2020 yilida qancha maktab yangicha attestatsiyasidan o‘tishi belgilandi

2020 yilida qancha maktab yangicha attestatsiyasidan o‘tishi belgilandi

24-oktyabr kuni Uchtepa tumanidagi 238-umumtaʼlim maktabida “Umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish – taʼlim sifatini oshirishning muhim omili” mavzusidagi Respublika seminar boʻlib oʻtdi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda umumiy oʻrta taʼlim maktablarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishdagi yangicha tartiblar toʻgʻrisida so‘z bordi.

Seminarda Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev, Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov, inspeksiya va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari, hududiy boʻlimi boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining taʼlim sifati monitoringi boʻlimi boshliqlari, Toshkent shahridagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining taʼlim sifati monitoringi boʻlimi bosh inspektor-metodistlari, 2020-yilda attestatsiyaga jalb etiladigan maktab direktorlari va ularning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida taʼlim sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri sifatida oʻquvchilarning sifatli bilim olishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyatga ega.

Taʼlim muassasalarining attestatsiyasi ayni shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, unda oʻquvchilarning yetarlicha bilim olishlari uchun muassasada yaratilgan sharoitlarga baho beriladi. Attestatsiya jarayonida oʻquvchilarning bilim darajasi, oʻqituvchilarning salohiyati, ish hujjatlarining yuritilishi, oʻquv va laboratoriya xonalarning jihozlanishi oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish choralari koʻriladi. Bu borada ota-onalarning fikrlari va oʻquvchilarning talablarini inobatga olgan holda maktabni rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xarita”lari belgilanib, amalga tatbiq etiladi. Pirovardida taʼlim muassasasidagi sharoitlar yaxshilanib, taʼlim sifati oshishiga erishiladi.

Shu kungacha bu jarayon tuman (shahar) hokimliklari qoshida tashkil etilgan va hokim oʻrinbosari raislik qiladigan attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilar edi.

Biroq, ushbu tizim taʼlim sifatini oshirishda, bu borada taʼlim muassasalarida yetarli sharoitlarni yaratishda kutilgan natijani bermadi.

Komissiyalar tomonidan Attestatsiya jarayonlarida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan yoʻl xaritalarini tuzish va uning ijrosini taʼminlashga eʼtibor qaratilmagan.

Ushbu holatlar bugungi islohotlar davrida taʼlim muassasalarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi huquqiy meʼyoriy hujjatlarni zamon talablariga muvofiq ilgʻor xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni taqozo etgan edi.

Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 470-sonli qarori bilan “Davlat taʼlim muassasalari hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi.

Tasdiqlangan nizom avvalgisidan tubdan farq qilib, unga koʻra attestatsiya jarayonlari mutlaqo yangi tartib asosida tashkil etilishi belgilandi.

Xususan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarini attestatsiyadan oʻtish davriyligi 9 yildan 5 yilga, attestatsiya davomiyligi esa 10 kundan 3 kungacha qisqartirildi.

Mazkur nizomga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablarini 2020-2024-yillarda attestatsiyadan oʻtkazish grafigi tasdiqlandi hamda attestatsiyadan oʻtkazish mezonlari ishlab chiqildi.

Ushbu grafik va mezonlar asosida 2020-yil davomida 2514 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan oʻtkaziladi.

Seminarda soʻzga chiqqan xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov bugungi kunga qadar umumtaʼlim maktablari faoliyatini baholash boʻyicha yaxlit samarali tizim boʻlmaganini taʼkidlar ekan, attestatsiyadan oʻtkazish jarayonini qogʻozbozlikdan holi va adolatli koʻrinishda tashkil etish lozimligini aytib oʻtdi.

Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayev yangi baholash mezonlari ilgʻor xalqaro tajribadan foydalangan holda YUNISEF ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilganligini aytar ekan, ushbu jarayondagi bir qator yangiliklar haqida maʼlumot berdi. Xususan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarini attestatsiyadan oʻtkazuvchi komissiya tarkibi tubdan qayta koʻrib chiqilgan. Endilikda attestatsiya komissiyasi tuman (shahar) hokimligi tomonidan emas, balki bevosita xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan boshqarilishi belgilangandi.

Shundan soʻng soʻzga chiqqan inspeksiya bosh boshqarma boshligʻi Asliddin Odilov umumiy oʻrta taʼlim maktablari faoliyatini baholash vositalari va mexanizmlari soddalashtirilib, attestatsiyadan oʻtkazish va akkreditatsiyalash jarayonlari elektronlashtirilganini maʼlum qildi. Endilikda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda ichki va tashqi attestatsiya oʻtkazilishi belgilanib, taʼlim muassasalarining bevosita oʻzini oʻzi baholashda ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Seminar davomida mutaxassislar tomonidan taʼlim muassasalarini ichki va tashqi attestatsiyadan oʻtkazish tartiblari bayon etilib, shoʻba yigʻilishlarida muhokama qilindi va ishtirokchilarga seminar materiallari tarqatildi.

Mazkur seminar materiallari asosida joriy yil 4-6-noyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlar miqyosida, 8-9-noyabr kunlari esa tuman (shahar)lar miqyosida targʻibot ishlari davom ettirilib, nizom talablarini barcha maktab rahbarlariga, har bir pedagog xodimlargacha yetib borishini taʼminlash boʻyicha kelishib olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot xizmati


24 октября в средней общеобразовательной школе №238 Учтепинского района прошел Республиканский семинар на тему «Аттестация общего среднего и внешкольного образования – важный фактор повышения качества образования».
На мероприятии, организованном Государственной инспекцией по контролю качества образования при Кабинете Министров и Министерством народного образования, обсуждались новые процедуры аттестации и государственной аккредитации общеобразовательных школ .
В семинаре приняли участие Улугбек Ташкенбаев, начальник Государственной инспекции по контролю качества образования, Шерзод Шерматов, министр народного образования, руководители профильных управлений и территориальных подразделений Министерства, Министерство народного образования Республики Каракалпакстан, город Ташкент и районных отделов народного образования.В мероприятии приняли участие главные инспектора-методисты отдела контроля качества образования (городских) отделов народного образования, директора школ, которые будут привлечены к аттестации в 2020 году, и их заместители на воспитательную работу.
Общеизвестно, что одним из ключевых факторов повышения качества образования в общеобразовательных школах является создание адекватных условий для получения учащимися качественного образования.
Аттестация образовательных учреждений преследует ту же цель, которая оценивает условия, созданные в учреждении для получения обучающимися достаточных знаний. В процессе аттестации изучаются уровень знаний обучающихся, потенциал преподавателей, делопроизводство, оснащение учебных аудиторий и лабораторий, принимаются меры по устранению выявленных недостатков. Дорожные карты развития школы будут разработаны и реализованы с учетом мнения родителей и потребностей учащихся. В результате улучшатся условия в учебном заведении и повысится качество образования.
На сегодняшний день этот процесс осуществляется аттестационными комиссиями, созданными при районных (городских) хокимиятах под председательством заместителя хокима.
Однако эта система не дала ожидаемых результатов в повышении качества образования и создании надлежащих условий в учебных заведениях.
Комиссии не уделили внимания разработке дорожных карт по устранению недостатков, выявленных в процессе аттестации, и обеспечению их выполнения.
Эти обстоятельства обусловили необходимость совершенствования нормативно-правовых документов по аттестации образовательных учреждений в текущий период реформ на основе передового зарубежного опыта в соответствии с современными требованиями.
С этой целью Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан № 470 от 7 июня 2019 года утверждено «Положение о порядке аттестации и государственной аккредитации государственных образовательных учреждений и негосударственных образовательных организаций».
Утвержденный устав кардинально отличается от предыдущего, согласно которому процесс аттестации будет организован на основе совершенно новой процедуры.
В частности, периодичность аттестации общеобразовательных школ снижена с 9 до 5 лет, а продолжительность аттестации сокращена с 10 до 3 дней.
В соответствии с данным положением утвержден график аттестации общеобразовательных школ на 2020-2024 годы и разработаны критерии проведения аттестации.
На основании этих графиков и критериев к 2020 году будут аттестованы и пройдут государственную аккредитацию 2514 общеобразовательных школ.
Выступая на семинаре, министр народного образования Шерзод Шерматов отметил, что на сегодняшний день не существует единой системы оценки успеваемости общеобразовательных школ, и подчеркнул, что процесс аттестации должен быть безбумажным и справедливым.
Начальник Инспекции образования Улугбек Ташкенбаев сообщил, что новые критерии оценки были разработаны в сотрудничестве с экспертами ЮНИСЕФ с использованием передового международного опыта, и отметил ряд нововведений в процессе. В частности, коренным образом пересмотрен состав комиссии по аттестации общеобразовательных школ. Аттестационную комиссию теперь будет возглавлять непосредственно отдел народного образования, а не районная (городская) администрация.
По словам начальника инспекции Аслиддина Адилова, инструменты и механизмы оценки деятельности общеобразовательных школ были упрощены, а процессы аттестации и аккредитации переведены в электронный вид. На основе международного опыта будет проводиться внутренняя и внешняя аттестация, а образовательные учреждения будут принимать непосредственное участие в самооценке.
В ходе семинара эксперты разъяснили процедуры внутренней и внешней аттестации образовательных учреждений, обсудили на отраслевых собраниях и раздали участникам материалы семинара.
По материалам данного семинара 4-6 ноября т.г. в Республике Каракалпакстан и всех областях, а 8-9 ноября в районах (городах) будет продолжена информационно-разъяснительная работа по обеспечению выполнения требований устава достигнуть всех директоров школ и каждого учителя, согласованного
Пресс-служба Государственной инспекции по контролю качества образования при Кабинете Министров

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: