Abituriyentlar uchun minimum ball bormi? U necha bo’lishi mumkin?

Abituriyentlar uchun minimum ball bormi? U necha bo'lishi mumkin?
Bizni endi Telegramda ham o'qishingiz mumkin. Kanalga obuna bo'lish

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Ya’ni abituriyentlar bilimi orqali nafaqat o‘zgalar bilan, eng avvalo o‘zi bilan ham kurashishi kerak. Agar abituriyent minimum ballni to‘play olmasa, unda hattoki kvotada joy bo‘lsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi.

Huquqshunos va bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev minimum ball haqidagi mulohazalarini shunday izohladi:

Eshitishimga qaraganda, bu minimum ball test sinovlari joriy etilgan dastlabki yillarda maksimal ballning 50%i bo‘lgan ekan. Ya’ni maksimal ball 226,8 bo‘lgan bo‘lsa, 113,4 balldan kam to‘plaganlar joy bo‘lsa ham qabul qilinmagan. Ammo bu talab tufayli juda ko‘p kvotalar to‘lmasdan, bo‘sh qolib ketgani uchun, noiloj minimum talabni 30% ga tushirishgan ekan.

Joriy yilda ham minimum talab xuddi avvalgi yillardagidek:

To‘lov-kontrakt uchun – 56,7 ball;
Davlat granti uchun – 68 ball.

Bu nima degani?

Aniq misol bilan tushuntiraman.

Pastda o‘tgan yili mandat saytida e’lon qilingan natijalarning rasmlari aks etgan. 1-rasmdagi Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari institutining «Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari» yo‘nalishining rus guruhiga o‘tgan yili jami 24 ta kvota ajratilgan. Shundan 4 ta grant, 20 ta kontrakt.

Lekin natijalarga qarasak, 22, 23 va 24-o‘rindagi abituriyentlar 56,7 balldan kam to‘plaganini ko‘rish mumkin. Demak, ular garchi kvota ichida turgan bo‘lsa ham talabalikka qabul qilinmaydi.

2-rasmga qarang. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti «Biotexnologiya» yo‘nalishida Andijon viloyati uchun davlat grantiga 1 ta maqsadli qabul kvotasi ajratilgan. O‘sha 1 ta o‘rin uchun o‘tgan yili 10 kishi hujjat topshirgan. Lekin 10 nafar abituriyentning barchasi 68 balldan kam to‘plagan. Demak, o‘sha davlat granti uchun ajratilgan 1 ta o‘ringa hech kim kira olmaydi. Bo‘sh qoladi.

Minimum ball degani shunaqa bo‘ladi. To‘g‘risini aytsam, hamma savolga tavakkal faqat 1 ta variantni belgilab chiqqanlar omadi kelib 70-80 ball oladigan bir zamonda yoshlarimizning atigi 56,7 ball to‘play olmasligi bizni xavotirga solishi kerak, albatta. Ammo nailoj, qozonda bori cho‘michga chiqadi.

Savol tug‘ilishi mumkin, 56,7 balldan kam to‘plaganlar endi o‘qishga kira olmaydimi?

Kirishi mumkin. Moliyaviy imkoniyati borlar super-muper kontrakt orqali (ya’ni oddiy super kontraktning 2 baravari) kamida 20 baravardan 50 baravargacha bo‘lgan kontraktni to‘lab (yo‘nalishiga qarab), talaba bo‘lishlari mumkin. Batafsil: Bu yerda

Shu o‘rinda yana bir gap: hatto 56,7 ball ham to‘play olmagan yoshlarning gaplarini o‘qisangiz, aksariyati faqat nolishni uddalaydi. «Moliyaviy imkoni yo‘qlar nima qilsin, hamma narsa boylar uchun ekanda, ular o‘qiydiyu, biz o‘qiy olmaymizmi, aybimiz kambag‘alligimizmi?» deb [g‘ij-g‘ij imlo xatolari bilan] yozishadi.

Ularga javobim: aybingiz kambag‘allikda emas, bilimsizligingizda. Ozgina ixlos va xohish bilan qo‘lingizga kitob olganingizda edi, bemalol budjetga ham kirardingiz.

Hammasi o‘z qo‘lingizda, ishoning. Qishloqlarimizda repetitor tugul, oddiy darslik kitoblarga zo‘rg‘a pul topayotgan oilalarning o‘g‘il-qizlari harakat qilib, intilib 189 ball olishyapti. Aybni o‘zgalardan emas, eng avvalo o‘zingizdan qidiring.

Salomat bo‘ling. Barcha bilimlilarga, bilim olishga ishtiyoqi borlarga omad tilayman!

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 3
  1. Madina Sirojiddinovna

    Intilganga tole yor!!!♥️

  2. Nazira Raisova

    2020-yilda ham davlat grantining minimal bali 68 ball etib tayinlandimi

  3. Kamoliddin Rixsiboyev

    umumiy natijani qachon qayerdan bilish mumkin? (kirdi yoki kirmadi ro’yhati)

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: