5-sinf adabiyot fanidan kompetensiyali yillik dars ishlanmalar

Dars ishlanmalar
Loading...

adabiyot fanidan 5-sinf bo’yicha kompetensiyali, to’liq yillik dars ishlanmalarni yuklab oling.

Mazkur dars ishlanmalardan konspekt yozayotganda namuna sifatida foydalanish mumkin.

Yillik dars ishlanma mavzulari

Adabiyot – so‘z san’ati dars ishlanmasi

Maqollar dars ishlanmasi

Topishmoqlar dars ishlanmasi

Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Imom al-Buxoriy Hadislardan namunalar dars ishlanmasi

Kim ko’p maqol va topishmoqlar biladi (suhbat) dars ishlanmasi

Ezop hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Ezop masallari va ularning ibratlari haqida dars ishlanmasi

Loading...

“Uch og’a-ini botirlar” ertagi dars ishlanmasi

“Susambil” ertagi dars ishlanmasi

Nazariy ma’lumot: Ertak haqida tushuncha dars ishlanmasi

1-Nazorat ishi (taassurot yozish) dars ishlanmasi

Hamid Olimjon hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Oygul bilan Baxtiyor” (Ertak-doston) dars ishlanmasi

Nazariy Ma’lumot: Ertak-doston haqida tushuncha dars ishlanmasi

Ifodali o’qish dars ishlanmasi

Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Iskandar Zulqarnayn ertak-dostoni haqida dars ishlanmasi

Asqad Muhtor hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Asqad Muhtor (hafta she’ri haqida) dars ishlanmasi

Asqad Muhtor “Po’latjon yuz tup ko’chat ekmoqchi” she’ri dars ishlanmasi

Asqad Muhtor she’rlari haqida dars ishlanmasi

2-Nazorat ishi: “Menga yoqqan kitob” (ijodiy matn) dars ishlanmasi

Hans Kristian Anderson hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Hans Kristian Anderson ertaklari dars ishlanmasi

“Bulbul” ertagi dars ishlanmasi

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Uloqda” hikoyasi dars ishlanmasi

Loading...

Mirkarim Osim hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Zulmat ichra nur” (qissadan parchalar) dars ishlanmasi

G’afur G’ulom hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi dars ishlanmasi

“Mening o’g’rigina bolam” hikoyasi haqida dars ishlanmasi

Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Fonarchi ota” hikoyasi dars ishlanmasi

6-Nazorat ishi: Test sinovi dars ishlanmasi

Usmon Nosir hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Usmon Nosir she’riyati dars ishlanmasi

Usmon Nosir she’riyati haqida dars ishlanmasi

Ifodali o’qish mashqi dars ishlanmasi

Mirtemir hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Mirtemir she’riyati dars ishlanmasi

O’tkir Xoshimov hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Dunyoning ishlari” qissasi dars ishlanmasi

Antuan De Sent-Ekzyuperi hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Kichkina Shaxzoda” dars ishlanmasi

Alisher Navoiy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Hayrat ul-abror” dostoni dars ishlanmasi

“Hayrat ul-abror” dostonida to’g’rilik va egrilik haqida dars ishlanmasi

8-Nazorat ishi: “Yaxshi so’z jon ozig’I”, “Yomonlik boshga kulfat keltiradi” (taassurot yozish) dars ishlanmasi

Zahiriddin Muhammad bobur hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Zahiriddin Muhammad bobur ruboiylari dars ishlanmasi

Ruboiy haqida tushuncha dars ishlanmasi

Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Sayohatnoma” asari dars ishlanmasi

Sayohatnoma haqida tushuncha dars ishlanmasi

9-Nazorat ishi: test sinovi dars ishlanmasi

Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Loading...

“Guliston”dan hunar o’rganmoq haqida dars ishlanmasi

“Bo’ston” asaridan hikoyatlar dars ishlanmasi

“Mufradot” asaridan hikoyatlar dars ishlanmasi

Sa’diy Sheroziy hikmatlari dars ishlanmasi

Abdulla Avloniy hayoti va ijodi dars ishlanmasi

Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ri dars ishlanmasi

Vatanni sevmoq – (“Turkiy Guliston yoxud axloq” asaridan) dars ishlanmasi

Erkin Vohidov hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Nido” dostoni dars ishlanmasi

“Nido” dostoni haqida dars ishlanmasi

Abdulla Oripov hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“O’zbekiston” qasidasi dars ishlanmasi

“O’zbekiston” qasidasi haqida dars ishlanmasi

10-Nazorat ishi: “Biz baxtiyor avlodmiz” (bahs-munozara) dars ishlanmasi

Ifodali o’qish mashqi dars ishlanmasi

11-Nazorat ishi: “O’zbekiston – faxrim mening” (ijodiy matn tuzish) dars ishlanmasi

Nodar Dumbadze hayoti va ijodi dars ishlanmasi

“Hellados” hikoyasi dars ishlanmasi

“Hellados” hikoyasi haqida dars ishlanmasi

Eslatib o’taman, ikki yoki uch soatga bo’lib o’tiladigan mavzularning har biriga alohida ishlanmalar tayyorlangan.

1 soatlik dars ishlanma namunasi

Mavzu:  ADABIYOT – SO‘Z SAN’ATI

Darsning texnologik haritasi

Malaka talablari Bilim: Adabiyot – so‘z san’ati mavzusi yuzasidan bilim hosil qilinadi.

Ko`nikma: adabiyotga hurmat hissini oshirish, erkin firlay olish qobiliyatini shakllantirish, tanish vaziyatlarda qolqy olish.

Malaka:Egallagan bilimlarini notanish va notanish vaziyatlarda qo`llay oladi.

Kompitensiya: Tushuna oladi, ifodali o`qiy oladi, ijodiy failiyatida egallagan bilim ko`nikma va malakalarini kundalik faoliyatda qo`llay oladi.

  Maqsad va vazifalar a) ta’limiy: Adabiyot fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did,

estetik ong, adabiyotga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.

b) tarbiyaviy: Adabiyot fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy va

mumtoz adabiyotimizga milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.

c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.

O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, bilimlarini kengaytirishga erishish.

 

  O`quv jarayonini mazmuni Adabiyot – so‘z san’ati mavzusi o`qituvchi va o`quvchi o`rtasida harakat bajaruvchisi munosabatni taxlil qilish
  O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi Metod: Amaliy, nazariy, aralash, noan`aviy, ananaviy

Usul: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash

Shakl:  yakka va guruhlarga ishlash

Vosita: Darslik? Testlar? Jadavallar, audio va video materilalar, didaktik va tarqatma materiallar

Nazorat: Savol-javob test. (Insho, bayon, matn yaratish)

Baholash: 5 balli tizim asosida

  Kutiladigan natija O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishlariga erishaman, o`quvchi faolligini oshiraman, o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otaman, o`quvchilarga mustaqil o`rganish va hotirasida saqlash boshqalarga etkaza olish, savol berish va savollarga to`g`ri javoblarga o`rgataman.

O`quvchi: O`quvchilar mavzu yuzasidan bilim va ko`nikma hosil qiladilar, mustaqil fikrlay oladilar, nutqi rivojlanadi, qisqa vaqt ichida ma’lumotlarga ega bo`ladilar

  Kelgusi rejalar O`qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsga tatbiq etish, takomillashtirish,  AKT vositalaridan unumli foydalanish yo`llarini o`rganish, o`z ustida ishash

O`quvchi: Mustaqil tadqiqot, izlanishni yo`lga q`oyadi, o`z fikrini savodli ifodalay olish va do`stlarini fikrini hurmat qilishga o`rganish, mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlab topishga harakat qilish, ularni o`rganish. Do`stona muhitda hamkorlikda ishlash ko`nikmasini shakllantirish

  Uyga vazifa Mavzuni o`qib o`rganib kelish

 

Darsning  texnik chizmasi:

Загрузка...

 

Dars bosqichlari       Vaqt
Tashkiliy qism.  
Yangi mavzuni boshlashga hozirlik  
Yangi mavzuni yoritish  
Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni tahlil qilish  
Darsni yakunlash  
Uyga beriladigan topshiriqlar  

 

Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish,

b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni       aniqlash

  1. c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

                    Yangi mavzu:

Qimmatli farzand, o‘zingizning uch-to‘rt yasharlik paytingizni eslaysizmi? Yodingizda bo‘lsa, u paytlar televizorda beriladigan turli-tuman ko‘rsatuvlar Sizni unchalik qiziqtirmasdi. Agar buni eslolmasangiz, ukalaringizni kuzating. Ular televizor tomosha qilishdan ko‘ra ertak eshitishni ko‘proq yaxshi ko‘radi.

Shunday ham bo‘ladiki, buva va buvilar, ota va onalar har kuni aytaverib, ertaklari ham tugaydi. Eng qiziq ertaklar o‘nlab marotaba qayta aytilsa ham bolajonlar jon qulog‘i bilan eshitaveradi. Ularga ertak voqealari yod bo‘lib ketadi. Lekin, baribir, bolalar ko‘zlarini katta-katta ochgancha, bir nuqtaga tikilib ertak eshitishdan zerikmaydi.

Nega shunday? Nega oddiy gaplar emas, balki ertak va she’rlar odamni bu qadar o‘ziga tortadi, deb o‘ylab ko‘rganmisiz?

Keling, shu savolga birgalikda javob topaylik.

To‘rt yildan buyon maktabga qatnab bilib oldingizki, odam bolasi boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi. U nafaqat o‘ylaydi, fikrlaydi, balki bu fikr-o‘ylarini so‘zlar orqali boshqalarga ham bildira oladi.

Odamlar fikrlar ekan, bir narsani boshqasiga solishtiradi. Bunda ular nafaqat oqni qoradan, yaxshini esa yomondan ajratadi, balki nar-salar orasidagi o‘xshash, bir-birini takrorlovchi jihatlarni ilg‘aydi. Mana shu solishtirish jarayonida obrazli (timsolli) fikrlash hodisasi yuzaga keladi.

«Obrazli fikrlash» degan ibora Sizga sal og‘irlik qilayotgan bo‘lsa, buni bir sodda misol bilan tushuntiramiz.

Jajji ukalaringizning tiliga, xatti-harakatlariga e’tibor bering. Ular osmondagi bulutlarga qarab Sizga goh chopib borayotgan otni, goh ulkan odam qiyofasini ko‘rsatadilar. Bir sinchkov bola barg ustida sudralayotgan ipak qurtini har kuni qishlog‘ining chekkasidan o‘tadigan poyezdga o‘xshatsa, boshqa bola bahorda lolaqizg‘aldoq bilan qoplangan Dalalarni qip-qizil gilamga qiyoslaydi. Bolajonlar loydan kulcha, qumdan uy, plastilindan qushcha yasar ekan, yodiga o‘sha narsalarning surati — timsolini keltiradi. Qo‘lidagini xayolidagiga o‘xshatib yasashga urinadi.

Ertaklarda esa mana shunday obrazli fikrlashning rang-barang ko‘rinishlari aks etadi. Ertak qahramonlari so‘z va obrazli ifodalar yorda-mida ko‘z oldingizda jonlanadi, turli sarguzashtlarni boshdan kechiradi. Voqealar shunday qiziqarli hikoya qilinadiki, o‘zingizni xuddi ularning ishtirokchisidek his qilasiz.

Demak, odamlarning tabiatida bir narsani ikkinchi bir narsaga qiyoslash, hamma narsani so‘z yordamida jonlantirishga moyillik, so‘z san’atiga — adabiyotga qiziqish azaldan bor ekan, degan xulosaga kelsak bo‘ladimi? Albatta, bo‘ladi!

Ana endi ertak, she’r, hikoya ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan adabiyot — so‘z san’atining o‘zi nima, u qanday ehtiyojdan paydo bo‘ladi, degan savolga javob izlab ko‘raylik.

Suhbatimiz boshida «odam boshqa mavjudotlardan o‘zining fikrlay olishi bilan farq qiladi» dedik. Fikrlaydigan insonga esa xayolga berilish, orzu qilish, agar maqsadlariga erisha olmasa, armon chekish singari juda ko‘p xususiyatlar ham xosdir.

 Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.

 Uyga vazifa.

 Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.

Yillik dars ishlanmani ko’chirib olish

Marhamat, yuklab oling:
5-sinf adabiyot fanidan yillik dars ishlanmasi
 

Diqqat, agar o’zingizni 5-sinf ona tili va adabiyoti fanlari bo’yicha bilimingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz ushbu onlayn testlarni ishlab ko’rishingiz mumkin.

Maqola yoqdimi? Iltimos, saytni ommalashtirishga yordam berib ijtimoiy sahifadagi do'stlaringizga ma'lum qiling.
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!:

Loading...
error: Kontent himoyalangan!