An’anaviy shaklda darslari o‘tilmaydigan fan o‘qituvchilarining oylik maoshlari saqlanadi

An’anaviy shaklda darslari o‘tilmaydigan fan o‘qituvchilarining oylik maoshlari saqlanadi
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

O‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqotning oldini olish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ayrim fanlarni o‘tish vaqtinchalik tavsiya etilmasligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2020 yilning 28 avgustida “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish ishlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi bo‘limlariga an’anaviy shaklda dars mashg‘ulotlari o‘tkazilmaydigan ayrim fanlar pedagoglariga ajratilgan dars soatlari bo‘yicha oylik ish haqini saqlash topshirildi.

Bu haqda Xalq ta’limi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ushbu fan o‘qituvchilari maktabda o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga jalb etilishi belgilandi. O‘quv yili boshlangunga qadar bo‘lgan davr uchun muassasaning pedagog va boshqa xodimlariga 2020/2021 o‘quv yili uchun shakllantirilgan tarifikatsiya ro‘yxati hamda shtatlar jadvali bo‘yicha belgilangan lavozim maoshidan kelib chiqib, oylik ish haqi to‘lab beriladi.

Mehnatiga soatbay haq to‘lanadigan o‘rindoshlik asosida ishlovchi pedagog xodimlarning mehnatiga haq to‘lash muassasada o‘quv jarayoni boshlangandan keyin amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz maktabda o‘tilmaydigan fanlar masofaviy ta’lim shaklidagi televizion darslar orqali uzatiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: