4-sinf ona tili darsligida xatolik bo’lganmidi?

4-sinf ona tili darsligida xatolik bo’lganmidi?
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

Joriy yilning 15 oktabrida “Facebook” ijtimoiy tarmogʻidagi “O’zbekiston Respublikasi. Xalq fikri / Мнение народа” guruhida «Saidburhan Mahamatov» profili foydalanuvchisi tomonidan 4-sinf “Ona tili” darsligidan olingan, deya munosabat va fotosurat e’lon qilindi.

Unda ko’tarilgan masala Respublika ta’lim markazi tomonidan o’rganib chiqildi.

Fuqaro tarmoqda e’lon qilgan skrinshot (quyidagi suratda chap tomonda) «Ona tili» darsligi deya berilgan elektron resursdan olingan ekan. Unda «Odamning yog’i (oyog’i bo’lishi kerak) – karavotning oyog’i» jumlasi xato berilgan.

Joriy yilning iyul oyida «O’qituvchi» nashriyotida chop etilib, umumiy o’rta ta’lim maktablariga tarqatilgan darslikda esa bu xatolik mavjud emas («Odamning oyog’i — karavotning oyog’i» tarzida keltirilgan. Darslikdagi shu vazifa quyidagi suratning o’ng tomonida keltirilgan).

Ikki suratni taqqoslash orqali ko’rinib turibdiki, suratda keltirilgan chap tomondagi (soxtalashtirilgan) darslik o’ng tomondagi (chop etilgan) darslikdan dizayni, mashq va yondashuviga ko’ra tamoman farq qiladi.

Shunigdek 9-marotaba chop etilgan darslikning 2015-, 2017- va joriy yilgi yangi nashrlarida “Soʻz va uning maʼno munosabati” degan boʻlim mavjud emas. Ikkinchidan, «Ona tili» darsliklarida mashqlar ketma-ketligi har bir boʻlim uchun alohida emas, balki, darslikning boshidan oxiriga qadar oʻsib boradi.

Profil egasi bilan o’tkazilgan telefon suhbatidan ma’lum bo’lishicha, skrinshot olingan, 4-sinf Ona tili darsligi, deya aytilgan resurs maktab o’qituvchisi tomonidan taqdim etilgan. Vaholanki bunday elektron resurs Respublika ta’lim markazi tomonidan rasman tarqatilmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, noma’lum maqsadlarga ko’ra ijtimoiy tarmoqlarda 4-sinf «Ona tili» darsligining soxta elektron nusxalari tarqatilayotganini ma’lum qilamiz. Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq yolg‘on ma’lumotlar tarqatish uchun ma’muriy hamda jinoiy javobgarlik belgilanganligini aytib o’tmoqchimiz.

O’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda uning darsliklarni chop etishga mas’ul ishchi tashkiloti — Respublika ta’lim markazi yurtdoshlarimiz bilan darsliklar sifatini oshirish, xato-kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha hamkorlik qilishdan manfaatdorligini ma’lum qilamiz.

Xato-kamchiliklarni taqdim etish uchun bot: @darslikka_taklif_bot

Yuqoridagi suratda 4-sinf Ona tili darsligining soxtalashtirilgan talqini (chapda) hamda darslikning tarqatilgan (o’ng tomonda) talqini keltirilgan.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: