UYDA QOLING!

2020-2021 Qabul kvotalari tasdiqlandimi?

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Xushxabar! Qabul kvotalari tasdiqlandi!» degan xabarlar tarqaldi va unga Pdf faylni ilova qilishmoqda. Xo’sh, bu xabarlar qanchalik rost?

Savollarga Xushnudbek Xudoyberdiyev javob berdi.
Abiturientlar, o’zi umuman yoshlarimiz juda sodda. Nimani ko’rsa, o’qisa, shunga ishonib ketaveradi. Ozgina o’ylab, tahlil qilib, sinchiklab qarab o’tirmaydi, hovliqqanicha bir-biriga tarqatadi, yolg’on xabarlarga o’zi ishongani yetmaganday, birovlarni ham ishontirishga harakat qiladi.

Kechagi tarqatilgan Pdf faylning tepasiga katta qilib «LOYIHA» deb yozib qo’yilgan. Boz ustiga u normativ hujjatlar loyihasi muhokama qilinadigan portaldan olingani ko’rinib turibdi (ko’pchilik bunaqa portal borligini bilmasa ham kerak). Ozgina e’tiborli bo’lgan odam, bu rasmiy qaror emasligini tushunib olishi qiyin emas.

Gap shundaki, bu 18 mart kuni muhokama qilish uchun e’lon qilingan Prezident qarori loyihasi edi. 1 oy oldin chiqqan loyihani «rasmiy» deb tarqatish kimga kerak bo’lib qoldi ekan, hayronman.

✅Hozircha qabul kvotalari tasdiqlangani yo’q, bu haqda hech qanday rasmiy xabarlar berilmadi. Olgan ma’lumotlarimizga ko’ra, u hali loyiha ko’rinishida va tegishli tashkilotlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Agar rasmiy va ishonchli manbalarni kuzatib borsangiz, Prezident qarorga imzo qo’ygach, albatta e’lon qilinadi.

Ayrim kanallar tushunmasdan tarqatayotgan kvotalarga ishonib qolmang, rasmiy qarorda butunlay boshqacha bo’lishi ham mumkin.

‼️Hurmatli, yoshlar. SHu o’rinda Sizlarga do’stona maslahatim bor.

Biror ishonchsizroq joyda qandaydir xabarni o’qib qolsangiz, darrov vahimaga tushmang, hovliqmang, ishonib qolmang, o’zgalarga tarqatishga shoshilmang. Ko’p emas, atigi 30 soniya o’ylab oling. Ichingizda «Bu xabar rostmikin? Balki yolg’on bo’lsachi? Avval tekshirib ko’rishim kerak» deb o’ylang. Ha, aynan O’YLANG! O’ylash, fikrlash miyaga ziyon emas, qo’rqmang, aksincha bu koni foyda.

Shundan so’ng, xabarni yana bir marta qayta o’qib ko’ring. Detallariga sinchiklab nazar tashlang. Rasmiy va ishonchli manbalar orqali tekshirib ko’ring.

Unutmang, bugun nima ko’p, yolg’on va feyk xabarlar ko’p. Ularni barchasiga ishonib ketaverish, aqlli insonlarga yarashmaydi. Har biringizda ichki antivirus bo’lsin, har bir o’qigan ma’lumotingizni o’sha antivirus orqali avval yaxshilab tekshirib, keyin hazm qiling. O’qiganiga ishonib ketaveradigan sodda bo’lmang. Rahmat.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: