Abituriyentlar uchun uzoq kutilgan yangilik, uning ahamiyati nimada?

Abituriyentlar uchun uzoq kutilgan yangilik, uning ahamiyati nimada

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov bilan 2020-yilgi qabul natijalari va 2021-yilda kutilayotgan yangiliklar boʻyicha oʻtkazilgan suhbat eʼlon qilindi.

Unda qayd etildiki, bu yil test sinovlarida qator yangiliklar joriy etish koʻzda tutilmoqda. Ularning eng muhimlaridan biri oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi yaratilayotganligi hisoblanadi. Bu quvonchli yangilikni koʻpchilik abituriyentlar anchadan beri intiqlik bilan kutishayotgan edi. Avval abituriyent toʻplagan ballari boʻyicha 5 tagacha oʻquv yurtining tanlovida ishtirok etishga haqli edi. 2021-yildan boshlab daʼvogarlar test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi. Bu oʻta muhim oʻzgarish, negaki, bu holda abituriyentlarning oʻqishga kirish imkoniyati keskin oshadi, mamlakatimiz oliy taʼlim tizimi bu boradagi jahon standartlariga yaqinlashish yoʻlida yana bitta dadil qadam tashlaydi.
Oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul mamlakatimizda juda koʻpchilikni doimo oʻylantirib turadigan masalalar sirasiga kiradi. 2016-yilga qadar bu sohada adolatsizliklar koʻpligi sir emasdi. Shu bois oxirgi yillarda test sinovlarini shaffof va adolatli tashkil etish borasida qator tadbirlar oʻtkazildi. Ular oʻz samarasini bera boshladi. Lekin bu tizimda qilinishi lozim boʻlgan ishlar hali juda koʻp. Shu bois odamlarning ijtimoiy tarmoqlarda “taʼlim sifati kontrakt summasiga mos emas”, “oliy oʻquv yurtlari soni va qabul kvotalarini oshirish lozim”, “test usuli talabga javob bermaydi”, kabi fikrlarni bildirayotganliklarini tushunish mumkin. Lekin tan olish kerakki, test sinovlari tizimida yuz berayotgan yangiliklarni toʻgʻri tushunayotgan va qoʻllab-quvvatlayotgan shaxslarning soni ham tobora koʻpayib bormoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda test sinovlari boʻyicha eʼlon qilinayotgan fikrlarga men ham oʻz munosabatimni bildirmoqchiman. Ayrimlarning “taʼlim sifati kontrakt summasiga mos emas”, degan fikrlarida jon bordir, lekin bu gaplar dalilsiz aytilyapti. Shuning uchun kontrakt summasi va taʼlim sifati boʻyicha tegishli hisob-kitoblar qilib, keyin xulosa qilinsa, toʻgʻri boʻladi. “Oliy oʻquv yurtlari soni va qabul kvotalarini oshirish lozim”, degan fikrlarga men ham toʻla qoʻshilaman. Shu oʻrinda oxirgi yillarda mamlakatimiz rahbariyati bu borada juda katta ijobiy ishlar qilayotganligini eʼtirof etmaslikning mutlaqo iloji yoʻq. Qarang, 2016-yili oliy oʻquv yurtlari 70 ta boʻlsa, bugun ularning soni 131ta, oliy taʼlim bilan qamrab olish foizi esa shu davrda 2,8 baravar koʻpaytirildi, yaʼni 9 foizdan 25 foizga yetkazildi. Jahonning nufuzli universitetlari yurtimizda oʻz oliy oʻquv muassasalarini ochishdi va bu jarayon davom etmoqda. “Test usuli talabga javob bermaydi”, degan fikrlarda ham jon bor. Shu bois tegishli idoralarimiz uni jahon standartlari asosida mukammallashtirish ustida tinimsiz mehnat qilishmoqda, buning uchun hatto xorijlik mutaxassislar yordamidan ham foydalanishmoqda, har yili test sinovlari tizimiga yangi va yangi oʻzgarishlar kiritishmoqda.
“Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”da yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini jahonning eng ilgʻor standartlari darajasiga yetkazish, shu jumladan, oliy taʼlim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish vazifalari belgilangan. Ayni paytda bu borada amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar ana shu maqsadga yetish yoʻlidagi muhim qadamlar hisoblanadi.
Odil Olimjonov,
iqtisod fanlari doktori, professor

Manba: Xs.uz


Недавно в социальных сетях было опубликовано интервью с директором Государственного центра тестирования при Кабинете Министров Республики Узбекистан Маджидом Каримовым об итогах приема в 2020 году и ожидаемых новостях в 2021 году.

Отмечалось, что ряд нововведений планируется опробовать в этом году. Одним из важнейших из них является создание неограниченного числа абитуриентов для вступительных испытаний в высшие и профессиональные учебные заведения. Эту радостную новость давно с нетерпением ждали многие абитуриенты. Ранее абитуриенты имели право участвовать в конкурсе до 5 учебных заведений на основании набранных баллов. С 2021 года абитуриенты смогут выбирать неограниченное количество специальностей, соответствующих набору предметов, которые они прошли. Это очень важное изменение, ведь в этом случае шансы абитуриентов на обучение резко возрастут, а система высшего образования нашей страны сделает еще один смелый шаг к приближению к мировым стандартам в этой области.
Поступление в высшие и профессиональные учебные заведения является одним из важнейших вопросов в нашей стране. До 2016 года не было секретом, что в этой сфере много несправедливости. Поэтому в последние годы был принят ряд мер для обеспечения того, чтобы испытания проводились прозрачным и справедливым образом. Они начали приносить плоды. Но в этой системе еще многое предстоит сделать. Поэтому понятно, что люди в соцсетях говорят о том, что качество образования не соответствует сумме контракта, что нужно увеличить количество вузов и квоты приема, а методика тестирования не соответствует требованиям. Однако надо признать, что число людей, понимающих и поддерживающих нововведения в системе тестирования, растет.
Я также хотел бы прокомментировать тестовые посты, размещенные в социальных сетях. Некоторые считают, что качество образования не соответствует сумме контракта, но это не так. Поэтому уместно произвести соответствующие расчеты по сумме контракта и качеству образования, а затем сделать выводы. Полностью согласен с тем, что нужно увеличить количество вузов и квоты приема. В то же время нельзя не признать, что за последние годы руководством нашей страны проведена большая позитивная работа в этом направлении. Посмотрите, в 2016 году было 70 вузов, сегодня 131, а процент приема в вузы вырос за тот же период в 2,8 раза, с 9% до 25%. Ведущие университеты мира открыли свои вузы в нашей стране, и этот процесс продолжается. Существует также мнение, что метод испытаний не соответствует требованиям.Поэтому наши профильные ведомства постоянно работают над ее совершенствованием на основе мировых стандартов, даже используя помощь зарубежных специалистов, и каждый год вносят все новые и новые изменения в систему тестирования.
В «Концепции развития системы высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года» поставлены задачи по доведению системы подготовки высококвалифицированных кадров до уровня самых передовых мировых стандартов, в том числе по увеличению охвата высшим образованием за счет 50%. Происходящие в настоящее время изменения являются важными шагами в этом направлении.
Одил Олимжонов,
доктор экономических наук, профессор

Источник: Xs.uz.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: