UYDA QOLING!

2019-2020 imtihon savollari e’lon qilindi

2019-2020 Imtihon savollari yuklab olish

2019-2020 o’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining o’quvchilari uchun bosqichli imtihon savollari va metodik tavsiyalar.

Mazkur imtihon savollari va metodik tavsiyalarni @talimda kanalidan olib e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

5-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda ingliz, fransuz, nemis tili va maatematika fanlari bo’yicha imtihon savollari va metodik tavsiyalar joylangan. Eslatib o’taman, 5-sinflar uchun bosqichli imtihonlar matematika yozma, chet tili og’zaki shaklda o’tkaziladi. 5-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

6-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda botanika va tarix fanidan imtihon savollari va metodik tavsiyalar joylangan. Eslatib o’taman, 6-sinflar uchun bosqichli imtihonlar har ikkala fan bo’yicha ham og’zaki shaklda o’tkaziladi. 6-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

7-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda fizika, ona tili va rus tili fanlari bo’yicha imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Eslatib o’taman, 7-sinflar uchun bosqichli imtihonlar fizika fanidan og’zaki, ona tili va rus tili fanidan yozma (diktant shaklida o’tkaziladi. 7-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

8-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda biologiya, davlat va huquq asoslari, geografiya, fransuz, ingliz nemis tillari fanlari bo’yicha imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Eslatib o’taman, 8-sinflar uchun bosqichli imtihonlar faqat og’zaki shaklda o’tkaziladi. 8-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

9-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda fizika, biologiya, jismoniy tarbiya, matematika, ona tili, rus tili, tarix fanlari bo’yicha imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Eslatib o’taman, 9-sinflar uchun yakuniy nazorat imtihonlari ona tili, rus tili, biologiya, tarix og’zaki, matematika yozma, jismoniy tarbiya amaliy shaklda o’tkaziladi. 9-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

10-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda davlat va huquq asoslari, geografiya, informatika, kimyo fanlaridan imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Eslatib o’taman, 10-sinflar uchun bosqichli imtihonlar informatika amaliy, qolgan fanlar og’zaki shaklda o’tkaziladi. 10-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

11-sinflar uchun imtihon materiallari

Mazkur to’plamda adabiyot, biologiya, fizika, fransuz tili, informatika, ingliz tili, kimyo, matematika, nemis tili, tarix, rus tili fanlaridan imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Eslatib o’taman, 11-sinflar uchun yakuniy imtihonlar tarix, rus tili, chet tili, kimyo, biologiya, informatika, fizika og’zaki, adabiyot, matematika yozma shaklda o’tkaziladi. 11-sinf imtihon materiallarini – yuklab olish.

Maxsus ta’lim bo’yicha imtihon materiallari

Mazkur to’plamda 9- va 11-sinflar uchun matematika va ona tili fanidan , shuningdek 10-sinf uchun texnologiya fanidan imtihon savollari va metodik tavsiyalar o’rin olgan. Maxsus ta’lim bo’yicha imtihon materiallarini – yuklab olish.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do'stlaringizga ma'lum qiling:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: