Abituriyentlarni qiynayotgan ba’zi savollarga javoblar

Abituriyentlarni qiynayotgan ba’zi savollarga javoblar

Huquqshunos, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori o’rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev abituriyentlar tomonidan ko’p berilayotgan savollarga javob berdi.

– Onlayn ro’yxatdan o’tgach, profilda rasm ko’rinmasa, bu muammo emas. Ma’lum vaqt o’tgach, o’zi paydo bo’ladi. Rasm yo’qligi testga kirishda muammo tug’dirmaydi;

– Agar chet tilini bilish sertifikatini kiritgan bo’lsangizu, lekin haligacha tasdiqlanmagan bo’lsa, biroz kutib turishingiz kerak. CHunki har bir sertifikatning haqiqiyligi mutaxassislar tomonidan tekshirilib, keyin tasdiqlanmoqda;

– Avvalgi yilda bitirganlar onlayn ro’yxatdan o’tib, to’lovni ham amalga oshirgach, ro’yxatdan muvaffaqiyatli o’tganligi haqida telefoniga SMS kelmagan bo’lsa, bu xavotirli emas. Asosiysi shaxsiy kabinetda “To‘lovingiz muvaffaqiyatli amalga oshirildi!” degan yozuv chiqsa bo’ldi;

– Imtiyozlar faqat birinchi tanlagan yo’nalishga amal qiladi. Ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishlarga o’tmaydi;

– qabul.dtm.uz saytida beshta yo’nalishni tanlaganlar soni ko’rsatilgan. YA’ni biror yo’nalishga ro’yxatdan o’tganlar soni aytaylik, 5 mingta bo’lsa, bu faqat birinchi yo’nalishni tanlaganlar soni emas, balki ikkinchi yoki undan keyingi yo’nalishni tanlaganlar ham inobatga olingan;

– “Oliy hamshiralik ishi” bakalavriat ta’lim yo’nalishiga barcha abiturientlar ham hujjat topshira olmaydi. Faqat tibbiyot kollejlarining hamshiralik, akusherlik ishi yoki feldsherlik yo’nalishlarini tugatganlargina ushbu yo’nalishga hujjat topshirish huquqiga ega. SHu sababli “Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishiga o’qishga kirish uchun abiturientlar dastlab hududlarda joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasasiga murojaat qilishi kerak. To’g’ridan-to’g’ri onlayn hujjat topshiraman desa, “Oliy hamshiralik ishi” yo’nalishi ro’yxatda chiqmaydi;

– Harbiy OTMga hujjat topshirgan abiturientlar bir vaqtning o’zida harbiy bo’lmagan 5ta bakalavriat yo’nalishiga hujjat topshira oladi. Faqat test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo’lishi kerak. Harbiy va harbiy bo’lmagan OTMlar uchun test bir vaqtda abiturient o’zi tanlagan hududda o’tkaziladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: