2019-2020 o’quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. To’liq jadval bilan tanishing.
2019/2020 o’quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko’ra to’plagan ballari tasdiqlangan to’lov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo’lmagan holda, qo’shimcha ravishda o’qish istagini bildirgan abiturientlarning birinchi o’quv yili uchun amalda o’rnatilgan miqdorga nisbatan tabaqalashtirilgan to’lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.
Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tyelegram kanalida ma’lum qilindi. Unda aytilishicha:
2019/2020 o’quv yili uchun:
tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha belgilangan stipendiyasiz bazaviy to’lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan hisoblanishi;
to’lovchilarning o’z hohishiga ko’ra stipendiyali to’lovlar, ya’ni, tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt summasiga (bir o’quv yili uchun 4800,0 ming sum) qo’shimcha to’lanishi;
tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari oylarga bo’lib to’langanda ham, o’quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50 foizi joriy yilning 1 noyabridan hamda ikkinchi yarmi uchun 2020 yilning 1 martidan kechiktirmay to’lanishi belgilandi.
3-5 xatboshilarida qayd etilgan tartib, to’plagan ballari 56,7 balldan kam bo’lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun belgilangan tartibda to’lov-kontrakt miqdorlarini belgilash va to’lash uchun ham joriy etiladi.
2019/2020 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga to’lov- kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar uchun to’lov haqini o’tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so’nggi muddati 2019 yilning 15 oktyabri etib belgilandi.
To’lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to’lovlarini amalga oshirish muddatlari oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan uzaytiriladi.
Ko’plab abiturientlar va ularning ota-onalari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga kirish uchun topshirgan test sinovlari natijasi bo’yicha tanlovda ishtirok etib, talabalikka tavsiya etilmagan abiturientlarga, ro’yxatdan o’tish mobaynida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida o’qishga ruxsat berildi.
Bunda, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalikka qabul kilish, tanlov bo’yicha birinchi bakalavriat ta’lim yo’nalishida e’lon kilingan test sinovlari natijalariga ko’ra, abiturientlarning to’plagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abiturientlarning arizalariga muvofiq, to’plagan ballari qat’iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Barcha yo’nalishlar uchun 2019-2020 super-kontrakt miqdorlari jadvalini – yuklab olish.
Salom . 56.7 pas bulsa qancha buladi
Toplagan bali 53.6 bolsa unga super kantrakt toʻlab oʻqishga kirsa boʻladimi ? Javob uchun oldindan rahmat.
Avval 56.7 edi. O’zgarishi ham mumkin
40 baldan yuqorilar super kantrakt ga uqishlari mumkinmi
1 bal bo’lsa ham qo’shimcha kontraktga o’qish mumkin. Batafsil ushbu maqolada
Super kantrak qilish uchun qayerga murojat qilish kerak
Avval barcha natijalar to’liq e’lon qilingandan keyin harakat boshlanadi. Birinchi bo’lib o’zi o’qimoqchi bo’lgan OTMga murojaat qilish kerak
:sad:men 70 bal oldm super qilsam boladimi
Bo’ladi, qo’shimcha kontrakt qilish uchun 1 bal ham yetarlik. Ushbu maqolada batafsil yoritilgan
Bu yil yani 2020-yil uchun super kontrakt summasi belgilandimi? Agar eng oxiri kontrakt balldan ham 4 ball kam bolsa sharqshunoslik universiteti Koreys tili Yo’nalishiga necha pul boladi? Javob uchun rahmat.
Hali natijalar e’lon qilinmadi, yakuniy natijalar e’lon qilinganidan keyin ko’p narsa oydinlashadi
O`tish balli 103 men esa 94.1 ball to`pladim qo`shimcha kantraktga qancha to`layman?
Jizzax
Salomalaykum 56,9 bal bn super kantrakt qip oqishga kirsa boladimi?
85.5 ball oldim bunda super kontrakt tulovi qanca buladi boshlangichga topshirganman
Johot tillari filalogiya inglis tili ga topshirganman 81,9 ball oldim супер контракт Канча болади
Salomalaykum men super kantirak qilishuchun qayerga uchrashishim kerak
Valeykum assalom, 10-oktabrdan keyin hal bo’ladi deyishyapti. Super-kontrakt qilish uchun o’zingiz tanlagan OTMga murojaat qilasiz
60 ball topladim jahon tillari univesitetiga qancha super tolayman
Ushbu maqolada super-kontraktni qanday hisoblash tushuntirilgan
Assalomu alukum .man Roosiya universititetining Ozbekistondegi fililaliga oqowga kirgandm unga kantrakt tolash kre ekan talim kreditini olsam boladimi necha kunda olsam boladi .buning uchun qande hujjatlar kere boladi
10 bal yetmagandj super kantrakt qanca b buladi
Ushbu maqolani ko’rib chiqing: Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?
Texnikumga super kontrakt necha baldan bowlanadi