandi.

3. Ishchi guruhning rasmdagi o‘quvchilar va ota-onalar bilan suhbati jarayonida mazkur holatda farzandlarining uzoq vaqt tashqarida qolib ketmaganligi sababli e’tirozlari yo‘q ekanligini ta’kidlashdi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra: Har bir o‘quvchining maktabdagi vaqtidagi salomatligi va xavfsizligiga keng jamoatchilik vakillari, bloggerlardan ham ko‘proq ta’lim sohasi vakillari jon kuydirishlari zarur ekanligini hisobga olib 43-umumta’lim maktabi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchisi (D.Nasirdinov), maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (S.Ismanova)lar egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi barcha tizimda faoliyat olib borayotgan rahbarlar, o‘qituvchilar va hodimlardan maktabdagi o‘quvchilarning har biriga o‘z farzandidek dahldorlik tuyg‘usida yondoshishni, ularning sog‘liklari va xavfsizliklariga ta’sir ko‘rsatuvchi mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘rab qoladi», deyiladi munosabatda.

Kanalga ulanish: https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw


21 ноября в социальных сетях было размещено сообщение под заголовком «Школьников Андижана заставят выходить на улицу без курток».

Новость прокомментировали в Андижанском областном управлении народного образования.

«Для изучения ситуации Андижанским областным управлением народного образования создана рабочая группа. Результаты исследования таковы:

1. 19 ноября текущего года под девизом «Новый Узбекистан – новое мировоззрение» 43-ю общеобразовательную школу города Андижана посетили видные представители интеллигенции, искусства, ученые и деятели культуры, активная интеллигенция.

2. Студенты, которые знают о визите группы защиты
(11:25 утра) вышел в коридор, чтобы следовать за ними. Их сфотографировали общественные активисты и заместитель директора школы по духовно-просветительской работе для создания фотоальбома мероприятия. В интервью с детьми на снимке рабочая группа отметила, что во время фотосессии они находились на улице 2-3 минуты, после чего учителя попросили их войти в классы до окончания перерыва (до 11:35).

3. Во время беседы рабочей группы с учащимися и родителями, изображенными на фото, они заявили, что не имеют возражений в данном случае, так как их дети давно не выходили на улицу.

В заключение исполняющий обязанности директора 43-й общеобразовательной школы (Д.Насирдинов), принимая во внимание тот факт, что здоровье и безопасность каждого ученика в школе должны быть важнее, чем широкая общественность, даже блогеры. ), заместитель директора по духовной и просветительского дела школы (С.Исманова).

Андижанское областное управление народного образования призывает всех руководителей, учителей и сотрудников, работающих в системе, относиться к каждому учащемуся с чувством сопричастности, как к ребенку, решать такие вопросы, которые затрагивают их здоровье и безопасность, будет предложено не допускать этого, — говорится в заявлении.

Подключение канала: https://t.me/joinchat/AAAAAFg-O0mIP2xuhX6Nhw

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: