2020-2021 super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, to’liq ro’yhat

2020-2021 super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, to’liq ro’yhat
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo'lish

2020/2021 o‘quv yili uchun tabaqlashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, to’liq ro’yhat bilan tanishing.

Bu haqda DTM xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yildagi 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Super-kontrakt miqdorlari (narxlari) bilan quyidagi fayl orqali to’liq tanishish mumkin:
2020-2021 super-kontrakt miqdorlari

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Izoh qo'shing

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: