2020 yil o‘qituvchilar attestatsiyasi uchun hujjat yig‘ish boshlandi

2020 yil o‘qituvchilar attestatsiyasi uchun hujjat yig‘ish boshlandi

2020-yilda boʻlib oʻtadigan pedagog kadrlar attestatsiyasiga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi matbuot xizmatida ma’lum qilindi.
Attestatsiyada ishtirok etishni xohlovchi taʼlim muassasalari pedagog kadrlarga oid maʼlumotlarni tasdiqlangan hamda elektron shaklda 2019-yilning 1-dekabriga qadar Vaziralar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etishlari lozim. Pedagog kadrlar esa, attestatsiyada ishtirok etishlari uchun oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasasi rahbariga yozma murojaat qilishlari kerak.

Taʼlimni boshqarish boʻyicha hududiy boshqaruv organlari attestatsiyada ishtirok etish istagini bildirgan pedagoglar roʻyxatini shakllantirib, 2019-yil 1-dekabrga qadar Taʼlim inspeksiyasiga taqdim etishlari hamda pedagog kadrlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni https://pka.tdi.uz/ elektron dasturiga kiritilishini nazoratga olishlari lozim.

Hurmatli pedagoglarimiz quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishlari lozim:

1. Pedagog kadrlar attestatsiya jarayonlariga masʼuliyat bilan yondashishlari, attestatsiya jarayonlarining asosini tashkil qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarni (Nizom, Baholash mezonlari) mukammal oʻrganib chiqishlari;

2. Attestatsiya komissiyalariga oʻzlari toʻgʻrisidagi haqqoniy, asoslangan maʼlumotlarni taqdim etishlari, attestatsiya jarayonlari bilan bogʻliq hujjatlarni soxtalashtirishga harakat qilmasliklari;

3. Ijtimoiy tarmoqlarda malaka (test) sinovlari savollari yoki nazorat materiallari sifatida tarqatilayotgan har xil koʻrinishdagi manbalarga ishonib qolmasliklari, faqatgina vakolatli organ yaʼni Taʼlim inspeksiyasi tomonidan oʻtkaziladigan onlayn repetitsiyadan samarali foydalanishlari;

4. Malaka (test) sinovlarini oʻtkazish jarayonlarida pedagoglarga xos boʻlmagan xatti-harakatlarni (har xil koʻrinishdagi manbalarda foydalanish, oʻringa-oʻrin kirish) sodir etishga harakat qilmasliklari maqsadga muvofiq.

5. Shuningdek, attestatsiya jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan savollar yuzasidan Taʼlim inspeksiyasining 71-231-07-53 (ichki raqam 1023,1032) telefon raqami qoʻngʻiroq qilishlari yoki inspeksiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari (Facebook, Telegram), pedkadr@tdi.uz- elektron manziliga yuborishlari mumkin.


Началась подготовка к аттестации учителей в 2020 году.

Об этом сообщили в пресс-службе Государственной инспекции по контролю качества образования при Кабинете Министров.
Образовательные учреждения, желающие принять участие в аттестации, должны до 1 декабря 2019 года представить сведения о преподавательских кадрах в утвержденном и электронном виде в Государственную инспекцию по контролю качества образования при Кабинете Министров. Преподаватели должны обратиться в письменной форме к руководителю образовательного учреждения, в котором они работают, для участия в аттестации.

Территориальные органы управления образованием должны составить список учителей, желающих участвовать в аттестации, и представить его в Инспекцию образования до 1 декабря 2019 года, а также контролировать занесение сведений о учителях в электронную программу https://pka.tdi.uz/ .

Уважаемые учителя, мы должны обратить особое внимание на следующее:

1. Педагоги должны ответственно подходить к процессу аттестации, тщательно изучать нормативно-правовые документы (Положение, Критерии оценки), составляющие основу процесса аттестации;

2. Предоставлять аттестационным комиссиям достоверную, обоснованную информацию о себе, не пытаться фальсифицировать документы, связанные с процессом аттестации;

3. Не полагаться на различные источники информации в социальных сетях, такие как тестовые вопросы или контрольные материалы, и эффективно использовать онлайн-репетиции, проводимые только компетентным органом – Инспекцией образования;

4. Желательно не прибегать к непедагогическому поведению (использование различных источников, пошаговый доступ) в процессе тестирования.

5. Также по вопросам, связанным с прохождением аттестации, обращайтесь в Инспекцию образования по телефону 71-231-07-53 (доб. 1023,1032) или посетите страницы Инспекции в социальных сетях (Facebook, Telegram), pedkadr@ tdi.uz могу отправить.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: