Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi

Abituriyentlar uchun onlayn repetitor TV darslar namoyishi boshlandi

eAbituriyentlarning oily o‘quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun onlayn repetitor television darslar namoyishi boshlandi.

15-iyun kunidan boshlab Xalq ta’limi vazirligi, Bilim va malakalarni baholash agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda «Onlayn-repetitor» televizion darslar namoyish etishni boshladilar.
Loyiha bu yil abituriyentlarimizning oliy o‘quv yurtiga kirishga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida yaratildi.
«Onlayn-repetitor» loyihasi doirasida abituriyentlar bu yilgi test sinovlari o‘tkaziladigan barcha fanlardan (12 ta) namunaviy test savollarini yechish usullari bilan tanishadilar.
Test savollari Bilim va malakalarni baholash agentligining mutaxassislari (testologlari) tomonidan tayyorlangan.
Televizion darslar bir oy davomida efirga uzatiladi. «Onlayn-repetitor» dasturida testlar o‘zbek va rus tillarida har kuni soat 9.00-12.00 ga qadar namoyish etiladi. Ertalabki efirni tomosha qilishga imkoniyati bo‘lmagan abituriyentlar uchun soat 16.00 dan boshlab takroriy efir namoyish etiladi.
Barcha abituriyentlarga onlayn-repetitor dasturlarini ko‘rishga imkoniyat bo‘lishi uchun fanlar 2 blokka ajratilgan holda namoyish etiladi, ya’ni birinchi blokda aniq va tabiiy fanlar (matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya), ikkinchi blokda filologiya va gumanitar fanlar (ona tili, rus tili, tarix, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili) namoyish etiladi.
Har kunlik efir jadvallarini va televizion darslarni Siz Xalq ta’limi vazirligi va Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti va telegram kanallari (www.uzedu.uz t.me/uzedu, t.me/uzeduonlinemaktab, fb.com/uzedu www.dtm.uz) orqali tanishib borishingiz mumkin.


Онлайн-репетиторский телевизионный курс был запущен, чтобы помочь электронным абитуриентам подготовиться к поступлению в высшие учебные заведения.

15 июня Министерство народного образования, Государственный центр тестирования и Национальная телерадиокомпания Узбекистана начали трансляцию онлайн-уроков с репетиторством.
Проект создан, чтобы облегчить нашим абитуриентам подготовку к поступлению в университет в этом году.
В рамках проекта «Онлайн-репетиторство» абитуриенты узнают, как решать примеры тестовых вопросов по всем предметам (12), которые будут тестироваться в этом году.
Тестовые вопросы готовятся специалистами (тестологами) Государственного центра тестирования.
Уроки по телевидению будут транслироваться в течение месяца. Программа онлайн-репетиторства показывает тесты на узбекском и русском языках каждый день с 9:00 до 12:00. Для участников, которые не смогут посмотреть утреннюю трансляцию, повторная трансляция начнется в 16:00.
Для того, чтобы все абитуриенты имели доступ к программам онлайн-репетиторства, предметы разделены на 2 блока, т.е. в первый блок входят точные и естественные науки (математика, физика, химия, биология, география), во второй блок входят филология и гуманитарные науки ( родной язык, русский, история, английский, немецкий, французский).
Расписание ежедневных эфиров и телеуроков размещено на официальном сайте Министерства народного образования и Государственного центра тестирования и телеграм-каналах (www.uzedu.uz t.me/uzedu, t.me/uzeduonlinemaktab, fb.com/uzedu www .dtm .uz).

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: