Alisher Navoiyni Germaniyada qanchalik o’rganishadi?

Alisher Navoiy
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Mir Alisher Navoiy asarlari nafaqat turkey xalqlar orasida, balki yevropa mamlakatlarida ham qadrlanadi.

E’tiboringizga taqdim qilinayotgan ushbu ma’lumotlar O’qituvchi Telegram kanalidan olindi. Afsuski, maqolaning muallifiga aniqlik kirita olmadik.
Biz Navoiy ijodini qancha o’rgansak ,shuncha tafakkurimiz kengayib ,fikrimiz tiniqlashib boraveradi. Men nemis tili fani o’qituvchisi sifatida Navoiyga Yevropada munosabat qiziqtiradi. Navoiyni nemis diyoriga qachondan kirib borishi , asarlari qanday kutib olinganligi haqda qisqacha sizga ma’lumot berishimga ruxsat etgaysiz.
Ulug’ bobomiz ijodi nemis tiliga tarjima qilinish tarixi 400 yildan oshiqroq davrni o’z ichiga oladi. XV – XVI asrlarda G’arbning Sharq adabiyotiga intilishi kuchaydi. XVIII asrda Yevropada yangi bir adabiyot olami kashf qilindi.
Tabiiy savol tug’iladi : Sharq adabiyotiga G’arbda ehtiyoj bor edimi? Nemis xalqi musulmon olami so’z san’atiga katta qiziqish bilan qaragan. Gyote o’zining mashhur “G’arbu Sharq devoni ‘‘ni Hofiz Sheroziy she’riyati asosida yaratgan.
Bu asar nafaqat nomi , balki mundarijasiga ham sharqona yondashinilgan. ‘‘Mug’anniynoma ‘‘ , ‘‘Hofiznoma ‘‘, ‘‘Xuldnoma ‘‘ va hakozo. Tarjimon Sadriddin Salim Buxoriy bu jihatlarga alohida e’tibor qaratgan.
Xullaskim , nemis diyoriga o’z asarlari bilan kirib borgan ilk o’zbek shoiri – Alisher Navoiydir. ‘‘ Xamsaning 4-dostoni – » Sa’bai -sayyor » dagi bir voqeani 1557
yil X. Armaniy italyan tiliga tarjima qilgan bo’lsa , oradan 26 yil o’tib , 1583 yili Yohan Vetsel bu asarni ilalyanchadan nemis tiliga o’girdi. Xerman Vamperi Navoiyning g’azal va ruboiylarini , ‘‘Mahbub – ul –qulub ‘‘asaridan tarjimalar qilganini , 1946 -yil nemis adibi Alfred Kurella , 1968- yil Yohan Varkentin , 1991- yil Doroteya Baklikskayalar tarjima qildilar. Yana 1991 – yil nemis shoirasi Nora Pferrer bilan o’zbek tarjimoni Yo’ldosh Parda hamkorlikda Navoiy g’azallardan 21 tasini nemis tiliga o’girdilar. Shu tariqa Navoiy asarlarini nemis tiliga tarjimasi borasida o’zbek – nemis hamkorligi boshlandi. Bir – biridan etnik jihatdan tamoman farqlanuvchi ikki xalqning o’ziga xos urf-odatlarini , turmush – tarzini bir- birining tiliga to’g’ri ko’chirishda tarjimonlar mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.Shu o’rinda asarlarni bevosita asliyatdan – nemis tilidan o’zbek tiliga o’g irish tajribasiga o’tildi. Fidoiy tarjimonlarimiz Sadriddin Salim Buxoriy , Posho Ali Usmon , Yanglish Egamova , Salim Jabborov , Nosir Muhammad kabilar mehnati tahsinga sazovordir. 2 mingta aforizmni o’zida mujassam etgan Gyotening ‘‘ Maximen und Reflexionen ‘‘ asari yetuk tarjimonimiz Mirzaali Akbarov tomonidan ‘‘Hikmatlar xazinasi ‘‘ nomli kitob bo’lib nashrdan chiqdi.Tarjimonlarimiz mahoratini Gyotedek buyuk shaxs oldindan sezgandek :Tarjimonlarni serg’ayrat , tinib-tinchimas sovchilarga o’xshatging keladi , ular bizga yarim pinhon go’zallikning maqtovini keltirib , uni yuksak darajada yoqimli qilib ko’rsatadilar ; Ular asliyatga zo’r , kuchli ishtiyoq uyg’otadilar ‘‘.
Navoiy bilan Gyote ijodiyoti uyg’unligini ko’rib biz – nemis tili ustozlari o’quvchilarda nemis xalqi , tiliga bo’lgan mehrni yana oshirib, sabot bilan ishlashga chorlaydi. Gyotening ‘‘Eh , ezgu niyatli nemislarim-a !’’deb murojaat qilganini o’qib , xalqlarimiz yaqinligini his qilaman , entikib ketaman ; go’yo o’zbek bobom boshim silaydi ;

Hayajon to’lqini , hasrat , tabassum ,
Shirin xayollaru , jon olar ma’sum ,
Nozik ibolaru sengadur isyon
Muhabbat sohibi baxtiyor inson !( Gyote )

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: