UYDA QOLING!

8-sinf ona tili va adabiyot bo’yicha yutuqli onlayn testlar

Onlayn testlar

Ona tili va adabiyoti fanlarini yaxshi bilasizmi? Onlayn testlar orqali bilimingizni sinab ko’ring va pul mukofotiga ega bo’ling.

Assalomu alaykum, siz 8-sinf ona tili va adabiyoti fanlari bo’yicha onlayn testlarni ishlab yutuqqa erishish mumkin bo’lgan sahifadasiz. Sahifadagi barcha testlarni to’g’ri ishlaganingizda “Ofarin” yorlig’ini olasiz. Ana shunday “Ofarin” lardan 5 marta olsangiz g’oliblikka erishgan hisoblanasiz. G’olibga 25 000 (Yigirma besh ming) so’m pul mukofoti beriladi. Quyidagi “Asosiy savollarga javoblar” tugmasini bossangiz ko’p narsaga oydinlik kiritilgan.

Asosiy savollarga javoblar

    1. Bu yerda qanday testlar bor?

    Bu yerda 8-sinf materiallariga mo’ljallangan jami 700 ga yaqin testlar ichidan avtomatik ravishda tasodifiy tanlangan 20 ta onlayn testlar mavjud.

    2. G’oliblarni aniqlash tizimi qanday ishlaydi?

    Necha marta “Ofarin” belgisini olganingiz avtomatik aniqlanadi.

    3. “Ofarin” belgisini 5 marta olish uchun qanchadir vaqt chegaralanganmi?

    5 marta “Ofarin” olish 1 kunda erishilishi kerak. Bugun 4 marta olgan bo’lsangiz ertasi kun uchun yangitdan boshlash kerak.

    4. Necha kishi g’olib bo’lishi mumkin?

    G’olibni aniqlash qancha vaqt davom etsa ham birinchilardan bo’lgan 4 kishi taqdirlanadi.

    5. Men g’olib bo’lsam mukofotimni qanday olishim mumkin?

    Pul mukofotini istasangiz raqamingizga Paynet qilishimiz, yoki Click orqali plastic kartangizga o’tkazib berishimiz mumkin.

    6. 1 kishi bir necha marta ham g’olib bo’lishi mumkinmi?

    1 kishi faqat 1 marta taqdirlanadi, lekin testlarni istagancha ishlashi mumkin.

    7. Men g’olib bo’ldim, lekin 8-sinf emasman, bunda nima bo’ladi?

    Yosh va mansab chegaralanmagan.

    8. G’oliblarni qayerda e’lon qilasiz?

    Barcha jarayonlarni “Fikr bildirish” formasi orqali e’lon qilib turiladi.

    9. Testlarni o’zingiz tuzganmisiz, aytmoqchi bo’lganim testlar uchun manbaa bormi?

    Savollarni tuzishda Nilufar Rasulova va Asliddin Namozov qo’llanmalaridan, shuningdek, oxirgi yillarda bilimlar bellashuvi tuman bosqichlarida berilgan testlardan foydalanildi. Qo’lingizda 8-sinf ona tili va adabiyoti darsliklari bo’lishi tavsiya etiladi.

    10. Meni qiziqtirgan savol bu yerda yo’q ekan?

    O’zingizni qiziqtirgan savol-javoblarni bu yerda topa olmagan bo’lsangiz “Fikr bildirish” formasi orqali qoldirishingiz mumkin.

Istalgan vaqtda, istalgan joyda o’z bilimi bilan mukofot olishga nima yetsin. Hoziroq ishlashni boshlang, g’oliblar soni chegaralangan. Omad yor bo’lsin.

8-sinf ona tili va adabiyoti bo’yicha yutuqli testlar to’plami

1. Qaysi gap tarkibida ega qo’llangan?

 
 
 
 

2. Fitrat o’z safdoshlari, ma’rifatparvarlari bilan qayerlarda yangi usul – jadid maktablari ochadi, bolalarga zamonaviy ta’lim berishni joriy qiladi?

 
 
 
 

3. Turg’un bog’lanma haqida aytilgan fikrning qaysi biri noto’g’ri?

 
 
 
 

4. O.Sharafiddinov o’z xalqining e’tibori va e’zozini qozongan Prezident farmoni bilan qanday unvonlar berilgan?

 
 
 
 

5. “Hafsalasi pir bo’ldi” iborasiga ma’nodosh ibora ishtirok etgan gapni aniqlang.

 
 
 
 

6. M.Yusufning qaysi she’ri qahramoni, umrini ko’ngliga topshirib qo’ygan deb tasvirlanadi?

 
 
 
 

7. Majlisda qatnashdilar: Salim Naimov, Shokir Otaqulov, Rustam Sharipov. Ushbu gapda ikki nuqtaning ishlatilish sababi qaysi javobda to’g’ri izohlangan?

 
 
 
 

8. “Iymanib yashama xayol pinjida
Yoyil yayra jonim o’rtanma g’amda” Yuqoridagi satrlar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan keltirilgan?

 
 
 
 

9. Qaysi gapda kesim olmosh bilan ifodalangan?

 
 
 
 

10. Qaysi qatorda ot kesimga to’g’ri izoh berilgan?

 
 
 
 

11. Ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalangan gapni aniqlang.

 
 
 
 

12. “…To’qson to’qqiz yoshida olamdan o’tdi. Qabri Dehikanordadur, o’z maskani erdi”. Lutfiy to’g’risidagi ushbu fikr kimning qaysi asaridan olingan?

 
 
 
 

13. Vatanimizdagi Fitratshunos olimlar berilgan qatorni toping.

 
 
 
 

14. Hali savodi chiqmasdan she’rlar yarata boshlagan adibni aniqlang.

 
 
 
 

15. Kim S.Ahmadning qaysi asariga odamga quvvat beradigan umid, uning boshini toshdan qiladiga haqiqiy hayot manzarasidir deb yuksak baho beradi?

 
 
 
 

16. Qaysi xususiyatiga ko’ra insholar ikki turga bo’linadi?

 
 
 
 

17. Umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelsa, uyushiq bo’laklardan so’ng qanday tinish belgisi qo’yiladi?

 
 
 
 

18. T.Suloymon “Iltijo” she’rida qaysi faslni tarannum etadi?

 
 
 
 

19. Qaysi qatordagi ta’rif bitishuv usulidagi so’z birikmasiga to’g’ri kelmaydi?

 
 
 
 

20. Ravish holi kesimga qaysi yo’l bilan bog’lanadi?

 
 
 
 

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikrlar: 1
  1. Fayzullayeva Noila

    Manga yoqdi

Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: