✅ Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun 3 ta majburiy fan (ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi) dan namunaviy test topshiriqlari joylashtirildi.
Unda har bir fan bo‘yicha:
👉 15 tadan test topshirig‘i;
👉 test topshirig‘ining yechilishi;
👉 to‘g‘ri javob;
👉 manba keltirilgan.
👨🏻💻 Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari bilan quyidagi havola orqali kerakli fanni tanlagan holda tanishish mumkin:
👉 https://dtm.uz/page/majburiy_2020
❕ Avvalroq umumta’lim fanlaridan ham namunaviy test topshiriqlari e’lon qilingan edi.
O‘ylaymizki, namunaviy test topshiriqlari abituriyentlarning oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlarida yordam beradi.