2019-2020 o’quv yili uchun to’lov-kontrakt miqdorlari (jadval)

2019-2020 o’quv yili uchun to’lov-kontrakt miqdorlari (jadval)
Telegram kanal подписаться

2019/2020 o‘quv yilidan boshlab Respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdorlari belgilangan tartibda tasdiqlandi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Tyelegram kanalida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra:
Jadvalda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari stipendiya to‘lovlarini inobatga olgan holda tasdiqlangan shaklda keltirilgan.
Stipendiyasiz qiymat miqdorlari, har oylik talabaga to‘lanishi belgilanayotgan 400 000 so‘m, bir yilda jami 4 800 000 so‘mni chegirib tashlash hisobiga shakllantiriladi.
Misol uchun, Bakalavriatning Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan talaba 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab, quyidagi tartibda to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin:
— Stipendiya bilan – 10 792 960 so‘m (Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan 17 barobarida).
— Stipendiyasiz – 5 992 960 so‘m (10 792 960 so‘m — 4 800 000 so‘m)

Izoh: 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga oylik to‘lanadigan stipendiya miqdori 400 000 so‘m etib belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 2019 yil 1 avgustdan boshlab — 634 880 so‘m etib belgilangan.
Yangi o’quv yili uchun to’lov-kontrakt miqdorlari jadvalini – yuklab olish.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Комментарии: 4
  1. Lutfullayev Ziyodullo

    Assalomu aleykom. Biz kontraktda o’qidigan talabalar oldingi yillari stipendiyamiz kontraktimizning yarmisini qoplab ota onalarimizga yengilroq bolar edi. Nega bu yildan stipendiya miqdori kam bolib tolov kontrakt miqdori oshib ketdi ? Mehnatga haq tolashning eng kam miqdori 634880 bolsa talabalarga shu miqdorda 634880 som tolanishi kerak emasmi.

  2. Sarvar Boboqulov

    Yaxshilab uylab kurila

  3. Isanov fikrat mamadiyorovich

    Assalomu alaykum sizlardan bir masalada yordam suramoqchi edim sinlim 2019 — 2020 o’quv yilida 3 ta oliy uquv yurtga hujjat topshirgan edi test natijalariga binoan 109,7 ball tupladi bu oliy uquv yurtlari sam du guliston dav univer va chirchiqdagi o’zbek tili va adabiyoti filologiya yunalishlariga biz bugun samdu qabul kamessiyasiga super kantrakt qilib o’qitamiz deb bordik 10 baravarni lekin bizga samdu 15 baravar deb aytayapti chirchiqda 10 baravar deb qaytarayapti shu haqiqatmi shu masalada yordamlashsalaring deb murojat qilayapman oldindan rahmat samarqand shahardan isanov fikrat mamadiyohttps://t.me/joinchat/AAAAAFM5k5UwkeUw

  4. Rasulov Temur

    Assalomu aleykum men pedagogika sohasida 4-kursman bizlarga shartnoma to‘lovi (kontrakt) miqdori qancha etib belgilangan odatda 4-kurslarniki 1.2.3-kurslarnikiga qaraganda kamroq bo‘lar edi
    Bu qanday hisoblanadi :?: :?: :?:

Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: